7
Loke insonlar o‘z kuchi va sa‘yi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol-
mulkiga ega bo‘lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko‘proq narsaga erishishga
intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari
rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir
jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy
maqsad kishilar o‘z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta‘minlash bo‘lgan.
Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va
bu narsani Loke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu ―Ijtimoiy
shartnoma nazariyasi‖ sifatida tanilgan. Unga ko‘ra:
shaxs jamiyatning barcha
qarorlariga bo‘ysunishga rozi bo‘ladi, evaziga jamiyatga a‘zo bo‘lganlar uchun
mol-mulk, erkinlik, sog‘lik va hayot himoyasiga ega bo‘lishgan. Bu soliq
majburiyatlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. ―Davlatning 2-xazinasi‖ asarida
Loke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz
ularning mol-mulkining
hech birini olib qo‘ya olmaydi‖ deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga
to‘lovlar to‘lab turishi kerakligini Loke ,,
Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur
qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum
qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak‖
degan fikri bilan
ifodalagan.
Ko‘pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo‘li bilan yoki
ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o‘z amalidan
foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o‘rnatishga va yig‘ishga harakat qilsa,
u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib
keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o‘z
xohishi bilan olishi kerak?‖ degan fikr ularning qarshiligini uyg‘otishi mumkin.
Lokening ―Ijtimoiy shartnoma nazariya‖ soliqlarni davlat himoyasi evaziga
inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishiniyoqlab chiqqan. Bu
huquqlardan davlatning foydalanishi Loke tomonidan davlatning soliqqa tortish
huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o`g`rilikka o`xshab qolar edi. Bu fikr
keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o`rta asrlar teologi Thomas Aquinasning ―Summa
Theologica‖ asarida muhokama qilingan.
8
Loke tom ma`noda o`zining bir qancha soliq nazariyalari uchun
―Levianthan‖ asarida soliq yig`imlarini davlat himoyasi
va qonun ustuvorligi
uchun to`lov sifatida keltirib o`tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham
Gobbs o`z asarlarida ―ijtimoiy shartnoma‖ g`oyasini ham birmuncha
shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va
soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur
qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma`lum
muammolardan qochish
uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat
o`rtasidagibitimdir. U davlatni o`z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan
ta`minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning
joriy qilinishiga rozi bo`lishlari shart.
Loke ning garchi ―kimki davlat himoyasidan foydalansa o`z mol-mulkidan
ma`lum qismini ushbu himoya uchun to`lab berishi kerak‖ degan fikri, progressiv
yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda ―benefit principle‖ sifatida
keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog`liq holda to`lanishini
anglatuvchi g`oya sifatida tushunilishi mumkin bo`lsa
ham u soliqlarning boshqa turlari,
ularning tabiati,
miqdori, yig`ilishi to`g`risida hech nima aytmagan.
Amaliyotda hattoki soliq to`lovchilar va ularning holati
haqida juda ko`p ma`lumot mavjud bo`lgan hozirgi
zamonda soliqlarni bu g`oyaga asosan undirish deyarli
imkonsiz. Shuningdek, ―mol-mulk‖ so`zi
tushunishga
oson bo`lsa ham, bu insonlar ega bo`lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan
savollarni ko`taradi. Shuning uchun hamma soliq to`lashi kerakmi yoki yer
egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: