Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Oltin zarrali shlyuzlarda ajratib olish



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə34/39
tarix25.11.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#134164
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Министерство высшего и средне-специального образования республик

Oltin zarrali shlyuzlarda ajratib olish.
Shlyuzlar - juda qadimdan O’rta Osiyo xalqlarida ishlatilib kelingan. Ular nov yoki tapHov deb atalib suv tegirmonlariga qiya tekislikda suv quyish, oltin yuvish uchun ishlatilgan. Uzunligi 2-3 m dan 5-6 m gacha yetgan. TapHovlar asosan yeg’och taxtalardan yoki yog’ochni o’yib ariqcha yasash yo’li bilan tayyorlangan. Bu tapHovlar ichiga teri kabi materiallar jun tomoni bilan yotqizilib oltin kumlari oqizilganda, shu junlar oralig’ida oltin zarralari tutilib qolgan.
SHu yo’sinda oltinni tapHovdarda yuvish O’zbekistonda eramizdan 2000 yillari avvalidan boshlangan deb taxmin qilish mumkin. TapHov – shlyuzlarda oltin zarralapHi boyitishni quidagi xususiyatlari bor:
1. Zarralar o’z zichligiga turli tezlikda cho’kib, harakatga keladi.
2. Materiallar uz zichligi va o’lchamiga ko’ra tarqoqlanadi, saralanadi.
3. Turli o’lcham zichligidagi materiallar tapHov tubida turlicha ishqalanish koeffitsientida harakat qiladi.
4. Suv oqimi va bosimi zarralapHi turli tezlikda siljitadi.
TapHovda boyitishga tahsir etuvchi asosiy faktor-omil, turli qatlam oqimi turli tezlikdaligidir.
Suvning laminar oqimidan farqli, turbulent oqimida zarralar o’zaro aralashib, tez saralanib, harakati tezlashadi.
Ayni shu oqimda oltin qumlari yuvilishi tezlashadi va oltin boyitma hosil bo’ladi. TapHov tagligiga shoyi, chit baxmal, baxmal va boshqa matolar yotqizilishi mumkin. Ayni shu matolar oralig’ida oltin zarralari to’planib ajraladi. TapHovlar sof oltin zarralarini ushlab-boyitma olish miqdori, yahni mahsuldorligi 20 t/m2 bo’ladi. Agar ruda Sulfidli va oltin mayda zarrali bo’lsa, mahsuldorlik 10 t/m2 sutka yoki 2 t/m2 bo’lishi mumkin.
TapHov-shlyuzlar tagiga qoplam uchun turli materiallar to’shalishini aytgan edik.
1. Koplama materiallar: oddiy paxta-surupi yoki yo’l-yo’lli chit baxmal shaklida bo’lishi mumkin.
2. Rezina materialli - izli sukno, jun matolar, brezent, parus matolari (parusina) matolar to’shalganda mahsuldorlik quyidagichadir; kg/m2 hisobida:
Parusina………..…..….0,4-0,6
Korderey………………..1,5-1,8
Velvet-chitbaxmal………0,8-1,2
Oddiy surp……………..2-2,5
Izli rezina…………….1,6-2,0
Voylok…………………..2,5-3,0
TapHov uzunligiga ham boyitma miqdoriga tahsir etadi. U qancha uzun bo’lsa boyitma miqdori shuncha ko’proq bo’ladi.
Oltin saralash fabrikalarida OSF-da L - 34 m. TapHovni bo’shatish-yuvish chastotasi oltin va sulg’fid miqdoriga bog’liqdir. Bo’tana suyuqligi S : T  2.510 oraliqda ishlatiladi. O’ta quyuq bo’tanadagi oltin zarralari, tapHov tubiga ilinmay oqib ketishi mumkin. Agar bo’tana o’ta suyuq bo’lsa, boyitmada loyqa ko’payib sifat buziladi. Loyli ruda va materiallar suyuq bo’tana bo’lishini talab qiladi.
TapHov – shlyuzlar burchagi 12-17 % uzunligiga nisbatan olinadi. TapHovlarda sof toza oltin zarralari bilan bir qatorda, usti oksid pardali (“Kuylakli”) yoki “pardali” oltin zarralari ham tutib qolinadi.
LoyihalapHing ko’rinishiga karab, tapHov – shlyuzlar quidagicha bo’ladilar:

  1. Qoplamasi ko’zg’atib olinadigan.

  2. Qoplamasi ko’zg’almas

  3. Ag’darmali tapHovlar – bir, ikki, uch va ko’p dekali tapHovlar.

  4. Lentali tapHov – shlyuzlar.

CHo’ktirish mashinalaridan shlyuzlapHing afzalligi – ular kam xarajatli va loyihasi soddaligidadir.
Kamchiligi – bu tapHov – shlyuzlapHing kam mahsuldorligidadir. Ayrim holda tapHov – shlyuz dastgohlar, chuktirish mashinalari chiqindilarini boyitishda ishlatiladi.



Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin