Tomirli ko’rinishga ega bo’lgan konlarda WO3 ning miqdori baland (0,5 – 2%) bo’ladi va zahirasi va qazib olinishi bo’yicha katta rol o’ynaydi.
Bu konlarda volframit, gyubnerit va sheelitning ko’p qismi uncha qalin bo’lmagan (joylashish qalinligi 0,3 – 1 m) kvartsli tomirlarda joylashadi. Yo’ldosh minerallarga quyidagilar kiradi: pirit, xalkopirit, molibden minerallari, qalay, mishyak, vismut va oltin.
SHtokverkli konlar kam miqdorda WO3 ga ega bo’lib, bu konlapHing o’lchami va zahirasi juda kattadir. Ular kelajakda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
SkapHli konlar asosan sheelit va molibdenitdan tashkil topadi. Bu turdagi konlar volframni qazib olish va zahirasi bo’yicha muhim rol o’ynaydi.
Kontakt turdagi konlar granit va oxaktosh jinslarining kontakti bilan bog’liq bo’lib, ular uchun sheelit skapHlari xarakterlidir. Ko’pincha sheelit bilan birgalikda molibden va povellit uchraydi. Bu turdagi konlar MDH davlatlarida, AQSH va Kanadada keng tarqalgan.
Sochma konlar zahirasi jihatdan katta rol o’ynamasada, lekin volframni qazib olishda katta rol o’ynaydi. Tomirli konlapHi nurashi tahsirida volframit va sheelit yig’ilib, sochma konlar hosil qiladi. Volframitli sochma konlar tarkibida kassiterit uchraydi. Undagi WO3 ning sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan miqdori (0,03 – 0,1% WO3) tomirli konlarga qaraganda aytarlicha kam. Lekin ulapHi qayta ishlash ancha oson va iqtisodiy samaralidir. Volframitning eng yirik sochma konlari Xitoyda va Malayziyada joylashgan.
MDH davlatlarida volfram va molibdenning asosiy zahirasi skapHli konlarda joylashgan. Bu konlapHing ko’p rudalari kompleks (TipHauz, CHorux-Dayron, Mayxurin konlarida) bo’lib, uning tarkibida volframdan tashqari molibden, mis, qalay, rux, oltin, vismut uchraydi. Volfram va molibden skapHli konlarda asosan sheelit, molibdenit, povellit va molibdo-sheelit ko’rinishida uchraydi.
Volfram tomirli konlarda volframit (gyubnerit, ferberit), gohon sheelit ko’rinishida uchraydi.
Volfram boyitmalarining sifati boyitilayotgan rudaning xossalariga va boyitmani istehmol qiluvchi sanoat korxonalarining talablariga bog’liq. Yupqa donador zarrachali foydali komponentlarga ega bo’lgan murakkab polimetal rudalardan yuqori navli boyitma olish juda qiyindir.
Yupqa donador zarrachali sheelit rudalari odatda flotatsiyalanadi. Ruda tarkibida boshqa kaltsiytarkibli yengil flotatsiyalanuvchi minerallar – kaltsit, flyuorit, apatit, barit, dolomit, talk va boshqalar bo’lganda yuqori navli boyitma olish og’irlashadi. Ruda tarkibida povellit SaMoO4uchraganda esa minerallapHi selektiv ajratish qiyinlashadi.
Yuqori navli volfram boyitmasini olishda yirik donador zarrali volfram rudalari, asosan volframitli sochma kon rudalari muhim rol o’ynaydi. Volfram boyitmalarida zararli qo’shimchalar fosfor, oltingugurt, mishyak, qalay, mis va boshqalar hisoblanadi.