Korxonaning moliyaviy holati ko`rsatkichlari tahlili
Korxonaning daromad va xarajatlarini kompleks tahlil etishdan asosiy maqsad, xo`jalik yurituvchi sub`ektning moliyaviy holati, uning daromad, xarajat, foyda va zararlari tarkibidagi strukturaviy o`zgarishlar to`g`risida aniq va ishonchli ma`lumotlarga ega bo`lishdan iborat.
Tahlilning asosiy usullaridan biri balans va moliyaviy natijalar to`g‘risidagi xisobotlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq hisobotlarni o‘qish va absolyut miqdorlarni o‘rganish hisoblanadli. Hisobotlarni o‘kish subyektning jalb qilingan mablag‘larining asosiy manbalari to`g‘risidagi xulosalar qilish, ularni qo`yilmalar qilish yo‘nalishlari to`g‘risidagi axborotlar olish, pul mablag‘larini olish manbalari to`g‘risida ma’lumotlar olish, subyektning tashkiliy strukturasi va uning faoliyat yo‘nalishlari, dividend siyosati va boshqalar to‘g‘risida axborotlarga ega bo‘linadi.
Biroq, bu axborotlar, o‘zining ahamiyatliligiga karamasdan, boshqaruv qarorlari qabul qilishda, xususan, moliyaviy menejment qarorlarini uchun subyektning faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini baholash va uni boshqa turdosh subyektlar bilan solishtirish imkoniyatini tuligicha ta’minlamaydi. Shuning uchun ham solishtirma tahlil kursakichlaridan ham amaliyotda keng foydalaniladi. Gorizontal tahlil, hisobot ko‘rsatkichlarining oldingi yillarga nisbatan, turli moddalarini solishtirish natijasidagi absolyut va nisbiy tebranishlarini aniqlaydi.