REJA:
Kirish
Zamonaviy kompyuter tarmoqlar.
IoT texnologiyasi.
Bulutli texnologiya.
Tumanli texnologiya.
Kompyuterlar dastlab bitta amalni bajarish uchun ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik takomillashtirib ulardan bir nechta amallarni bajarish uchun foydalanildi. XXI asrga kelib kompyuterlar bir vaqtning o’zida bir nech milliart amalni parellel bajara olish imkonitiga ega bo’ldi. Hozirda zamonaviy kompyuterlar bajara oladigan imkoniyatlaridan kelib chiqib bir nechta turga bo’linadi:
Superkompyuterlar, meinfreym kompyuterlar,
server kompyuterlar, ishchi kompyuterlar,
shaxsiy kompyuterlar, mikrokontrollerga asoslangan va smartfon kompyuterlar.
Superkompyuterlar. Superkompyuter – har qanday juda kuchli kompyuterlar sinfiga ta’luqli bo’lib, bu atama odatda har qanday vaqtda mavjud bo'lgan eng tezkor yuqori samarali tizimlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday kompyuterlar asosan juda yuqori tezlikda hisoblashni talab qiladigan ilmiy va muhandislik ishlarida ishlatilib kelinmoqda. 2012 yilda Milliy Yadro Xavfsizligi Ma’muriyati va Purdue Universiteti yadro qurolining imkoniyatlarini tadqiq qilish uchun superkompyuterlar tarmog’idan foydalanishni boshladi. Sinov uchun taxminan 100 mingta hisoblash mashinasi ishlatiladi. 2020 yil iyun holatiga ko’ra, dunyodagi eng kuchli 500 ta superkompyuterning 226 tasi Xitoyda, bu eng yaqin raqobatchisi bo’lgan va 113 ta superkompyuteriga ega Qo’shma Shtatlardan ikki baravar ko’proq superkompyuterni tashkil etadi.