Mixail Ivanovich Glinka



Yüklə 16,27 Kb.
tarix11.04.2023
ölçüsü16,27 Kb.
#125137
Документ Microsoft Word


Mixail Ivanovich Glinka (1804-yil 20-may [1-iyun], Novospasskoye qishlogʻi, Smolensk guberniya — 1857-yil 3-fevral [15-fevral], Berlin; Sankt-Peterburgda dafn etilgan) — kompozitor, rus mumtoz musikasining boshlovchisi. 1817-yildan Sankt-Peterburgda yashab, musiqa ijrochiligidan sabok, olgan. 1820-yillarda pianinochi va xonanda sifatida tanilgan. Kompozitsiya boʻyicha Berlinda 3. Den taʼlimini olgan (1833-34). Bir necha marta chet el (Italiya shaharlari, Berlin, Parij, Varshava, Ispaniya va boshqalar)da boʻlib, turli xalq kuylari va professional musiqa madaniyati bilan tanishgan.
Glinka ijodida xalq (rus, italyan, ispan va boshqalar) musiqasi boyliklari bilan kompozitorlik uslubi yutuqlari uygʻunlashgan. Shakli mukammal, kuylari aniq va nafis, garmoniyasi hamda orkestr boʻyoqlari shirador va yorqin boʻlgan Glinka asarlari hayotbaxsh, quvonch ruhi bilan sugʻorilgan.
Glinkaning vatanparvarlik mavzuidagi „Ivan Susanin“ (aslida „Podsho uchun jon fido“, 1836) hamda „Ruslan va Lyudmila“ (1842) asarlari rus operasida 2 oqim — xalq musiqali dramasi va ertak doston operasini boshlab berdi.
Shuningdek, „Vals-fantaziya“ (1845), „Kamarinskaya“ (1848) kabi simfonik asarlari bilan rus simfonizmiga asos soldi. Glinka romanslari rus vokal lirikasi tarixida yangi davr ochgan. Ularning bir qismi oʻzbek tilida nashr etilgan. Glinkaning opera, simfonik va kamer asarlari Oʻzbekistonda muntazam ijro etiladi. 1960-yildan Glinka nomidagi opera xonandalar tanlovi taʼsis etilgan. Tanlov gʻoliblari orasida oʻzbek xonandalari (mas, I. Jalilov) ham bor.[2]
Yüklə 16,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin