Mirzo ulug‘bek va uning ilmiy maktabi reja Mirzo Ulug`bek davridagi tarixiy jarayonlar



Yüklə 28,47 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü28,47 Kb.
#125401
Mirzo ulug‘bek va uning ilmiy maktabi reja Mirzo Ulug`bek davrid


MIRZO ULUG‘BEK VA UNING ILMIY MAKTABI

Reja


1. Mirzo Ulug`bek davridagi tarixiy jarayonlar
2. Ulug`bekning ilmiy va madaniy merosi
3. Mirzo Uluqbek qaqida buyuk allomalarning fikrlari

O‘tgan yili Parij shahridagi nufuzli “Armatan” nashriyotida Yevro-Osiyoni o‘rganish jamiyati tashabbusi bilan “Asrlarni yoritgan yulduzlar” nomli kitob chop etildi. Mazkur kitobdan fransiyalik temurshunos olim, temuriylar davrini o‘rganish Fransiya uyushmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi «Shuhrat» medali sohibi Lyusen Kerenning «Ulug‘bek va Samarqand astronomiya maktabi» nomli maqolasi ham o‘rin olgan.


Ushbu maqola «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Janonbek Sanaqulov va Bahromjon A’loevlar tarjimasida juz’iy qisqartirishlar bilan e’lon qilindi. Bundan minnatdor bo‘lgan muallif gazeta Bosh muharriri nomiga maktub yo‘lladi.
Mazkur maqolani hamda janob Kerenning maktubi va gazeta muharririning unga javob xatini e’lon qilar ekanmiz, o‘quvchilar e’tiborini tortadi va ular qalbini yana bir karra ulug‘ allomamiz ijodidan iftixor va g‘urur tuyg‘ulariga to‘ldiradi, deb o‘ylaymiz.
...1337 yilda Turkiyaning Bursa shahrida tavallud topgan Qozizoda Rumiy taniqli qomusiy olim va faylasuf Shamsiddin al-Fanoriydan dastlabki saboqlarni o‘rgandi. Oxir-oqibat, bu ustoz arab va fors mudarrislari dars beruvchi Movarounnahr va Xurosonning mashhur madrasalarida astronomiya va riyoziyotni chuqur o‘rganish uchun Qozizodaga Turkiyani xufiyona tark etishda yordam beradi. Rumiy Samarqand madrasasida falakiyot va riyoziyot fanlarining nufuzli ulamolaridan biriga aylandi va Ulug‘bekka ham ustozlik qildi. Qozizoda o‘zi bilan birga al-Fanoriy tomonidan tuzilgan fanlar majmuasini ham olib kelgan edi. U bu asarni Ulug‘bekka o‘rgatadi. Biroq Qozizoda Ulug‘bekda astronomiya faniga bo‘lgan noyob qobiliyatni sezib, uni ko‘proq ushbu fanni chuqur o‘rganishga yo‘naltiradi. Ulug‘bek Qozizodadan ko‘p ilm o‘rgandi va uni ustoz deb bildi.
Ulug‘bek o‘sha davrning eng mashhur riyoziyotchisi va astronomi G‘iyosiddin al-Koshiyni ham o‘z maslahatchisi, ustozi deb hisoblagan. Hirotda G‘iyosiddin al-Koshiy astronomiyaga qiziqqan Ulug‘bekning ukasi Iskandar Sultonga tahsil berardi. Ulug‘bek uni 1417 yilda Samarqandga, yoniga chaqirtirib oladi. Al-Koshiy rasadxona loyihasi tashabbuskorlaridan bo‘ldi va yulduzlar jadvalini tuzishda faol ishtirok etdi.
Ma’rifatli insonlar maslahati bilan Ulug‘bek Samarqandda ilm-fanni rivojlantirish, jumladan, falsafa, riyoziyot va falakiyot ilmlari bilan shug‘ullanish niyatida katta madrasa qurdirishga qaror qildi. Hali bisyor bo‘lgan Temurbek saltanati xazinasi qoldiqlaridan bugungi kungacha Registon maydonida qad ko‘tarib turgan va o‘z nomi bilan ataluvchi ulkan madrasani barpo qildi. Bu madrasa VIII asrda Bog‘dodda al-Mansur xalifaligi davrida boshlangan islom rasadxonalari va maktablari faoliyatida yuz yillar davomida to‘plangan tajribalarning davomchisi sifatida tanildi. Dastlabki harakatlar yunon matematiklari va faylasuflarining asarlarini arab tiliga o‘girish bilan boshlangan bo‘lsa-da, so‘ngra fors va hind olimlari o‘rtasidagi munosabatlar bilan yanada boyib bordi. Yunon astronomi Klod Ptolomeyning ikki asari, eramizning 130-yillarida yaratilgan, «Almajest» va «Sayyoralar gipotezasi» asarlari Aristotel falsafasi bilan yaqindan tanish bo‘lgan musulmon mutafakkirlari e’tiborini tortdi. Ular xuddi xristian va yahudiylar singari diniy bo‘linishlikka emas, balkim Ptolomey tomonidan ishlab chiqilgan geosentrik tizimni qo‘llab-quvvatladilar: Yer Xudo tomonidan Odam ato uchun yaratilib, o‘z o‘qi atrofida aylanuvchi qo‘zg‘almas borliqdir, quyosh va oy boshqa sayyoralar singari mukammal doira shaklida Yer atrofida aylanadi. Bu tizimni harakatga keltiruvchi qonun-qoidalarni o‘rganish uchun musulmon astronomlar yunon astronomlari xulosasi va o‘zlarining shaxsiy kuzatishlari orasidagi ko‘plab qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish borasida hisob-kitob va kuzatishlarni ko‘paytirdilar.
Darhaqiqat, VIII asrdan XIV asrgacha bo‘lgan musulmon olamida shakllangan ko‘plab iqtidorli matematik va astronomlar zamonaviy davrdan oldin bo‘lmagan. Ular hind olimlari bilan hamkorlikda yunon astronomlari xatolarini to‘g‘rilab, asl matematik modellar yaratib, o‘z mehnatlari natijalarini bayon qilganlar. Ular diniy ibodatga bog‘liq jamiyat savollariga ham javob berishlari lozim edi: muqaddas shahar joylashuvi, ibodat vaqtlari, hijriy yil hisobidagi oyning ko‘rinish sanasini aniqlash va hokazolar. Shunday qilib, ular rasadxonalar qurishga kirishdilar, ko‘plab matematik hisob-kitoblarni tuzdilar, nuqtaning tekislikdagi va fazodagi holatini hisoblab, samoviy jinslar harakatlarini o‘lchash va aniqlash uchun ko‘plab turdagi asboblarni ixtiro qildilar. Bu ishlarning nusxalari asosan arab va fors tilida tuzilgan bo‘lib, shahardan shaharga, rasadxonadan rasadxonaga almashinib turardi.
Registon maydonidagi madrasaning qurilish ishlari 1417 yildan 1420 yilgacha davom etdi. Biroq “temuriy” uslubidagi ajoyib yodgorliklardan biri bo‘lgan bu madrasaning me’mori ismini hech kim bilmaydi: devorlar, minoralar va naqshlar arab uslubidagi geometrik shakllardan tashkil topgan. Ko‘k rang, sirli, takrorlanuvchi bezaklar ko‘p ishlatilgan.
1420 yilda qurilish ishlari tugatilib, Qozizoda dastlabki saboqni Ulug‘bek ishtirokida boshlab berdi. Yangi madrasa o‘z davrining eng mashhuriga aylandi va al-Koshiy ham u yerda matematika asoslari to‘g‘risidagi bilimlari bilan talabalarga ta’lim bera boshladi. U bu haqda 1427 yilda tugatgan “Miftoh ul-hisob” «Arifmetika kaliti» asarida qayd etgan bo‘lib, asar Ulug‘bekka bag‘ishlangan va quyidagi kirish so‘zlari bilan boshlangan: «Men bu asarni eng buyuk, eng odil, eng oqil va eng mashhur olim Sulton Ulug‘bek Ko‘ragoniy kutubxonasi uchun yaratdim».
O‘quv dasturi kutubxonadagi eng mashhur musulmon astronom va matematiklarining asarlariga asoslanardi. Bu asarlar Ulug‘bekning muruvvati tufayli uning xazinasi evaziga qo‘lga kiritilgandi. U o‘zining yosh hamkasbi Ali Qushchini astronomiyaga oid xitoy qo‘llanmalari va taqvimlarini topib kelish uchun hattoki Xitoyga ham jo‘natadi.
Ulug‘bek al-Koshiy, Qozizoda va boshqa hamkasblari maslahatiga tayanib, ular niyat qilgan ansambl — ulkan astronomik rasadxonaning qurilish loyihasini ishlab chiqishga buyruq beradi. Astronomiya guruhi talabalari madrasa tahsilini tamomlab, o‘zlarining kelajakdagi vazifalarini belgilab olishgan bir paytda, shaharning shimoli-sharqidan bir necha chaqirim narida joylashgan Ko‘hak tepaligida 1420 yilda rasadxona qurilishi boshlanadi. Lashkarboshilik va hukumat ishlaridan bo‘sh vaqtlarida Ulug‘bekning o‘zi ham o‘lchov va hisob-kitoblarda ishtirok etadi.
Ulug‘bek Samarqandda darveshlar uchun ulkan gumbazli xonaqoh qurdirdi, xonaqoh hammomi rangli toshlar bilan bezatilgan bo‘lib, aholi uni shaharning eng muhtasham imorati deb hisoblardi. Jumladan, u katta karvonsaroylarga o‘xshash did bilan yasalgan yog‘och o‘ymakorli masjid ham qurdirdi. Katta bog‘ o‘rtasida 40 ustunli saroy bunyod ettirib, saroy yonida o‘zining miniatyura to‘plamlarini saqlash uchun Xitoydan keltirilgan chinni koshinlar bilan bezatilgan ajoyib xona ham qurdirgan. Temurbekning xoki joylashgan Temuriylar maqbarasini qurdirishni davom ettirdi. «Go‘ri Amir» maqbarasiga 1425 yilda Mo‘g‘ulistondan olib kelingan ulkan qora nefrit toshini o‘rnatdi hamda Toj Mahal singari muhtasham xonani chiroyli marmar panjara bilan bezatdi. Shohizinda maqbarasi kirish eshigini bunyod ettirdi. Buxoroda yangi madrasalar bino qildirdi.
Uning qobiliyati juda hayratlanarli edi, chunki Ulug‘bek nafaqat matematik va astronom, balki kitobsevar, shoir va ulkan tarixchi bo‘lib, rasadxona va madrasadagi ta’lim jarayonida va ilmiy izlanishlarda o‘zi faol qatnashib, o‘z sohasining ustasiga aylangan edi. U yangi munajjim va o‘qituvchilarni ishga qabul qilib, ba’zan talabalar bilan kamtarona va ochiq muloqotda bo‘lishdan zavqlanardi. Shuning natijasi o‘laroq, Ulug‘bek matematika sohasida juda qobiliyatli va zehnli bo‘lgan yosh Ali Qushchi, — “lochin ovchisi” bilan tanishib, do‘st tutindi. Yosh talaba uning ko‘magi sababli, keyinchalik taniqli ustoz va Ulug‘bek asarlarining davomchisiga aylandi.
O‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan G‘iyosiddin al-Koshiy qurilish ishlarini boshqarish va rasadxona xizmatini yo‘lga qo‘yish javobgarligini o‘z zimmasiga oldi. 1429 yilda tugallangan bu rasadxona butun Osiyoni hayratga solgandi. Afsuski, rasadxonaning qurilishi diniy e’tiqodga nisbatan o‘zining hur, mustaqil fikriga ega bo‘lgan Ulug‘bek to‘g‘risida ruhoniylar tomonidan nomaqbul fikrlar, mish-mishlar tarqatish, olimni buzg‘unchilikda ayblashga asos ham bo‘ldi. Ulug‘bekni Shohruh davrida Hirotdan quvilgan bid’atchi Qosim Anvar bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlikda ham aybladilar. Bu kabi voqealar oradan 30 yil o‘tgach, rasadxona mavqeining butunlay pasayishiga va ko‘plab munajjimlarning bu yerni tark eta boshlashiga sabab bo‘ldi. Ulug‘bekning fojiaviy o‘limidan 50 yil o‘tib, 1499 yilda rasadxona batamom buzib tashlandi.
Bugungi kunda rasadxonaning ichki va tashqi ko‘rinishi xususida juda oz ma’lumotlarga egamiz. O‘sha davrda yashagan olim Abdurazzoq Samarqandiy rasadxonani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan bo‘lib, uni quyidagicha tasvirlaydi: «Bino devorlari o‘zgarmas yulduzlar, 1/60 soniyali, soniyalar, daqiqalar va osmon gumbazi darajalari bilan bezatilgan. Yana dengizlar, sahrolar, tog‘lar, Yer iqlimi mintaqalari ifodalangan dunyo jug‘rofiy xaritalari ham bor edi. Bularning hammasi nomutanosib geometrik shakllar va ajoyib suratlar bilan ifodalangan”.
Mirzo Bobur o‘z xotiralarida shunday yozadi: “Yana bir ulkan imorat astronomik jadvallar tuzishga mo‘ljallanib, Ko‘hak tepaligida uch qavat qilib qurilgan rasadxonadir».
1908 yili rus arxeologi Viatkin Ko‘hak tepaligida rasadxona qoldiqlarini topishga muyassar bo‘ldi: diametri 46 — 50 metrli doira shaklidagi imoratga taalluqli bezaklar, g‘ishtlar, tosh parchalari, shuningdek, shimol-janub meridiani bo‘ylab yo‘naltirilgan chuqurligi 11 metr bo‘lgan yerosti qismiga olib kirish joyi topildi. Tadqiqotlar davomida arxeologlar devorlarning asosini va yana bir qancha qoldiqlarni topdilar.
Samarqandiy va Bobur qoldirgan qisqa ko‘rsatmalar va xaroba qoldiqlari tufayli o‘zbek, rus va boshqa davlat arxeologlari o‘sha davr arxitektura qurilishini hisobga olib, Marog‘a, Damashq va Bag‘dod kabi dunyoning mashhur rasadxonalari qurilish arxitekturasiga tayangan holda Ulug‘bek rasadxonasi loyihasini tikladilar. Bino doira shaklida bo‘lib, balandligi 30,42 metrni tashkil qiladi, taxminan 15 metrli tepalikni qo‘shib hisoblasak, rasadxona yer sathidan qariyb 45 metr balandlikda bo‘lgan. Yassi marmarli asosga qurilgan uch qavatli binoning har bir qavati tashqariga qaragan 32 ta arkdan iborat edi. Devorlarning tashqi tomoni sirli koshinli ranglar, ayniqsa, ko‘k rang, arab harflari va gul shakllari bilan bezatilgan edi. Bino to‘g‘ri meridian bo‘ylab joylashtirilgan 21,6 metr radiusli sekstant arki bilan teng ikki qismga ajratilgan.
Topilgan devor qoldiqlari binoning pastki qismida rasadxonaning turli xizmatlari uchun mo‘ljallangan xonalar bo‘lganligini tasdiqlaydi. U yerda turli jihozlar va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar, ustaxonalar, asbob-uskuna va hisob-kitob hujjatlari saqlanadigan xonalar, kutubxona, majlis xonasi, xaritalar joylashtirilgan xona va yana yozuvlar hamda dars jarayonidagi suratlar uchun mo‘ljallangan xona mavjud bo‘lgan. Samarqandiy tomonidan joyi aniq ko‘rsatilmay e’tirof etilgan devoriy suratlar bilan bezatilgan xonalarning bo‘lganligini aniqlash qiyin. Ehtimol, rasadxona xodimlari va ziyoratchilar uchun oshxona, oziq-ovqat do‘koni va suv saqlash moslamalari ham bo‘lgandir.
Ulug‘bek rasadxonasida tungi osmonni o‘rganish maqsadida bir necha kuzatuvchilar uchun mo‘ljallangan maydoncha, shuningdek, gnomonli katta quyosh soati ham mavjud bo‘lgan; sekstantning tepa qismi quyosh yo‘nalishida meridian bilan kesishadigan paytda nurlar o‘tkazuvchi to‘g‘rilanadigan suyra oynali tom bilan yopilgan edi. Quyosh nuri qorong‘ulikda joylashgan sekstantning yerosti yoysimon qismida dog‘ hosil qilar, kuzatuvchilardan biri sekstantning yoysimon shakli ustiga yozilgan darajalarni kuzatib borardi. Shu ulkan asbob bilan Ulug‘bek bir yilni 365 kun, 6 soat, 10 daqiqa, 8 soniyaga tengligini aniqladi, hozirgi zamon astronomlari esa 365 kun, 6 soat, 9 daqiqa, 9,6 soniya ekanligini tasdiqlashdi. 0,32" darajali arzimas xato bilan Ulug‘bek ekliptika og‘maligini hozirgi zamon astronomlari hisob-kitobi bo‘yicha 23°30’45" daraja emas, balki 23°30’17" daraja deb bergan edi.
Sekstantdan tashqari, faqat ko‘z orqali o‘rganilgan sayyoralar va yulduzlar kuzatuvi turli xil tanish asboblar bilan amalga oshirilgan: usturloblar, armilyar shari, balistislar, trisvetrlar, shanillar hamda soat va hokazolar.
Zij (Yulduzlar jadvali) qachon yozila boshlanganligi ma’lum emas, ehtimol, 1420-yillarda bo‘lishi mumkin. Toshkentda topilgan forsiy qo‘lyozmaga asosan 1444 yilda yakunlanganligi e’tirof etiladi. Lekin Ulug‘bek umrining so‘nggi damlarigacha ham unga o‘zgartirishlar kiritgan bo‘lsa ajab emas. Bu jadval Ulug‘bek yiqqan munajjimlar guruhining zahmatli mehnati mahsulidir. Uning o‘zi ham asarni bir shaklga jamlashda ishtirok etdi. Odatga ko‘ra, rasadxona munajjimlari tomonidan tuzilgan zij o‘z sulolasi yoki hukmdor nomi bilan atalib, Ziji Ko‘ragoniy deb nomlangan. Yulduzlar jadvalining Fransiyada bosilib chiqqan nusxasi fors tilidan (Sediyyo) tarjima qilingan bo‘lib, Ulug‘bekning o‘zi yozgan 6 sahifali kirish so‘zi bilan qo‘shib hisoblaganda, 200 sahifani tashkil qiladi.
Yulduzlar jadvalini tuzish jarayonida 1430 yili al-Koshiyning, 1436 yili Qozizoda Rumiyning o‘limi olimlar uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘bek Zijning kirish qismida ularga chuqur hurmat izhor qilib, asarning yakunlanishida yosh Ali Qushchining xizmatlari yuksak bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Ulug‘bekning ikki o‘g‘li bo‘lib, ularga bolaligidanoq turlicha munosabatda bo‘linganligi ma’lum. Ota kichik o‘g‘li Abdulazizni erkalab o‘ziga juda yaqin tutdi, to‘ng‘ich o‘g‘li Abdulatifni esa Xurosondagi buvisi Gavharshodbegim yoniga jo‘natdi. Shu yo‘sinda, Abdulazizga ko‘proq yon bosib, uni ortiqcha e’tibor bilan Samarqandga chaqirtirib, xalq oldida valiahd deb e’lon qildi.
1447 yil 2 mart kuni qisqa betoblikdan so‘ng Shohruh Mirzo vafot etdi. Ulug‘bek bundan qattiq qayg‘uga tushib, hokimiyatni kuch bilan egallashga urinayotgan jiyanlaridan biriga qarshi Xurosonga qo‘shin tortishga majbur bo‘ldi. Abdulatifning yordami tufayli, 1448 yili Tarbobdagi jangda jiyanini mag‘lubiyatga uchratdi. Qonuniy hokimiyatni qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Samarqandga, kenja o‘g‘li yoniga qaytib keldi.
Otasi tufayli uzoq yillar poytaxtdan yiroqda bo‘lgan Abdulatif o‘zini kamsitilgan deb hisoblaydi va unda otasiga nisbatan chuqur xusumat paydo bo‘ladi. U beburdlikka berilib ketgan va shaharda o‘z bilganicha yashovchi hamda hukmdorga bo‘ysunmay qo‘ygan askarlar orasidan o‘z tarafdorlarini topishga muvaffaq bo‘ldi. Ba’zi dindor hamtovoqlariga tayangan Abdulatif o‘z atrofiga otasini taxtdan ag‘darishga shaylangan hamda hukmdorga qarshi kayfiyatda bo‘lgan jangchilardan yetarlicha yig‘ib olishga muyassar bo‘lganligi ham aniq. Ikkala qo‘shin o‘rtasidagi jang Samarqand yaqinidagi Damashq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek jangda mag‘lubiyatga uchradi, Abdulatif otasini asir oldirdi va uni o‘ldirish to‘g‘risida farmon berdi... Bu fojia 1449 yil 27 oktyabrda hukmdorning 55 yoshlik vaqtida sodir bo‘ldi. Ulug‘bek Go‘ri Amir maqbarasiga, bobosining yoniga dafn qilindi. Qabrtosh ustidagi yozuv Ulug‘bekning shahid bo‘lganligi va Abdulatif padarkush ekanligini tasdiqlaydi.
Bu fojianing asl sababi va mohiyati to‘g‘risida hozirgacha bosh qotirishadi. Ulug‘bekning to‘ng‘ich o‘g‘li bilan kelisha olmaganligining boisi nimada edi? Birinchi tasdiq Temurbek hukmronligining so‘ngida paydo bo‘lib, Ali Yazdiy “Zafarnoma” (1425) kitobida bu voqeaning astrologiya bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Rasmiy astrologlar tomonidan o‘rganilgan va uning o‘zi ham tekshirib chiqqan Ulug‘bekning taqdiri to‘g‘risidagi bashoratda (goroskop) ko‘rsatilishicha, uning tug‘ilgan kuni Ajdarning dum qismida joylashgan Sher burjida bo‘lib, bu halokatdan nishona edi. Abdurazzoq Samarqandiy o‘zining 1471 yilda yozgan yilnomasida bu voqeani quyidagicha to‘ldiradi: uning fikricha, Ulug‘bek va o‘g‘li o‘rtasidagi adovat ularning taqdiridan kelib chiqadi. Olim Ulug‘bekning taqdir yulduzi Ajdar dum qismida bo‘lib, baxtsizlik va musibatni ifodalasa, Abdulatifniki Ajdarning bosh qismida bo‘lib, kuch va g‘alabadan darak berishligini ta’kidlagandi.
Ulug‘bek uchun Yulduzlar jadvalining to‘rtinchi bobini tashkil qilgan astrologiya alohida bir fan hisoblanardi. U o‘zi qayta hisoblab chiqqan bu bashorat jadvali (goroskop) ga ishonar edi. O‘g‘lining o‘ziga qarshi is’yon ko‘tarishi mumkinligi bois, uni o‘zidan uzoqda saqladilar va bu Abdulatifning valiahdlik huquqidan mahrum bo‘lishiga olib keldi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, baxtiqaro Ulug‘bek o‘g‘lining nafratini qo‘zg‘ab, o‘z taqdirining shunday yakun topishiga, ehtimol, o‘zi sababchi bo‘lgandir.
Ulugʻbek (taxallusi; asl ismi Muhammad Taragʻay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni — 1449. 27.10, Samarqand] — buyuk oʻzbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Shohruxning oʻgʻli, Amir Temurning nabirasi.
Sohibqironning "besh yillik yurish"ida (1392—96) Irokdagi Mordin qalʼasini qamal qilish chogʻida tugʻilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma" asarida yozishicha, Amir Temur huzuriga chopar kelib U.ning tugʻilgani va munajjimlar bu nevara kelajakda ham olim, ham hukmdor boʻlishini bashorat qilganlari xushxabarini yetkazadi. Sohibqiron xursandligidan Mordin qalʼasi qamalini toʻxtatib, uning xalqiga yuklangan toʻlovni bekor qiladi. Uning oʻz nabirasiga Muhammad Taragʻay va Ulugʻbek deb ism qoʻyganini ham munajjimlarning yuqoridagi bashorati bilan bogʻlash mumkin.
Amir Temur U. tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan va uni davlat ahamiyatiga molik tadbirlarda qatnashtirgan. Klavixonmng qayd etishicha, U. bobosining xorijiy elchilarni qabul qilish marosimlarida ishtirok etgan. 1404-yil Konigillya. oʻtkazilgan tantanalarda Amir Temur oltita nabirasining (jumladan, U.ning) nikoh toʻylarini oʻtkazgan. Toʻyda Sohibqiron U.ka Toshkent, Sayram, Yangi (hozirgi Taroz), Ashpara va Moʻgʻulistonni to Xitoy hududigacha suyurgʻol qilib bergan. Amir Temur Oʻtrorda vafot etgan chogʻda U. ham oʻsha yerda boʻlgan. [[Temuriylar oʻrtasida toju taxt uchun kurash boshlangan. Oʻtrordan qaytgan Shohrux farzandlari — U. va Ibrohim Sultonni amirlar poytaxt Samarqandga kiritmaydilar, ular Buxorodan panoh topishgan. Samarkand taxtini Xalil Sulton egallagan. Xurosonni boshqarib turgan Shohrux U.ka dastlab Andxoʻy bilan Shibirgʻonni, keyinchalik Xurosonning Tus, Xabushon, Kalot, Bovard, Naso, Yozir, Sabzavor va Nishopurdan iborat qismini boshqarishni topshirgan. 1410-yil Shohrux Movarounnahrni oʻz tasarrufiga kiritgach, uni idora eti sh ni Turkiston viloyati bilan birga U.ka topshirib, Sohibqiron vasiyatini qayta tiklagan. U. yosh (15 yosh) boʻlgani sababli amir Shohmalik unga homiy etib belgilangan. Lekin Shohmalikning raqibi — Oʻtrordagi Shayx Nuriddin va Muhammad Jahongirning Hisordagi voliylari 1410-yil bahorida U. va Shohmalikka qarshi chiqqanlar. Shu yilning yozida Shohrux ishtirokida boʻlgan jangda Shohmalik va U. gʻalaba qilganlar. 1411-yil sent.da Shohrux Samarqandga kelib, Shohmalikni oʻzi bilan Hirotga olib ketgan va keyinchalik Xorazmga hokim qilib yuborgan (1413). Shu vaqtdan boshlab U. Movarounnahrni mustaqil idora etishga kirishgan. Shohrux Movarounnahrda boshqa temuriy shahzodalarga ham mulk ajratgan edi. Chunonchi, Hisori Shodmonni Muhammad Sultonnpng oʻgʻli Muhammad Jahongir mirzoga, Oʻzgand viloyatini Umarshayxning oʻgʻli Amirak Ahmadga suyurgʻol qilgan edi. Biroq ular U.ka tobe edilar. 1414—15-yil ular oʻrtasida ixtilof chiqib, U. Amirak Ahmad ustiga qoʻshin tortgan va uni yenggan. Shohrux Amirak Ahmadni Xurosonga chaqirtirib olgan; Qashgʻar ham to 1428-yilgacha U.ka tegishli boʻlgan.
U. oʻz hukmronligi davomida 2 marta yirik harbiy yurish qilgan. Birinchisida 1425-yil Moʻgʻuliston xoni Shermuhammad oʻgʻlon (1421—25) oʻzini mustaqil xon deb eʼlon qilganda, U. unga qarshi yurish qilib zafar qozongan. U.ning 2yurishi Sigʻnoq sh. tomon boʻlgan. Sirdaryoning quyi havzasi U. tasarrufida edi. U. 1427-yil Sigʻnoq yaqinida uning mulkiga tahdid qilgan [[Ba[[roq oʻgʻlon (qarang [[Ba[[roq) bilan toʻqnashgan va magʻlubiyatga uchragan. Dushman U.ni taʼqib qilib, Samarqand ostonalarigacha kelgan.
Movarounnahr xavf ostida qolganligi tufayli Shohrux Xurosondan katta lashkar tortib kelib xavfni bartaraf etadi.
Shohrux vafoti (1447, 12 mart)dan keyin U.ning katta oʻgʻli Abdullatif voris sifatida [[Temuriylar hukmdori boʻlib qoladi. Lekin Shohruxning qattiqqoʻl xotini Gavharshod begim bu haqda oʻz fikriga ega edi. U Shohrux davrida [[Temuriylarning poytaxti boʻlib qolgan Hirot taxtiga marhumning 3oʻgʻli boʻlmish Boysungʻur mirzoning oʻgʻli va suyukli nabirasi Alouddavla mirzoni oʻtqazish tarafdori edi. Gavharshod begim Hirot taxtiga Alouddavlani oʻtqazganini U.ka nisbatan isyon deb qaralmogʻi kerak edi. Shuning uchun U. 1448-yil bahorida Abdullatif bilan birgalikda 90 ming askar bilan Xurosonga kelib, Hirot yaqinida boʻlgan jangda Alouddavlani tormor qiladi. Gʻalaba Abdullatifning shaxsiy shijoati va lashkarboshilik isteʼdodi tufayli erishilgan boʻlsa ham, U. Fathnomani kichik oʻgʻli Abdulaziz nomidan eʼlon qiladi. Undan tashqari, bobosi Shohrux tomonidan Abdullatifga vasiyat qilingan Hirotdagi Ixtiyoriddin qalʼasi va uning ichidagi boyliklarini ham U. Abdulazizga beradi. Shundan soʻng U. bilan Abdullatif oʻrtasidagi munosabat ochiq dushmanlik tusini oladi.
U. Samarqandda Abdulazizni qoldirib, lashkar bilan katta oʻgʻliga qarshi jangga yuradi. Abdullatif ham oʻz lashkari bilan Amudaryo yoqasiga kelib turadi. Ikkala lashkar ham daryoning 2 soxilida uzoq muddat turib, suvni kechib oʻtishga botinmaydi. Bu orada U., Abdulaziz lashkardagi amirlarning oilalarini taʼqib etayotir, — degan xabarni eshitib, Samarqandga qaytib kelishga majbur boʻladi va shahar aholisining Abdulazizga qarshi isyon koʻtarganining guvohi boʻladi. Tezda shaharni tartibga keltirib, yana Abdullatifga qarshi jangga yoʻllanadi, lekin Samarqand yaqinida undan magʻlubiyatga uchraydi.
Oradan koʻp oʻtmay, U. Abdullatif buyrugi bilan qatl etiladi. Uning jasadi Goʻri Amir maqbarasiga dafn etilgan (qarang Amir [[Temur maqbarasi).
U. otasi Shoxrux davrida siyosiy hukmdor sifatida ichki va tashqi siyosat bobida birmuncha mustaqil boʻlgan. Boshqa davlatlar bilan bevosita savdo va elchilik munosabatlari olib borgan. U. davrida Samarkand sh. yanada ravnaq topgan. Shaharda hunarmandchilik, meʼmorlik, adabiyot, umuman ilmfan yuksaldi, savdo taraqqiy etdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), Gʻijduvonda (1432—33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Madrasalarda diniy fanlar bilan birga dunyoviy fanlar ham oʻqitildi, koʻproq aniq fanlarga ahamiyat berildi. Bibixonim masjidi, Amir [[Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishlari poyoniga yetkazildi. Bundan tashqari, mamlakatda koʻplab jamoat inshootlari (karvonsaroy), tim, chorsu, hammomlar va boshqa ham bunyod etilgan (U. davridagi Movarounnahrdagi ichki va tashki siyosat, elchilik aloqalari, pul islohotlari, iqtisodiy, madaniy holat haqida q. [[Temuriylar).
Ilmiy va madaniy merosi. U. Oʻrta Osiyo xalqiari ilmfani va madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo fanining eng yuqori pogʻonasiga olib chiqsi. Uning qilgan eng buyuk ishi — Samarkand ilmiy maktabini oʻsha davr akademiyasini barpo etganligi boʻldi. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ular orasida eng yiriklari Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy edi. U.ning ilmiy maktabi oʻz faoliyatida oʻrtaosiyolik mashqur olimlar Muhammad Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Abul Abbos alJavhariy, Ibn Turk alXuttaliy, Xolid alMarvarrudiy, Ahmad alMarvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniylir boshlab bergan ilmiy anʼanaga asoslanar edi. U. Samarqand yaqinida rasadxona barpo qildi (qarang Ulugʻbek rasadxonasi).
U. akademiyasidagi yirik olim — Ali Qushchshsh U. "Ziji"ning soʻzboshisida "farzandi arjumand", yaʼni "aziz farzandim" deydi. Aslida u U.ning sadoqatli shogirdi boʻlib, "Zij" ustida ishlar poyoniga yetkazilguniga qadar ustoziga yordam bergan.
U. Samarqandda 2 ta Madrasa: biri — Registon ansambli tarkibida va 2si Goʻri Amir ansambli tarkibida barpo qilgan. Boshqa yirik olimlar qatorida U.ning oʻzi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba maʼruza oʻqigan. Boshqa vaqtini koʻproq astronomik kuzatishlarga, "Zij" ustida ishlashga va davlat ishlariga bagʻishlagan. (qarang Ziji Koʻragoniy).
U.ning yana bir matematik asari "Risolai Ulugʻbek" deb ataladi va uning 1nusxasi Hindistonda Aligarx universiteti kutubxonasida saqlanadi, hali oʻrganilmagan. Balki u ham hisoblash matematikasiga aloqadordir.
U. merosini oʻrganish. Fan va madaniyat tarixida soʻnmas iz qoldirgan U.ning ilmiy merosi uning "Zij"idir. Bu asar sayyoralar, Quyosh va Oy harakatini talqin qilish, yulduzlar katalogi va unda qoʻllanilgak matematik usullari boʻyicha oʻrta asrlardagi astronomik asarlarning eng mukammali boʻlganligi uchun avvalambor u musulmon mamlakatlaridagi olimlarning diqqatini jalb qilgan. "Zij"ga ilk sharhni U.ning shogirdi Ali Qushchi "Sharhi Ziji Ulugʻbek" nomi bilan yozgan.
Usha 15-asrning oʻzida qohiralik munajjim Shamsiddin Muhammad asSufiy alMisriy "Tashil Ziji Ulugʻbek" ("Ulugʻbek "Zij"ini osonlashtirish") nomli asar yozib, unda U. jadvallarini Qohiraning geografik kengligiga moslashtirdi. AlMisriy oʻzining "Taqvim alkavokib assabʼa" ("Yetti sayyoraning taqvimlari") va "Jodavil almahlul assani ala usul Ulugʻbek" ("Ulugʻbek usuliga koʻra ikkinchi yechimlar jadvali") nomli yana 2 asarida U. "Zij"iga murojaat qiladi.
Suriyalik olim Zayniddin alJavhariy asSolihiy (15-asr) "AdDurr annozil fi tashil attaqvim" ("Taqvimni soddalashtirishda nozil boʻlgan durlar") nomli asarida U. "Zij" ini qayta ishlagan.
U. "Zij"iga yozilgan eng mukammal sharh Samarqand ilmiy maktabining eng soʻnggi namoyandasi Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiyning (1525-yilv.e.) 1523-yil yozib tugatilgan "Sharhi Ziji Ulugʻbek" asaridir. Birjandiy oʻz "Sharh"ida mufassal va aniq raqamlar bilan bayon qilib, "Zij"ning sirlarini ochadi. U.ning koʻplab jumlalarini u chizmalar bilan tushuntirib isbotlagan.
Samarqandlik 2 buyuk olim — Qozizoda Rumiy va Ali Qushchining nabirasi Miram Chalabiy (1525-yilv.e.) "Zij"ga sharh yozib, uni "Dastur alamal va tashih aljadval" ("Amallar dasturi va jadvallarning tuzatilishi") deb atagan.
Eronlik olim Gʻiyosiddin Mansur alhusayniy ashShiroziy (1542-yilv.e.) "Zij"ga "Risola dar taʼniq Ziji Ulugʻbek" ("Ulugʻbek "Zij"ini aniklashtirish haqida risola") nomli sharh yozgan.
16-asrning 2yarmi va 17—18-asrlardagi qator musulmon olimlari "Zij"ga sharxlar yozdilar va uni qayta ishlab oʻz zamonlari va makonlariga moslashtirganlar. Ular orasida suriyalik Taqiyiddin ashShomiy (1526—85), Mazhariddin alQori (16-asr), misrlik Abdulqodir alManufiy ashShofiʼiy (16-asr), eronlik Shoh Fathulloh Shiroziy (1589-yilv.e.), Muhammad Boqir alYazdiy (1637-yilv.e.), hind Farididdin Dehlaviy (1629-yilv.e.), turk Muhammad Chalabiy (1640-yilv.e.), misrlik Rizvon arRazzoq alMisriy (1710-yilv.e.), Dogʻistonlik Damodon alMuhiy (1718-yilv.e.) kabi olimlarning sharhlari shular jumlasidandir.
Bular orasida hind daapat arbobi va olimi Savay Jay Singhning faoliyati alohida oʻrin tutadi. U Hindistonning Boburiy sultoni Muxammadshohning (1719—48) farmoni bilan U. rasadxonasidagi jihozlarning taʼriflariga koʻra, Dexli, Banoras, Jaypur, Ujjayn va Muttrada rasadxonalarini barpo qiladi. Soʻng u homiylik qilgan sultonga atab "Ziji Muxammadshohiy" asarini yozgan va unda U.ning baʼzi jadvallarini tayyorligicha qabul qilgan. T.N. QoriNiyoziy va dushanbelik G. Sobirovlar Savay Jay Singhning asari bilan U. "Zij" orasidagi bogʻliqlikni oʻz ishlarida koʻrsatganlar.
U.ning nomi Yevropada va umuman Gʻarb mamlakatlarida buyuk bobosi Amir Temurning shuhrati tufayli ancha ilgari maʼlum boʻlgan. Yevropa Amir Temur va uning oila aʼzolari haqida 1boʻlib Samarqaidga 1403—05 yillar sayohat qilgan Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixodan eshitgan. Klavixoning "Kundaliklar"i 1582-yil Sevilyada va 1607-yil Parijda nashr etilganidan soʻng yevropaliklar darhol Amir Temur va uning oila aʼzolari bilan qiziqqanlar. U. nomi 17-asr boshidanoq (1601-yildan) Amir Temurga bagʻishlangan dramatik asarlarda eslatiladi.
Bevosita U.ka bagʻishlangan Yevropadagi 1nashr ingliz astronomi Jon Grivs (1602—52) qalamiga oid. Uning 1648-yil nashr etilgan asarida U. yulduzlar jadvalining bir qismi (98 ta yulduz) ilova qilingan. 1665-yil yana bir ingliz olimi Tomas Xayd (1636—1703) Grivs bilan bogʻlanmagan holda "Zij"dagi yulduzlar jadvalini forsiy va lotincha tarjimada nashr etgan.
1690-yil Gdanskda polyak astronomi Yan Geveliy chop ettirgan "Yulduzlar osmonining atlasi"dagi ikkita gravyurada oʻsha davrning mashhur astronomlari orasidan U.ka faxrli oʻrin bergan, unda U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Richchioli, Vilgelm IV va oʻzining jadvallari bilan solishtirgan. 1711-yil Oksfordda U.ning geografik jadvali 3marta nashr etilgan. 1807-yil oʻsha yerda bu jadval yangi grek tilida ham nashr etilgan. 1725 i. ingliz astronomi D. Flemetid (1646—1719) U.ning yulduzlar jadvalini Ptolemey, Tixo Brage, Vilgelm IV, Yan Geveliy va oʻzining jadvallari bilan birga nashr etgan. 1767-yil ingliz G. Sharp U. yulduzlar jadvalining T. Xayd nashrini kayta nashr qilgan. 1843-yil ingliz F. Beyli (1774—1844) shu nashrni yanada takomillashtirib, 3nashrni amalga oshirgan. Fransuz sharqshunosi L .A. Sediyo (1808—76) 1839-yil U. "Zij"idagi astronomik jadvallarning bir qismini nashr etgan. 1917 i. amerikalik olim E. B. Nobl U. "Zij" idagi yulduzlar jadvalini 27 qoʻlyozma asosida tanqidiy matnini , 1927-yil K. Shoy "Zij"ning trigonometrik jadvalini nashr etgan. U. "Zij"i Rossiyada va sobiq Sovet Ittifoqida ham alohida tarixga ega boʻldi. 18-asrning 1yarmida Peterburg akademiyasida U. "Zij"i maxsus muhokamada boʻlgan va olimlar J.N. Delil (16881768), G. Ya. Ker uni tarjimasiga kirishganlar, lekin ish oxiriga yetkazilmagan.
1908—09 yillar V.L. Vyatkin U. rasadxonasining xarobalarini va uning asosiy asbobi — kvadrantini kavlab topgandan soʻng , Samarkand olimlarining faoliyatiga yangidan qiziqish boshlanadi. Natijada 1918-yil V. V. Bartoldiint "Ulugʻbek va uning davri" asari nashr etilgan.
Sovet davrida U.ning xayoti va ijodi bilan mamlakat jamoatchiligini tanishtirish boʻyicha T.N. QoriNiyoziy koʻp saʼyharakat qilgan. U. ijodini targʻib qilishda Gʻ. Jalolov va V. P. Shcheglovlarning nashrlari ham diqqatga sazovordir. 20-asrning 80-yillari boshiga kelib U. "Zij"ining toʻliq va mukammal holda, ilmiy izoxlar bilan taʼminlangan tarjimasini A. Axmedov 1994-yil amalga oshirib, nashr ettirdi.
Yüklə 28,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin