Mikroiqtisodiyoti



Yüklə 300,19 Kb.
səhifə9/10
tarix11.10.2023
ölçüsü300,19 Kb.
#129952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
resurs tejamkorligini taminlashning asosiy yonalishlari 1

XULOSA


Sanoat korxonalarida resurs tejamkorligini ta’minlashdagi eng muhim jihatlaridan biri sifatida korxonadagi xarajatlar tarkibini atroflicha o’rganish, uni doimo nazorat qilib borishni keltirishimiz mumkin. Iste’mol bozoriga mahsulot yetkazib berishdagi qobiliyati va intilishini belgilovchi eng muhim omillardan biri bu ishlab chiqarish xarajatlaridir. Har qanday tovarni ishlab chiqarish o’zining nisbatan kamyobligi tufayli ma’lum bahosiga ega bo’lgan iqtisodiy resurslar xarajatini talab etadi. Foydalaniladigan ko’pgina resurslar miqdori (ko’pincha jonli mehnat turlari, xom ashyo, yoqilg’i, energiya va boshqalar) osongina, tez o’zgartirilishi mumkin. Boshqa resurslarni o’zlashtirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Masalan, qayta ishlash sanoati korxonalari asosiy fondlari, ya’ni uning ishlab chiqarish binolari maydonlari, undagi mashina va dastgohlarning miqdori uzoq vaqt mobaynidagina o’zgartirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan resurslar hajmini o’zgartirishga ketgan vaqt - qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarga ajratiladi. Qisqa muddatli davr – bu korxona o’zining o’zgarmas ishlab chiqarish quvvatidan intensiv foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli miqdordagi davrdir.
Sanoat ishlab chiqarishni intensiv rivojlanishga olib boruvchi omillar guruxiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish

  • Mahsulot sifati

  • Mehnat qurollari

  • Mehnat buyumlari

  • Ishlab chiqarish texnologiyalari

  • Ishlab chiqarishni tashkil etish

  • Korxonaning xo’jalik aloqalari

  • Marketing faoliyati

  • Bozordagi o’rni va bozor hissasi

  • Raqobat darajasi

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yo’llari va yo’nalishlarini ishlab chiqishda ushbu omillardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirish. To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar material sig’imi yuqori bo’lgan mahsulotlardir. SHu sababli korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tarkibida material sig’imi pastroq bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga qo’yish orqali material harajatlarini kamaytirishga erishishimiz mumkin. Bunda, albatta bozor talablarini esdan chiqarmaslikka harakat qilinadi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirishga olib boradigan tadbirlar tizimini ishlab chiqish. Mahsulot sifati va raqobatbardoshliligi darajasining ortishi sanoat korxonasidagi samaradorlikning ortishida asosiy omil hisoblanadi. CHunki, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot o’z sifati va narxi bo’yicha talabga javob berishi lozim. Aks xolda, bozorda sotilmasdan o’z haridorini kutib turishi natijasida, korxonaning zarur mablag’lari mahsulot shaklida turib qoladi, aylanma rusurslarning aylanish davri uzayib ketadi, yildagi aylanishlar soni kamayadi. Bularning bari korxona foyda va samaradorligini pasayishiga olib borishi mumkin.
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish. Ishlab chiqarishda qatnashayotgan mehnat buyumlari, qurollari va mehnatning mos xoldagi harakatini yo’lga qo’yish, ularning har biridan samarali foydalanish, isrofgarchilikning oldini olish va sifatli mahsulot yaratish yo’lida tinimsiz harakat qilish lozim. Xom ashyo va boshqa materiallarni o’z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash, barcha turdagi ta’mirlarni o’z vaqtida va me’yorlarga amal qilgan xolda o’tkazish, dastgoxlarning ish vaqtidan samarali foydalanish orqali samaradorlikning ortishiga erishamiz.
Ishlab chiqarishning ixtisoslashuv darajasini oshirish. Ma’lum turdagi haridorlar mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv sanoat korxonalaridagi mehnat unumdorligini ortishiga olib boradi, hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini muttasil ravishda yaxshilanib borishini ta’minlaydi. SHu bilan birgalikda, korxona ichida har bir bo’lim va har bir ish joyida ixtisoslashuv darajasini oshirish va bajarayotgan ishi uchun ma’suliyatni o’z ustiga olish ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omillardan hisoblanadi.
Istiqbolda sanoat korxonalarining resurs tejamkorligini oshirish, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish va iqtisodiy o’sishidagi salmog’ini ko’tarish uchun yuqoridagi yo’nalishlarni qo’llash bilan birgalikda yana quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. Sanoat korxonalarida ishlatiladigan dastgoxlarni va qo’shimcha qismlar ishlab chiqarishni mamlakatimizda yo’lga qo’yish va ularni ishlab chiqarishni jaxon standarti darajasiga ko’tarish.

  2. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yangi korxonalarni barpo etish va ularda ilg’or texnologiyalarni qo’llash orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish.

  3. Mamlakatimizdagi sanoat korxonalarining jaxon bozoridagi mavq’eini ko’tarish.

  4. Ishlab chiqarish korxonalarida jadal sur’atda modernizatsiya ishlarini boshlab yuborish. Ularni yangi texnika va texnologiyalar bilan jixozlash.

  5. Sanoat korxonalari rivoji uchun investitsiyalarni qidirib topib va ularni ishlab chiqarishda qo’llash. Investitsiya mablag’larining samaradorligini oshirish.

Ular hisobiga sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish.

  1. Sanoat korxonalariga kapital qo’yilmalar yo’naltirishni rag’batlantirish.

  2. Eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish yo’lidagi har handay harakatni rag’batlantirish. Sanoat korxonalarining tashqi bozorga chiqishlari uchun zarur axborot va marketing bo’yicha ma’lumotlar berish. Kichik korxonalarga va eksport sohasida tajribasi yetishmagan korxonalarga mahsulotlar va xizmatlarni eksport qilishda ko’mak berish.

  3. Tashkil etilayotgan kichik korxonalar tarmog’iga har tomonlama yordam berish, qo’llab quvvatlash.


Yüklə 300,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin