Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə2/6
tarix24.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133673
1   2   3   4   5   6
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.

Meinfreym kompyuterlar. “Katta apparat” ham deb nomlanuvchi meynfremlar –muhim bo’lgan dasturlar uchun asosan yirik tashkilotlar tomonidan ishlatiladigan kompyuterlar; aholini ro'yxatga olish, sanoat va iste'molchilar statistikasi va korxonalar resurslarini rejalashtirish kabi ommaviy ma'lumotlarni qayta ishlash va tranzaktsiyalarga ishlov berish.
1952 yildan boshlab IBM tomonidan meynfreymlar ishlab chiqarilib kelinmoqda. 1960-1970 yillarda IBM katta kompyuter o’zining ustunligini ko’rsatdi. Deyarli har bir kishi hozirgi kunda kundalik faoliyatida meynfreym kompyuterlar foydalanadi, masalan, bankomatlar bilan ishlaganda aksariyat yirik
korporatsiyalarning asosiy tarmoqlari kundalik faoliyatida asosiy meynfreymlar rol o'ynaydi.





Server kompyuterlar. Serverlar – “mijozlar” deb nomlanuvchi boshqa dasturlar yoki qurilmalarning ishlashini ta’minlaydigan kompyuter uskunasi yoki dasturiy ta'minotining bir qismi (kompyuter dasturi). Ushbu arxitektura mijoz-server modeli deb nomlanadi. Server turli ko’rinishli resurslar yoki xizmatlarga ega bo’lganligi uchun bittadan ko’p bo’lgan kompyuterlar o’rtasida ma'lumotlarni almashish yoki xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi kompyuter. U ma'lumotlarni mahalliy tarmoq (LAN) yoki global tarmoq (WAN) texnologiyalaridan foydalanib ma’lumot almashishni ta’minlaydi. Hozirda serverlarning ko’plab turlari mavjud: veb-serverlar, email serverlar, fayl serverlari va boshqalari. Har bir turda serverda maqsadiga mos dasturiy ta’minot ishlatiladi.




Ishchi kompyuterlar. Ish kompyuterlar – kundalik ishxona faoliyatimizda texnik ishlar yoki ilmiy dasturlardan foydalanish uchun mo'ljallangan maxsus kompyuter. Asosan bir kishilik foydalanish uchun mo'ljallangan bo’lib, ular odatda mahalliy tarmoqqa ulanadi va ko'p foydalanuvchiga tegishli operatsion tizimlarni boshqaradi.






Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin