5.Rasmdan foydalanib qon ivishi mexanizmini yoriting.
Qon ivishi suyuq qonning yumshoq quyqum (laxta)ga aylanishi; odam va hayvon organizmining qon yoʻqotishga qarshi fiziologik himoya reaksiyasi. Qon tomir zararlanib, qon oqqanda qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilning erimaydigan fibrin holiga aylanishi va bu tolalar qonning shaklli elementlari (trom-botsitlar) bilan oʻralashib quyqum hosil boʻlishi natijasida vujudga keladi va u tomirning shikastlangan joyini toʻsib qoʻyadi.Qon ivishi murakkab fermentativ jarayon boʻlib, u bosqichma-bosqich (3 fazada) kechadi. Qon ivishi qon ivishi fak-torlari (qarangI.F.) — qon plazmasining qator oqsillari va Sa2+ionlari ishtirokida amalga oshadi. Asosiy Q.I.F. 13 ta boʻlib, ular rim raqamlari bilan belgilanadi. Bu faktorlarning bir nechtasi qonning shaklli elementlari tarkibida boʻladi.Qon ivishining asosiy reaksiyalariquyidagilar:faoltromboplastinhosil boʻlishi;protrombintrombinga aylanishi;fibrinogefibringaaylanishi;fibrinningstabilizatsiyasi.Normada odam qoni tomirdan chiqqach, 5—12 min.da iviydi. Ayrim patologik holatlarda Qon ivishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin, bu trombozlarga olib keladi.Tibbiyotdaqon ivishini susaytiruvchi kuchaytiruvchi va barqarorlashtiruvchi vositalardan keng foydalaniladi.