Mikrokreditbank


"Mikrokreditbank" ATB Sifat boshqaruvi sertifikati



Yüklə 107,29 Kb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü107,29 Kb.
#129947
1   2   3   4   5
"Mikrokreditbank" ATB Sifat boshqaruvi sertifikati:
Bankning hozirgi kundagi reytinglari haqida
“2022-yil 12-may kuni xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “Mikrokreditbank” ATB kredit reytingini «BB-», “Barqaror”, mamlakat suveren reytingi darajasida baholadi. Ushbu daraja bankning asosiy ko‘rsatkichlari barqarorligini, xususan, kreditlash salohiyatining yuqoriligini ifodalaydi hamda mijozlari va hamkorlari oldida ishonchliligini namoyon etadi. Fitch Ratings bank reytingini aniqlashda uning moliyaviy faoliyati, xususan, kreditlash sohasida istiqboldagi salohiyatini chuqur o‘rganib, tahlil qildi. Ta’kidlash joiz, “Mikrokreditbank”ning kreditlash faoliyati keng qamrovli. Bank sarmoyalari iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan tortib, kichik biznes sohasini moliyalashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Xususan, quyonchilik, xunarmandchilik, va qishloq xujaligi kabi iqtisodiyotning real sektoridagi bir necha o‘nlab loyihalar “Mikrokreditbank” ATB investitsiyalari hisobiga o‘z vaqtida hayotga tatbiq etilmoqda. Yetakchi reyting kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “Mikrokreditbank” ATB faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi”.

‘’ Mikrokreditbank’’ aksiyadorlik-tijorat bankida kredit olish tartib qoidalarini ko’rib chiqamiz. Kredit olish turlicha bolib, uning turiga qarab kredit olish tartibi ham turlicha bo’ladi. Kredit berishning quyidagi turlari mavjud:



  • Online mikroqarz

  • Mikroqarz

  • Overdraft krediti

  • Iste’mol krediti

  • Ipoteka krediti

Amaliyot mobaynida ushbu kredit turlarini har birini alohioda o’rganib chiqdim. Ular haqida ma’lumotlar berib o’tmoqchiman.
Online mikroqarz – “Mikrokreditbank” ATB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik kartalarga masofaviy qarz taqdim etish turi. Bank tomonidan Online mikroqarz naqd pulsiz shaklda bank kartasiga “MKB Mobile” ilovasi orqali milliy valyuta – "soʼm"da - 3 oygacha boʼlgan muddatga ajratiladi. Onlayn mikroqarzning asosiy qismi foydalanishning oxirgi oʼttizinchi kunida qaytarish sharti bilan beriladi. Bunda, mijoz tomonidan oferta shartnomasi tasdiqlanganidan soʼng 3 bank ish kuni ichida foydalanish lozim, mijoz tomonidan foydalanilmagan taqdirda shartnoma keyingi kundan bekor qilinadi. Onlayn mikroqarz oluvchi jismoniy shaxs soʼnggi ish joyida kamida 6 oy ishlagan (kredit olish davrida ishlab turgan) boʼlishi lozim.

Yüklə 107,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin