Mikroprotsеssor



Yüklə 46,5 Kb.
tarix28.04.2022
ölçüsü46,5 Kb.
#115569
mikroprotsessor


Aim.uz

Mikroprotsеssor.

Mikroprotsessor kompyuterning amal bajaradigan qismi bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi. Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284,80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma`lum. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium, Pentium Pro (1995 y, 80686), Pentium MMX va Pentium II (1997y, yanvar), Pentium-3, Pentium-4 mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o’rnatmoqda.


Xotira. Xotira kompyuterda dastur va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko’p: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.

Tezkor xotira o’zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar doimiy xotiradan operativ (tezkor) xotiraga ko’chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o’chirilish bilan tezkor xotiradagi ma`lumotlar o’chiriladi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketlarda saqlab qolish kerak. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu dasturlar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo’lsa, 4 Mbaytli kompyuterlarda Windows 3.1,3.11 dasturlarini ishlatish mumkin. Windows 95 to’laqonli ishlashi uchun 16 Mbayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, Windows 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corel Drawe va boshqahozirgi zamon dasturlarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va Pentium 2,3 protsessorli kompyuterlar lozimdir.

Doimiy xotira. Doimiy xotira bosh platada o’rnatilgan modullar(kassetalar) asosida quriladi va o’zgarmaydigan axborotlarni saqlash ushun ishlatiladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish (testlash dasturlari), operatsion tizimning yuklovchi dasturlarini ta`minlash, kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) ba`zi drayverlari, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunday xotiradan faqat ma`lumotlarni o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory – faqat o’qish uchun) deb ataladi. Doimiy xotiraga ma`lumotni yozish EHMdan tashqarida laboratoriya sharoitida bajariladi. U energiyaga bog’liq bo’lmagan eslab qolish qurilmasidir. Keyingi yillarda ba`zi ShKlarda yarim doimiy, qayta dasturlanadigan eslab qoluvchi qurilmalar Flash-xotira ishlatila boshlandi. Flash-xotiraning modullari to’g’ridan-to’g’ri bosh plata raz`yomlariga o’rnatilishi mumkin. Quyidagi parametrlarga ega: sig’im 32 Kbaytdan 15 Mbaytgacha; o’qish bo’yicha murojaat qilish vaqti 0,06 mkc; bir baytni yozish vaqti taxminan 10 mkc;

Kesh-xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor oralig’ida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko’proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turiladi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Pentium --2, --3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi. Kesh xotira registrlariga foydalanuvchi murojaat eta olmaydi, shuning uchun ham uni kesh (Cashe) deb nomlangan, bu ingliz tilidan tarjima qilinganda “maxfiy joy” ma`nosini bildiradi. Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma`lumotlarni (video-tasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videotasvirlar (ayniqsa, rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo’lmagani yaxshi.





Aim.uz


Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin