Modulining



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/26
tarix10.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#113755
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
3.1. Tarix fanini о‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar” 

 

  MODULINING 

 

NAZARIY VA AMALIY MAShG’ULOT  

MATERIALLARI 

  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


1-mavzu. Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar 

Reja: 

1. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim tizimi.  

2. Jahonning rivojlangan maktablarida tarix fanining o‘qitilishi.  

3.  O‘quv  jarayonini  tashkil  etish  va  uning  sifatini  ta’minlash  borasidagi 

ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar.  

Tayanch  so’zlar:  ta’lim  tizimi,  dunyo  maktablari,  reyting,  metodika,  ilg‘or 

xorijiy  tajribalar,  zamonaviy  yondashuvlar,  innovatsion  texnologiyalar,  modulli-

kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), PISA 

 

1.  Dunyoning  rivojlangan  mamlakatlarida  har  jihatdan  rivojlangan  kishini 



tarbiyalash  muammosi  hozirgi  kunning  asosiy  talabi  bo‘lib  turibdi.  Chunki, 

jamiyatda 

yuz 

berayotgan 



inqilobiy 

o‘zgarishlarni  insonning  o‘zini 

o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo,  yangi kishini tarbiyalash o‘z-

o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. 

Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Axborot  texnologiyalari  yetakchi  o’ringa  chiqib  olgan  hozirgi  kunda 

rivojlangan  mamlakatlarda  maktablar  tizimini,  ta’lim  mazmunini  yangilash 

zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning 

ilg‘or  pedagogik  texnologiyalarga  asoslangan  metodlari  va  shakllariga  ehtiyoj 

kuchaydi. 

Ta`lim-  tarbiyada  samarali  islohotlarni  amalga  oshirish  talab  etilayotgan 

hozirgi  davrda  esa  ilmiy  texnika  taraqqiyoti,  yangi  texnologik  revolutsiya 

sharoitida  muvaffaqiyatli  faoliyat  ko‘rsata  oladigan  jamiyat  a`zolarini  yetishtirib 

berish,  ta`lim  mazmunini  yaxshilashda  pedagogik  vositalarni  qo‘llash,  ta`limda 

tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish 

kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. 

Rivojlangan  xorijiy  davlatlarda  ta`limning  mamlakat  ishki  siyosatiga  faol 

ta`sir  etadigan  ijtimoiy  jarayon  ekanligi,  e`tirof  qilingan  haqiqatdir.  Shu  tufayli 

ham  chet  mamlakatlarda  maktab  ehtiyojini  iqtisodiy  ta`minlashga  ajratilayotgan 

mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda. 

Yaponlarda  masalan,  «maktab  muvaffaqiyati  va  farovonlik  timsoli»  gina 

bo‘lib  qolmay,  «u  insonlarni  yaxshilaydi»,  degan  fikr  ishonch  va  e`tiqodga 

aylangan.  Ta`lim  to‘g‘risidagi  g‘amxo'rlik  taniqli  siyosatchilarning  ham  hamisha 

diqqat  –e’tiborida  bo‘lgan.  Shuning  uchun  ham  AQSH  ning  sobiq  Prezidenti 

R.Reyganni,  Buyuk  Britaniya  Bosh  vaziri  M.Techcherni,  Fransiya  Prezidenti 

F.Mettiranlarni  maktab  islohotining  tashabbuskorlari  deb  bejiz  aytishmaydi. 

F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. 



Rivojlangan  mamlakatlarda  pedagogik  tadqiqotlarni  amalga  oshiradigan 

ko‘p  sonli  ilmiy  muassalar  ishlab  turibdi.  Germaniyada  ularning  ikki  mingdan 

ortiq.  Fransiya,  AQSH,  Yaponiyada  ta`lim  tarbiya  nazariyasi  muammolari  bilan 

yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari 

shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH 

da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda.  

Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada 

ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. 

Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan 

nimasi bilan ajralib turadi? 

 

Finlandiyada  nufuzli  yoki  oddiy  maktab  tushunchasi  yo’q.  Hamma  maktab 



davlatga  tegishli  bo’lib,  ular  bir  xil  moliyalanadi  va  bir  xil  asbob-uskuna  va 

imkoniyatlarga ega; 

 

Kichik  sinflarda  bolalarga  uy  vazifasi  berilmaydi,  imtihon  topshirmaydi  va 



ularga baho qo’yilmaydi;  

 

Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har 



bir  masala  haqida  o’z  fikriga  ega  bo’lishni  va  fikrini  badiiy  tilda  izohlashni 

o’rgatadi;    

 

Bir  fanni  boshqa  fanlar  o’rnida  chuqurroq  o’rganish  ma’qullanmaydi. 



Masalan  finlar  matematikani  san’atdan  ko’ra  chuqurroq  o’rganish  kerak  deb 

hisoblamaydi; 

 

Bir  o’quvchini  boshqa  o’quvchibilan  qiyoslash  ta’qiqlangan.  Nogiron  va 



qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi; 

 

Fin  maktablari  shiori  shunday:  Biz  bolani  yo  hayotga  tayyorlaymiz,  yo  – 



imtihonga.  Biz  birinchisini  tanladik”.  Shuning  uchun  ham  fin  maktablarida  faqat 

bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi; 

 

Fin  maktablarida  eng  asosiysi —  o’quvchini  mustaqil  hayotga  tayyorlashi, 



deb  hisoblanadi.   Shuning  uchun  ham  ularga  mustaqil  bilim  olishni  o’rgatishadi. 

Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan 

foydalanishni o’rganadi;   

 

O’qituvchilar  bir  kunda  sinf  xonasida  4  soat  dars  beradi  va  haftaga  2  soat 



o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi

 

Finlandiyada  "o’qituvchi”  kasbi  –  obro’li  kasb  hisoblanadi.  Oliy  ta’lim 



maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud

 

Finlandiyada  umumiy  o’rta  ta’lim  –  bepul.  Buning  ichiga  bepul  tushlik, 



ekskursiya,  maktab  avtobuslari  va  kitoblar  kiradi.  Ota-onalardan  pul  yig`ish 

ta’qiqlangan; 

Ma’lumki,  Finlandiya  Yevropa  shimolida  joylashgan  kichik  mamlakat.  Katta 

tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega 




emas.  20  asr  boshlarida  Finlandiya  Yevropaning  eng  qashshoq  mamlakatlaridan 

biri  bo’lgan.  O’sha  yillarda  minglab  finlar  AQSh,  Angliya,  Germaniya  va 

Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda 

amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan. 

Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga 

ko’ra,  "Dunyoning  eng  yaxshi  mamlakati”,  "Erkaklar  va  ayollar  huquqlari  teng 

mamlakat”,   "Dunyoning  eng  stabil  mamlakati”,  "Dunyoning  eng  xavfsiz 

mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati”  degan nomlariga sazovor bo’lgan 

Mamlakat  iqtisodiyotining  barqarorligi,  barcha  sohalarda  rivojlangan 

davlatlar  bilan  raqobatlasha  olishi  oʻz  navbatida  mehnat  bozoridagi  kadrlarga 

bogʻliq. 

Mamlakat 

iqtisodiyotini 

rivojlantiradigan 

kadrlar  esa  taʼlim 

muassasalarida oʻqib-ulgʻayadi. Demak, sifatli taʼlim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli 

kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi.  

Shu  nuqtayi  nazardan  mamlakatimiz  oʻz  taraqqiyotining  yangi  davriga 

qadam  qoʻygan  bugungi  kunda  inson  kapitaliga  sarmoya  kiritish,  taʼlimni  isloh 

qilish  ustuvor  vazifalardan  biriga  aylandi.  Jumladan,  soʻnggi  ikki  yil  ichida 

oʻqituvchilarning  oylik  maoshi  1,5  barobarga  oshirildi,  jamiyatda  oʻqituvchilar 

nufuzini  oshirishga  qaratilgan  qator  choralar  koʻrildi,  mamlakatimizning  barcha 

hududlarida  Prezident  maktablari,  ijod  maktablari,  ixtisoslashtirilgan  maktablar 

tashkil etilib, mazkur taʼlim muassasalariga eng malakali mutaxassislar jalb etildi. 

Shuningdek,  mavjud  maktablarning  moddiy-texnik  bazasi  mustahkamlanmoqda, 

barcha hududlarda zamonaviy maktablar barpo etilmoqda.  

Barcha  sohadagi  islohotlarni  amalga  oshirishdan  avval,  albatta,  xalqaro 

tajribalarni  oʻrganish,  tahlil  qilish  va  natijalarni  kuzatib  borish  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Mamlakatlarda  olib  borilayotgan  taʼlim  siyosatining  qay  darajada 

samara berayotganligi xalqaro reytinglarda oʻz aksini topadi.  

ICILS,  ICCS,  TEDS,  TIMSS,  PIRLS,  PISA,  TALIS  kabi  xalqaro  baholash 

dasturlari orqali turli yoʻnalishlar boʻyicha reytinglar aniqlanadi va eʼlon qilinadi. 

Bu  dasturlar  orasida  eng  nufuzlisi  PISA  baholash  dasturi  boʻlib,  undagi 

ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi.  

Davlatimiz  rahbarining  tashabbusi  bilan  2021-yilda  oʻtkaziladigan  PISA 

xalqaro  tadqiqotida  bizning  oʻquvchilar  ham  ishtirok  etishi,  xalqaro  arenalarda 

Oʻzbekiston ham oʻzini munosib tarzda namoyon etishi uchun qator ishlar amalga 

oshirilmoqda.  

Prezidentimizning  Farmoniga  muvofiq  mamlakatimizning  2030-yilga  kelib 

PISA  (The  Programme  for  International  Student  Assessment)  xalqaro  baholash 

dasturining  reytingi  boʻyicha  jahonning  30  ta  ilgʻor  mamlakati  qatoriga  kirishga 

erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli 




ishtirok 

etib 


borish 

masalasiga 

hukumat 

darajasida 

yuksak 

eʼtibor 


qaratilayotganligidan dalolatdir.  

Mazkur tadqiqotning jozibasi nimada? U dunyo taʼlim tizimiga qanday taʼsir 

etmoqda?  Mazkur  savollarga  javobni  PISA  tadqiqotining  koʻp  yillik  tahlillariga 

asosan  xalqaro  ekspertlar,  tadqiqotchilar  mulohazalariga  hamda  PISA  dasturining 

asoschisi  va  koordinatori, Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotining  Taʼlim 

departamenti  rahbari  janob  Andreas  Shlyayxerning  “Jahon  miqyosidagi  taʼlim. 

XXI  asr  maktab  tizimini  qanday  barpo  etmoq  kerak?”  (“Worldwide  Education. 

How  to  build  a  21st-century  school  system?”)  nomli  noyob  kitobidan  olish 

mumkin.  

PISAning boshlanishi. 1990-yillarning oxirida aynan taʼlim siyosatini ishlab 

chiqish  uchun  tadqiqotlarda  aniq  ilmiy  yondashuvni  qoʻllash  gʻoyasi  Iqtisodiy 

hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkiloti  tomonidan  oʻquvchilarning  taʼlimdagi 

yutuqlarini  baholash  boʻyicha  xalqaro  dastur  –  PISA  tadqiqotining  yaratilishiga 

olib keldi.  

PISAning  maqsadi  –  taʼlim  tashkilotlari  va  taʼlim  siyosatini  belgilaydigan 

shaxslarga sinf, maktab va butun mamlakat chegarasidan tashqariga nazar solishga 

yordam  berishdir.  U  ishonchli  maʼlumotlarni  toʻplaydi  va  ularni  oʻquvchilar 

haqidagi keng qamrovlimaʼlumotlar bilan birlashtiradi.  

Bugun PISA tadqiqotlari – bu nafaqat mamlakatlarni qiyoslash, balki PISA 

tadqiqotida  ixtiyoriy  qatnashayotgan  minglab  taʼlim  tashkilotlarini  ham 

taqqoslashdir.  Bu  ularga  oʻz  natijalarini  butun  dunyo  maktablari  bilan  qiyoslash 

imkonini beradi.  

PISA  tadqiqotlarida  yuqori  natijani  koʻrsatish  uchun  oʻquvchilar  fanlar 

chegarasidan chiqib fikrlashlari va yangi vaziyatlarda oʻz bilimlarini ijodiy qoʻllay 

olishlari lozim.  

PISA tadqiqoti taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻziga tortuvchi kuchi boʻla 

olishini  isbotladi.  Har  uch  yilda  oʻtkaziladigan  bu  baholash  taʼlim  siyosatini 

belgilovchi  shaxslarga  murakkab  islohotlarga  oid  qarorlarni  tahliliy  manba  bilan 

mustahkamlab,  qabul  qilishga  yordam  beradi.  Bugun  PISA  tadqiqoti  vositasida 

jahon  iqtisodiyotining  80  foizini  tashkil  etadigan  90  dan  ortiq  mamlakat  bahs-

munozara olib bormoqda.  


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin