Modernization of Higher Education in



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə3/6
tarix24.11.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#133673
1   2   3   4   5   6
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.

Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuter (ShK) – ko'p maqsadli kompyuterlar bo'lib, bu faqat shaxs tomonidan foydalanishga mo'ljallangan kichik protsessorli kompyuterlardir. Ular oxirgi foydalanuvchiga foydalanish uchun mo'ljallangan, arzon narxlardagi umumiy maqsadli kompyuter hisoblanadi yoki ular kompyuter mutaxassisi yoki texnik tomonidan emas, balki bevosita foydalanuvchi

tomonidan boshqarilarida. Shaxsiy kompyuterlarning namunasi uylarda, maktablarda va kichik korxonalarda ishlatiladigan ish stoli kompyuterlaridir. Bugungi kunda shaxsiy kompyuter, ish stoli kompyuter, noutbuk va "kompyuter" atamalari shaxsiy kompyuterlarning sinonimlari sifatida ishlatiladi. Hozirgi kunda kompaniyalar buxgalteriya hisobi, nashr etish va so'zlarni qayta ishlash kabi vazifalar uchun, shuningdek ma'lumotlar bazalari va jadvallar bilan ishlash uchun shaxsiy kompyuterlardan keng foydalaniladi.







      1. rasm. Shaxsiy kompyuterlar



Mikrokontrollerga asoslangan kompyuterlar. Mikrokontrollerlar bitta plataga jo’tlashtirilgan kompyuterlar sifatida ma’lum bo’lib, o'rnatilgan integral mikrosxemalarga ega, shuning uchun ular ko'plab turli xil jarayonlarni o'zlari bajarishlari mumkin. Shuningdek, mikrokontroller - bu ish mashinalari, robotlar, maishiy texnika, avtomobillar va boshqa qator jihozlarga o'rnatilgan tizimlarning funktsiyalarini boshqarish uchun mo'ljallangan siqilgan mikrokompyuter. Mikrokontroller xotira, tashqi qurilmalar va eng muhimi protsessor kabi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi, 6-rasm.



      1. rasm. Mikrokontrollerga asoslangan kompyuterlar



Smartfonlar. Albatta, smartfonlar va planshetlar haqiqatan ham kompyuter deb hisoblanadi. Kompyuter aslida foydalanuvchi tomonidan qandaydir amalni kiritishni qabul qiladi va hisob-kitoblarni amalga oshiradi hamda foydalanuvchiga qandaydir chiqishni ekranga tasvirlaydigan qurilma, ayna smartfon ham shunday vazifalarni bajaradi.



      1. rasm. Smartfonga asoslangan kompyuterlar




    1. IoT texnologiyasi.

So’nggi yillarda ko’plab ilmiy texnik adabiyotlar buyumlar Interneti (IoT) deb nomlanuvchi terminni ko’p uchratish mumkin. Aslida “I” – Internet, “o” – of va “T” – things (narsalar, buyumlar, ashyolar) so’zlarining qisqartmasi bo’lib, internetga ulanadigan barcha narsa-buyumlarni tavsiflab keladi. IoT so’zini texnik jihatdan izohlamoqchi bo’lsak, o’zaro bog’langan tizimlar va o’zaro internet orqali bog’langan ob’ektlar tushuniladi va ularning o’zaro bog’lanishi natjasida hosil bo’lgan ekotizimda insonlarning aralashuvisiz simsiz tarmoq bo’ylab ma’lumotlar yig’iladi, monitoring qilinadi va uzatiladi.


IoT ko’plab iqsodiy soxalarda joriy etib borilmoqda, masalan, tibbiyotda (aqll tibbiyot yoki teletibbiyot), qishloq xo’jaligida (aqlli qishloq xo’jalik), transport tizimida (aqlli transport tizimi), uyda (aqlli uy), shaharsozlikda (aqlli shahar), ta’limda (aqllli ta’lim) va ko’plab boshaqa sohalarda. Faraz qilaylik, tibbiyot sohasida IoT texnologiyasini joriy etish bilan qanday natijalarga erishildi. Inson yoki bemorning tanasiga joylashtirilgan sensor (harakat, istma, kislorod, yurak urishi tezligi, nafas olish yoki boshqalari)lar insondagi o’zgarishlarni masofadan turib kuzatish va zarurat bo’lganida masofadan turib davolash imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda.
Yuqorida inson aralashuvisiz ma’lumotlar olish degan so’zning asl mohiyati shuku, inson dam olayotgan vaqtda ham yurak urishi yoki tana harorati yoki kislorod miqdorini sensorlar orqali internetga ulangan mikrokontroller yordami raqamli ko’rinishda olish mumkin, bunda insonda etalon parametrlarni o’zgarishi natijasida ular sensorlar tomonidan qayt etiladi va markaziy tugun orqali qabul qiluvchi nuqataga uzatiladi. Yoki, qishloq xo’jaligini oladigan bo’lsa, suv etib bormagan hududlar yoki suvga yo’yinmagan maydonlar sensorlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi, dastur yordamida tahlil qilinadi va avtomatik rejimda o’sha maydonlarga suv etkaziladi. Misollardan ma’lum bo’ldiki, IoT deganda internetga ulangan har qanday narsa-buyumlarni, tarmoq qurilmalarini, dasturlar, sensorlar, kompyuterlar va boshqa narsalarni tushunish mumkin. Internetga ulangan va o’zaro ma’lumot almashuvchi buyumlar yagona identifikatorlar (ID) bilan ta’minlangan bo’ladi.
IoT qurilmalari turli platformalarda ishlovchi texnologiyalar, real vaqtda tahlil qilish, monitoring qilish, mashinali o’qitish, intellektual tizimlar, sensorlar qaror
qabul qilishga ko’maklashuvchi tizimlar va o’rnatilgan tizimlarning konvergensiyasi natijasida rivojlanmoqda. O’rnatilgan tizimlarning an’anaviy sohalari, simsiz sensor tarmoqlari, boshqaruv tizimlari, avtomatlashtirish (shu jumladan uy va ob’ektlarni avtomatizatsiyasi) va boshqalar Internetga ulanish imkoniyati taqdim etadi. Iste’mol bozorida IoT texnologiyasi sifatida “aqlli uy” tushunchasiga tegishli mahsulotlar, shu jumladan qurilmalarni va asboblarni (masalan, yoritish moslamalari, termostatlar, uy xavfsizlik tizimlari va kameralar va boshqa maishiy texnika) rivojlanmoqda. Keng tarqalgan ekotizimlar smartfonlar, kompyuterlar va boshqa aqlli qurilmalar orqali boshqarish mumkin.
IoT turli ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning operatsion tizim, dasturiy ta’minot, ilovalar, sensorlar, ulovchi interfeyslar (API), sizmsiz muhitlarini o’z ichiga olishi mumkin. Bunday muhitlar bitta muhit hisoblansada bir nechta tarmoqlardan tarkib topishi mumkin, masalan, Bluetooth tarmog’i, Wi-Fi tarmog’i, Ethernet tarmog’i, sensor tarmog’i, internet tarmog’i, elektr tarmog’i. Bu esa o’z navbatida turli protokollarda ishlashni taqozo etadi. Protokollarning ba’zilarda axborot xavfsizligi masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa, ba’zilarida ko’rib chiqilmagan. Ba’zi standartlar yangi avlod standartlari bilan ishlash imkoniyati cheklangan yoki ikki turli operatsion tizim bir biri bilan o’zaro ma’lumot almashishda tez uzulishlar sodir etadi. Shu tariqa IoT turli tarmoq texnologiyalari, protokollari, operatsion tizimlari, ilovalari va standartlaridan tashkil topgan tarmoq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu esa IoT texnologiyalarini birga ishlash, xavfsiz muhit hosil qilish, ishonchli bo’lishi, uzilishlar darajasini kamayish va boshqa talablarni qo’yadi.


  1. Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin