Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti Mikrobiologiya va Biotexnologiya kafedrasi Tibbiyot Mikrobiologiyasi fani



Yüklə 20,1 Kb.
səhifə4/8
tarix13.12.2023
ölçüsü20,1 Kb.
#140027
1   2   3   4   5   6   7   8
Tibbiyot mikrobiologiyasi маъруза. ppt

3.Invazivlik xususiyati.

  • Invazivlik – bu mikroorganizmning to‘qima hamda a’zolarga kira olish va ularda tarqalish xususiyatidir. Bu xususiyat ularning gialuronidaza va neyraminidaza kabi fermentlar ishlab chiqarish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu fermentlar qo‘shuvchi va boshqa to‘qimalar o‘tkazuvchanligini buzadi va mikrobning organizmda tarqalishi uchun sharoit yaratadi.

4. Toksigenlik xususiyati.

  • Toksigenlik – mikrobning toksinlar ishlab chiqarish va ajratish xususiyati. Bakteriya hujayrasi ishlab chiqargan toksik moddalar ikki guruhga – ekzotoksinlar va endotoksinlarga bo‘linadi. Ekzotoksinlar (oqsil tabiatli moddalar) asosan grammusbat mikroblar, masalan, stafilokokklar, streptokokklar, qoqshol, botulizm, difteriya, gazli gangrena va boshqa mikroblar tomonidan ishlab chiqiladi va tashqi muhitga (to‘liq yoki qisman) ajratiladi. Ekzotoksinlar asosan termolabil (yuqori haroratga chidamsiz) hisoblanadi. Ekzotoksinlar uchun spetsifiklik xos, ya’ni ular makroorganizmga ta’sir qilganda bu toksinga xos belgilar namoyon bo‘ladi. Masalan, qoqshol qo‘zg‘atuvchisi ekzotoksinlari mushaklarning spastik qisqarishiga olib kelsa, difteriya qo‘zg‘atuvchisi toksini nekrotik va paralitik ta’sirga ega.

  • Endotoksinlar mikrob hujayrasi bilan mustahkambirikkan bo‘lib, ular ko‘pincha mikrob hujayrasining parchalanishi (yorilishi) natijasidagina ajralishi mumkin. Endotoksinlar asosan grammanfiy mikroblar (tif-paratif, brusellyoz, tularemiya, esherixioz va boshqa kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari)da uchraydi. Ular ekzotoksinlardan farqli o‘laroq yuqori haroratga ancha chidamli, kam zaharli va kam spetsifik xususiyatga ega. Ayrim bakteriyalar ham ekzotoksinga, ham endotoksinga ega bo‘ladi. Bunday mikroblarga ichak tayoqchasi, vabo va boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilari kiradi.

Epidemiologik xususiyati.

  • Yuqumli kasalliklarning asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqumliligidir, ya’ni uning kasallangan odamdan sog‘lom odamga o‘tishidir. Kasallangan odam infeksiya manbai hisoblanadi va atrofdagi kishilar uchun katta xavf tug‘diradi. Infeksiya turli yo‘llar bilan yuqishi mumkin (havo, suv va b.).

Yüklə 20,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin