Milliy universiteti jizzax filiali psixologiya


Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari



Yüklə 277,14 Kb.
səhifə5/6
tarix05.10.2023
ölçüsü277,14 Kb.
#129701
1   2   3   4   5   6
Jahon.iq.tashq.S.Sh

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
chizma. Tashqi savdoda kvotalar qo’llanilishining iqtisodiy oqibatlari

5. Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari


Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi.

Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:



  • eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; - reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot etkazib berish;

  • firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish;

  • bevosita subsidiyalash kiradi.

Amaliyotda eng ko’p subsidiya oluvchi tarmoq qishloq xo’jaligi hisoblanadi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir. Dempingga karshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi xamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo’llanilmoqda.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga "ixtiyoriy" eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
18 2

  1. Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchui tarif va kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.

  2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.

Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.

chizma. Eksport tariflari (eksport bojlari) joriy qilinishining iqtisodiy oqibatlari

Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo’lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi.

Xulosa


Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Quyidagi 3 chizmadan ko’rinib turibdiki, kvotalar joriy qilinishi natijasida umumiy farovonlikdagi yo’qotishlar, tariflar kiritilganidagi singari «b» va «d» sohalardan iborat bo’lsa, «s» soha ruxsat etilgan importga ustama narxlarni ko’rsatadi va aholidan litsenziya beruvchi tashkilotlarga beriladigan transfertni xarakterlaydi.
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.

Yüklə 277,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin