Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə4/6
tarix24.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133673
1   2   3   4   5   6
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.

IoT xavfsizlik. Xavfsizlik texnologiyalari IoT qurilmalari va platformalarini axborot hujumlaridan va buzilishlardan himoya qilish, ularning aloqalarini shifrlash kabi yangi muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan. Ko’plab IoT texnologiyalarida odatda xavfsizlik masalalari ko’rib chiqilmaganligi sababi, xozirda IoT xavfsizlik dasturlariga bo’lgan talab ortib bormoqda. IoT xavfsizligi ko’plab “buyumlar” oddiy protsessorlar va operatsion tizimlardan foydalangan holda murakkab xavfsizlik yondashuvlarini qo’llab-quvvatlamaydi.



8-rasm. IoT arxitekturasi





  1. IoT tahlil (analitika). IoT biznes modellari “buyumlar” tomonidan to’plangan ma’lumotlardan turli xil usullarda foydalanadilar, bu esa yangi tahliliy vositalar va algoritmlarni talab qiladi. Keyingi besh yil ichida ma’lumotlar hajmi oshgani sayin, IoT ehtiyojlarini an’anaviy tahlillardan foydalangan xolda ta’minlab bo’lmaydi, bu esa yangi avlod IoT talil dasturlarni talab etadi.

9-rasm. Tahlilga asoslangan IoT biznes modeli



  1. IoT qurilmalarini (buyumlarini) boshqarish. Uzoq vaqt davominda IoT qurilmalaridan foydalanib bo’lmasligi sababli (yashash davri, quvvat ta’minoti, xavfsizlik darajasi va boshqa imkoniyatlari smartfon, kompyuterlar bilan taqqoslaganga cheklangan) ularni boshqarish va monitoringni, nazorat qilish, dasturiy ta’minoti va uni yangilash, diagnostika qilish, xatoliklarni tahlil qilish va hisobot berish, boshruv jarayoni va xavfsizligini ta’minlash murakkab hisoblanadi va buni echimlarini ishlab chiqish dolzarb masalalardandir.

10-rasm. IoT qurilmalarini (buyumlarini) boshqarish





  1. Kam quvvatli va qisqa masofali IoT tarmoqlari. 2025 yilgacha kam quvvatli va qisqa masofali IoT tarmoqlarini qurish uchun ishlatiladigan simsiz texnologiyalardan foydalanish davom etadi. Biroq, tijorat va texnik savdolarda IoT qurilmalaridagi bunday imkoniyatlarni cheklanganligi deyarli har bir ishlab chiqaruvchida kuzatilmoqda. Shu sababli ham kam quvvatli va qisqa masofali IoT tarmoqlari uchun mos tarmoq texnologiyalarini ishlab chiqish va hayotga joriy etish muhim hisoblanadi.




11-rasm. Kam quvvatli va qisqa masofali IoT tarmog’i




  1. Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin