Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə5/6
tarix24.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133673
1   2   3   4   5   6
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.

Kam quvvatli katta (global) tarmoqlar. An’anaviy uyali aloqa tarmoqlari nisbatan past o’tkazish qobiliyatli, batareya quvvati cheklangan, qurilma va dasturiy xarajatlar kam bo’lgan IoT dasturlarini qo’llab quvvatlamaydi, ya’ni uyali aloqa tarmoqlari IoT qurilmalari uchun emas balki aynan smartfonlarning parametrlariga moslab ishlab chiqilgan. Ushbu Internet buyumlari tor polosali Internet xizmatlari kabi yangi standartlarni ishlab chiqish talabini qo’ymoqda.




12-rasm. Kam quvvatli va global IoT tarmog’i





  1. IoT protsessorlari. IoT qurilmalarida ishlatiladigan protsessorlar va arxitekturalar ularning ko’pgina imkoniyatlarini ko’rsatadi, masalan, xavfsizlik darajasini va shifrlashga moyilligini, quvvat sarfini, operatsion tizimni qo’llab- quvvatlash uchun etarlicha takomillashtirilganini, yangilanadigan dasturiy ta’minot va o’rnatilgan qurilmani boshqarishni. Kelajakda IoT qurilmalari uchun arzon va yuqori samaradorlikka ega bo’lgan prosessorlarni ishlab chiqish zarurligini ko’rsatmoqda.



13-rasm. IoT protsessoriga asoslanga qurilma



  1. IoT operatsion tizimlari. Yuqorida ta’kidlanganidek, Windows va iOS kabi an’anaviy operatsion tizimlar (OT) IoT qurilmalari uchun ishlab chiqilmagan. An’anaviy OT juda ko’p quvvat sarfini talab qiladi, tezkor protsessorlarni talab etadi va ba’zi hollarda real vaqtda ishlash imkoniyatiga ega emas, ya’ni ular IoT qurilamarlari uchun real vaqtda ishlash rejimini deyarli qo’llab quvvatlamaydi. Shuningdek, ular kichik qurilmalar uchun juda ko’p xotiraga ega va IoT ishlab chiquvchilari foydalanadigan chiplarni qo’llab-quvvatlamasligi mumkin. Shunday qilib, ko’plab turli xil apparat va funktsiyalar uchun mos bo’lgan juda ko’p turli xil IoT operatsion tizimlari ishlab chiqilmoq va bu yo’nalish ham dolzarb hisoblanadi.



14-rasm. IoT operatsion tizimlari






  1. Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin