Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot


-rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining



Yüklə 94,18 Kb.
səhifə7/13
tarix24.10.2023
ölçüsü94,18 Kb.
#130776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi-fayllar.org

1-rasm. Dunyo davlatlari mahsulot va xizmatlardagi soliq tushumlarining 
YaIM dagi ulushi.(2017-yil)
3

3
Manbaa: https://ourworldindata.org/





15
Davlat faoliyatining barcha yo‗nalishlarini mablag‗ bilan ta‘minlashning


asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy
vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy
tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar
orqali tartibga solish, davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish
vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi usuli
hisoblanadi. Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‗liq, chunki soliqdan
tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbayi hisoblanadi.
Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‗rta asrlarda buyuk
saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e‘tibor qaratgan. U davlatni
idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‗sha davrning
davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni
boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‗langanligi bilan tubdan farq qilib
turgani va ayni shu xususiyatga ko‗ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari
orasida markaziy o‗rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon
bo‗lmoqda.
Soliqlar qadimgi davrlardan e‘tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar
ozod va erkin bo‗lmagan kishining belgisi bo‗lib xizmat qilgan. Adam Smit
(shotland faylasufi va iqtisodchisi, (1723—1790) o‗zining «Xalqlar boyligining
sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini ko‗rsatib
berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‗lash qullik emas, balki
erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.I. Turgenev o‗zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818-
yil) shuni ta‘kidlaydiki, «Bilimli bo‗lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf-
odatlariga foydali ta‘siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham
ta‘sir etgan», «...soliqlar bilimga ega bo‗lish bilan birga paydo bo‗lib, uning belgisi
bo‗lib qoldi. ...Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‗ilish usuliga qarab
xalq orasida tarqalgan ma‘lumotlar to‗g‗risida; yig‗iladigan soliqlar miqdoriga
qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma‘rifatni
anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir». Bu so‗zlardan yana bir bor amin



16
bo‗lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning


paydo bo‗lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta‘minlash va ular
oldida turgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta‘minlashning manbasi sifatida
xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funksiyalari yangicha
xususiyatlarga ega bo‗ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini
moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‗zgarmay qoldi.
«Soliqlar, — deb yozadi D. Rikardo, — hokimiyat ixtiyoriga kelib
tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va
oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan
to‗lanadi».
4
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini
yoritib, o‗z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma‘lum
darajada rivojlantirgan.
S.G. Pepelyayev «Soliq — ommaviy hokimiyat subyektlarining to‗lov
qobiliyatini ta‘minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini
begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda xolisona, qaytarmaslik, davlatning
majburlashi bilan ta‘minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga
ega bo‗lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»
5
— deb, ta‘kidlagan. D.G.
Chernikning fikricha «Soliqlar — davlat tomonidan xo‗jalik subyektlari va
fuqarolardan qonuniy tartibda o‗rnatilgan stavkalarda undirib olinadigan majburiy
yig‗imlarni o‗zida aks ettiradi».
6
4
Рикардо Д. Сочинения т. Начало политической экономики и налогового облежения. Пер. с англ. - М.:
"Госполитиздат", с. 360
5
Пепелев С. Г. Основы налогового права. М.: 1995, 24 с.
6
Черник Д. Г. Налоги в рыночной экономике. "Финансы", 1992, No3, с. 19



17


Yüklə 94,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin