Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Oltinni cho’ktirish mashinalarida saralash



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə33/39
tarix25.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#134164
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Министерство высшего и средне-специального образования республик

Oltinni cho’ktirish mashinalarida saralash
Oltin va boshqa zichligi yuqori zarrachalapHi bo’tanalardan ushlab qoladigan uskuna –gidroqopqon (gidrolovushka) dir. Ular boshi pastga qaratilgan konus yoki piramida shaklidagi idishlapHi eslatadi. Bu uskunalarga suv pastki tomonidan kiritiladi. Oltin zarralari suv yoki bo’tana bilan kirib, konusning to’nkarilgan uchida to’planadi. Yengil zarracha bo’tana bilan yuqoriga oqib ketaveradi. Oltin zarralari ko’payishi bilan, uskuna ishi qisqa muddatga to’xtatilib, boyitma (kontsentrat) – oltin zarralar taglik qopqoqdan tushirib olinadi.
Qopqonlar bitta yoki bir nechta “Tunkarilgan konuslardan” iborat bo’ladi.
Boyitmalar miqdori, ishlovdagi ruda miqdorining 1% dan oshmaydi, u har 6-8 soatda bo’shatiladi. Agar ruda kvarts tarkibli bo’lsa unumdorlik yuqori bo’ladi.
”Qopqonlar” slanetsli, nam tuproqli rudalar uchun uncha yaramaydi.
“Qopqon tutgich” larga qaraganda oldtin zarralarini “ushlab qolishda” cho’ktirish mashinalar qo’l keladi. Bunday mashinalarda suv muhit yuqorilama – tebranma to’lqin harakatida bo’lib, zichligi turli bo’lgan moddalar yaxshi ajraladi. Zarralar taqsimlanishini yaxshilash uchun cho’ktirish mashinalarining kameralari setkalariga po’lat zarrachalar (rezina-sharlar), og’ir mineral granullari to’shaladi.
Ko’tarilma suv oqimi va to’shama po’lat zuldirchalar ustma-ust tebranishi natijasida, ruda zarralari siyraklanib g’ovak massa hosil qilib ko’tariladi, tushayotganda esa og’irlari avval, yengillari keyin to’shama ustiga tushadi. SHu tariqa og’ir oltin zarralar pastga, yengil bo’sh jinslar ust qismiga to’kilib, suv oqimi va tebranma harakat tufayli maxsus tapHov sliv- moslamadan oqib tushib ketaveradi.
Og’ir oltin zarralar maxsus “cho’ntak” qutilarga to’planadi yoki vaqti-vaqti bilan ular dastgohlardan bo’shatib olinadi.
Pulsator deb ataluvchi cho’ktirish moslama ikki kameradan iborat. Biri asosiy ishchi kamera, ikkinchisi pulg’satsiyani tahminlovchi kameralar. Ishchi kamera setkasi ustida po’lat zuldirchalar yoki gematit zuldirchalar (12-6 mm) to’shaladi. Tebranma to’lqin pulg’sator orqali 3-15 mm suv ustuni bosimida, minutiga 300-600 marta tebranma pulg’s beriladi.
Oltin saralash fabrikalarida diafragmali cho’ktirish mashinalari ham keng qo’llaniladi. Bunda suv yuqorilama urilma harakati vertikal shtqklar orkali amalga oshiriladi. Suv sarfi 1 t ruda uchun 3-4 m3. Bunda mashinalar 2-4 kamerali bo’lib, unumdorligi yuqoridir.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin