5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti, shuningdek, tuman va shaharlar byudjetlarining xarajatlariga qoʻshilsin. Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy nazar, ushbu organ va tashkilotlarning byudjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.