Мирза Улугбек Номидаги Узбекистон Миллий Университети



Yüklə 214,43 Kb.
səhifə2/4
tarix21.04.2022
ölçüsü214,43 Kb.
#115439
1   2   3   4
mohigul 1 tibbiyot

Bioekalogiyasi

Odam burgasi urg'ochisining kattaligi 3-4 mm atrofida bo'ladi (102-rasm). Odam burgasi uy hayvonlarining tanasida ham yashashi mumkin. Burgalar issiq qonga o'ch bo'lib, o'lgan hayvonning sovub borayotgan tanasini tashlab, yangi xo'jayin axtaradi.



Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalarning rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G'umbakdan chiqqan voyaga yetgan davri -imago - faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan burgalar 2-5 yil umr ko'radi. Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so'radi. Ular asosan (95 %) sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. Burgalar muayyan turdagi xo'jayin bilan juda mahkam bog'lanmay, bir turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o'tishi mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar deyiladi.



Zarari

O'lat kasalligi tabiiy manbali fakultativ transmissiv kasalliklar guruhiga kiradi. Uning tabiiy manbai kemiruvchilar, asosan, kalamushlar, yumronqoziqlar, sug'urlar va qumsichqonlar hisoblanadi. Bu kasallik bilan og'rigan bemor 3-4 kunda o'lishi mumkin. O'lat odamga ikki xil yo'l bilan yuqishi mumkin: 1. Bemor qoni bilan oziqlangan burga qon bilan birga o'lat qo'zg'atuvchilarini (o'lat tayoqchalarini) ham o'ziga yuqtiradi. Burganing oshqozon va ichagida o'lat tayoqchalari shu qadar ko'payib ketadiki. natijada burganing oshqozonini to'ldirib, hasharoming normal oziqlanishiga to'sqinlik qiladigan o'lat tiqinini hosil qiladi. Zararlangan burga qon so'rganda ovqat oshqozoniga bora olmasdan qaytib tushadi, ya'ni burga qusadi. Ana shu paytda o'lat tayoqchalari ham burga "qusgan" joyga tushib, odamni zararlaydi. Chaqqan joylarni qashlaganda, tirnalgan ten orqali, ya'ni kontaminatsiya yo'li bilan odamga o'lat yuqishi mumkin. 2. Mexanik yo'l bilan, masalan, bemor bilan yaqin aloqada bo'lganda, bemorning chiqindilari va hatto havo-tomchi orqali ham o'lat kasalligi yuqishi mumkin. 237 O'lat kasalining qo'zg'atuvchisi uzoq vaqtgacha noaniq bo'lgan. 1893-1894- yillarda fransuz olimi Sersen va yaponiyalik olim Kitasato (bir-birini bilmagan holda) o'lat kasalining qo'zg'atuvchisi chuma tayoqchasi - Pasteurella pestis ekanligini aniqladilar. 1896-yili Hindistonda ishlayotgan rus shifokori V.A. Xavkin o'lat kasaliga qarshi zardob ishlab chiqib, uni o'zida sinab ko'radi va bu zardob yaxshi natija berishini aniqlaydi. 1897-yili M. Ogata va 1898-yili Zimond o'lat kasalining tarqalishida burgalar ishtirok etishini tajribalar asosida isbotladilar. Rus shifokori D.K. Zaboiotniy (1887-y.) o'lat kasalining manbai sutemizuvchilardan kemimvchilar turkumi vakillari ekanligini aniqladi




Yüklə 214,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin