Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə1/6
tarix24.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133673
  1   2   3   4   5   6
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.



Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies (HiEdTec)






REJA:

  • Kirish

  • Zamonaviy kompyuter tarmoqlar.

  • IoT texnologiyasi.

  • Bulutli texnologiya.

  • Tumanli texnologiya.




    1. Kirish

Kompyuterlar dastlab bitta amalni bajarish uchun ishlab chiqilgan bo’lsa, keyinchalik takomillashtirib ulardan bir nechta amallarni bajarish uchun foydalanildi. XXI asrga kelib kompyuterlar bir vaqtning o’zida bir nech milliart amalni parellel bajara olish imkonitiga ega bo’ldi. Hozirda zamonaviy kompyuterlar bajara oladigan imkoniyatlaridan kelib chiqib bir nechta turga bo’linadi: Superkompyuterlar, meinfreym kompyuterlar, server kompyuterlar, ishchi kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar, mikrokontrollerga asoslangan va smartfon kompyuterlar.



    1. Zamonaviy kompyuterlar

Superkompyuterlar. Superkompyuter – har qanday juda kuchli kompyuterlar sinfiga ta’luqli bo’lib, bu atama odatda har qanday vaqtda mavjud bo'lgan eng tezkor yuqori samarali tizimlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday kompyuterlar asosan juda yuqori tezlikda hisoblashni talab qiladigan ilmiy va muhandislik ishlarida ishlatilib kelinmoqda. 2012 yilda Milliy Yadro Xavfsizligi Ma’muriyati va Purdue Universiteti yadro qurolining imkoniyatlarini tadqiq qilish uchun superkompyuterlar tarmog’idan foydalanishni boshladi. Sinov uchun taxminan 100 mingta hisoblash mashinasi ishlatiladi. 2020 yil iyun holatiga ko’ra, dunyodagi eng kuchli 500 ta superkompyuterning 226 tasi Xitoyda, bu eng yaqin raqobatchisi bo’lgan va 113 ta superkompyuteriga ega Qo’shma Shtatlardan ikki baravar ko’proq superkompyuterni tashkil etadi.




      1. rasm. Superkompyuter

Hozirgi kunda Apple kompaniyasining eng qimmat, eng kuchli kompyuteri hisoblangan Mac Pro sotuvda mavjud bo’lib, narxi 50 ming dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, superkompyuterlar hisoblash fanlarida muhim rol o’ynaydi, masalan, kvant mexanikasi, ob-havo prognozi, iqlimni tadqiq qilish, neft va gazni qidirish, molekulyar modellashtirish (kimyoviy birikmalarning tuzilishi va xususiyatlarini, biologik makromolekulalar, polimerlar va boshqalarni o'z ichiga olgan) turli sohalarda keng qamrovli hisoblash ishlarida, fizik modellashtirish, koinot rivojlanishining dastlabki lahzalarini modellashtirish, samolyotlar va kosmik kemalarning aerodinamikasi, yadroviy qurollar va yadroviy sintez hamda kriptoanaliz sohasida muhim rol o'ynadi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin