Modul / fan sillabusi


Ilmiy rahbar majburiyatlari



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə6/13
tarix18.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#132805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
узб силлабус 3 курс РАСМЛИсиртки Фалсафа 2023

5. Ilmiy rahbar majburiyatlari

  • mustaqil ish bajarish uchun talabalarga topshiriq ishlab chiqish;

  • ish rejasini tuzishda hamda adabiyotlar tanlashda kerakli yordam ko‘rsatish;

  • tasdiqlangan grafik asosida konsultatsiya uyushtirish, material yig‘ishda, uning tahlilida, umumlashtirishda va qo‘llashda maslahatlar berish;

  • tasdiqlangan grafik asosida mustaqil ish tayyorlash jarayonida talabalar bilan muntazam uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;

  • mustaqil ish tayyorlash grafigni bajarilishi hamda sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;

  • Mustaqil ish tayyorlash jarayonida tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

6. Talabalar majburiyatlari

  • mustaqil ishning o‘z mavzusini kelishib olish;

  • mustaqil ish bajarish grafigini kelishish va unda ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilish.

Belgilangan muddatlarda mustaqil ishni taqdim etish.
Mustaqil ishni bajarish tartibi va vazifalari
Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasidagi «Falsafa» fanini o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va ahborot resurslari jihatdan taminlanadi hamda bajarilishi baholash tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
O‘quv semestri yakunida talabaning mustaqil ishi bo‘yicha to‘plagan baho bilan fan bo‘yicha auditoriyadagi o‘quv ishlariga berilgan baho bilan birgalikda guruhning baho qaydnomasida, talabaning reyting daftarchasida va o‘qish yakunida bitiruvchiga taqdim etiladigan diplom ilovasida qayd etiladi.
Talabaning mustaqil ishini asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabada muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

  • kerakli ma’lumotlarni izlab topish qulay usullari va vositalarini aniqlash;

  • axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;

  • an’anaviy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar bilan ishlash;

  • elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;

  • internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;

  • berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash;

  • ma’lumotlar bazasini tahlil etish;

  • ish natijalarini ekspertizaga tayyorlash va ekspert xulosasi asosida qayta ishlash;

  • topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;

Talaba mustaqil ishini tashkil etishda «Falsafa» fanining akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda kuyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv va ilmiy adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;

  • hisob-grafik ishlarini bajarish;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash va amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish (keys-stadi);

  • maket, model, va namunalar yaratish;

  • ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.

«Falsafa» fanining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanilishi mumkin.
«Falsafa» fani bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra professori (yoki etakchi dotsenti) tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilgan hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar qayd etilgan.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga ahborot manbaasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Mustaqil ish fan uchun ishchi dasturida ajratilgan soatlarga mos reyting ballari bilan bohalanadi va natijasi fan bo‘yicha talabaning umumiy reytingiga kiritiladi. Talabaning reyting ko‘rsatkichlari, shu jumladan mustaqil ishi bo‘yicha, ana’naviy gurux reyting oynasida va fakultetning maxsus elektron tarmog‘ida yoritib boriladi. Mustaqil ishni nazorat qilish turlari va uni baholash me’zonlari tegishli kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Mustaqil ishlarni baholash me’zonlari talabalarga o‘quv yili boshlanishi oldidan metodik materiallar bilan birgalikda tarqatiladi. Mustaqil ish buyicha belgilangan maksimal baho balining 3 dan kam baho to‘plagan talaba fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Falsafa fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruxlarida, kafedra yig‘ilishlari muhokama etib boriladi. Talabaning mustaqil ishi kafedra o‘quv yili mobaynida saqlanadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin