Modulining


“PISA shok” – magʻrurlik chekindi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/26
tarix10.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#113755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
3.1. Tarix fanini о‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar

“PISA shok” – magʻrurlik chekindi  

PISA  dasturining  eng  muhim  kashfiyotlaridan  biri  shuki,  taʼlim  tizimlari 

oʻzgarishi  va  yaxshilanishi  mumkin.  PISA  maʼlumotlari  ijtimoiy  nochorlik  va 

maktab  bolalarining  yomon  natijalari  oʻrtasida  gʻayriixtiyoriy  aloqa  yoʻqligini 

isbotladi.  Madomiki  ayrim  mamlakatlar  oʻzlashtirishni  koʻtarishga  qaratilgan 

siyosatni  olib  borishi  mumkin  ekan,  nega  endi  boshqa  mamlakatlar  bunday 

qilolmaydi?  



Germaniyada  PISA  –  2000 tadqiqoti  natijalari  atrofida  boʻlgan  bahslar  oʻta 

shiddatli  kechdi.  Oʻquvchilarning  kutilgan  natijalarni  mutlaqo  aks  ettirmaydigan 

past natijalari  bilan  toʻqnash  kelgan  siyosatchilar  “PISA  -  shok” holatini  boshdan 

kechirishdi.  

PISA  –  2000  natijalari  mamlakatning  turli  ijtimoiy-iqtisodiy  statusga  ega 

boʻlgan  maktablarining  taʼlim  natijalarida  sezilarli  darajada  nomuvofiqliklar 

borligini  koʻrsatdi.  Ushbu  tadqiqotlar  Finlyandiyadagi  maktablarning  yuqori 

barqarorlikka  ega  ekanini  koʻrsatgani  Germaniyada  chuqur  taassurot  uygʻotdi. 

Nemis  maktablari  oʻrtasidagi  farq  50  foizga  yetgan  bir  paytda,  Finlyandiyadagi 

turli  maktablar  oʻquvchilarining  natijalaridagi  farq  5  foizdan  oshmas  edi. 

Boshqacha  aytganda,  Germaniyada  bolani  aynan  qaysi  maktabga  berish  juda 

muhim edi.  

Nemis  maktab  tizimi  anʼanaviy  tarzda  bolalarni  oʻn  yoshida  turli 

yoʻnalishlar  boʻyicha  ajratadi.  Bunda  ularning  baʼzi  birlari  akademik  taʼlim 

yoʻlidan  ketadi  va  intellektual  xodim  boʻlib  yetishadi,  boshqalari  esa  kasbiy 

yoʻldan ketadi va oqibatda intellektual xodimlarga ishlaydi. PISA tadqiqoti bunday 

saralash 

jarayoni 

koʻp 

narsada 


mavjud 

ijtimoiy-sinfiy 

tuzilmani 

mustahkamlaganini koʻrsatadi.  

2000-yillarning  boshida  Germaniya  taʼlim  sohasiga  moʻljallangan  federal 

xarajatlarni  amalda  ikki  barobar  oshirdi.  Ammo  bahs-munozaralar  keng  koʻlamli 

islohotlarga  hayot  bagʻishladi,  bu  islohotlarning  baʼzilari  butun  tizimni  sezilarli 

darajada  oʻzgartirib  yubordi.  Bolalarni  erta  yoshidan  tarbiyalash  keng  tus  oldi, 

maktablar  uchun  milliy  taʼlim  standarti  joriy  qilindi  va  kam  taʼminlangan 

oʻquvchilarga,  immigrantlarning  bolalariga  koʻproq  yordam  koʻrsatila  boshladi. 

Toʻqqiz yildan keyin PISA natijalari taʼlim sifatida ham, taʼlim imkoniyatlarining 

tengligida ham Germaniyada sezilarli yaxshilanish roʻy berganini namoyish etdi.  

Germaniya  nisbatan  qisqa  muddatda  oʻz  taʼlim  tizimini  yaxshilagan  yagona 

mamlakat emas. Janubiy Koreyaning oʻrtacha koʻrsatkichlari 2000-yildayoq yuqori 

edi, ammo koreyaliklarni elitaning tor doirasi vakillarigina PISA tadqiqotida oʻqish 

savodxonligi boʻyicha yuqori darajaga erishayotgani xavotirga solardi. Oʻn yildan 

kamroq  muddat  ichida  Janubiy  Koreya  yuqori  koʻrsatkichlarga  ega  oʻquvchilar 

sonini ikki barobarga oshira oldi.  

Polsha maktab tizimini tubdan qayta qurish har xil maktab oʻquvchilarining 

oʻzlashtirishidagi  tafovutlarni  qisqartirish,  kuchsiz  maktablar  koʻrsatkichlarini 

oshirish  va  ularning  umumiy  samaradorligini  ikki  barobarga  koʻtarish  imkonini 

berdi.  Portugaliya,  xuddi  Kolumbiya  va  Peru  singari  oʻzining  tarqoq  maktab 

tizimini mustahkamladi va umumiy oʻzlashtirishni yaxshilay oldi.  



Mamlakatlarning PISA reytingidagi nisbiy oʻrni asosan ijtimoiy va madaniy 

omillarni aks ettiradi, deb taʼkidlaydiganlar ham taʼlimni yaxshilash mumkinligini 

tan olishga majbur boʻldi.  

Estoniya  va  Finlyandiya  Yevropadagi  pedagoglar  va  siyosatchilar  uchun 

mashhur  sayohat  yoʻnalishiga  aylandi.  Bu  mamlakatlarda  oʻquvchilar  6  yoshga 

toʻlgandan keyin maktabga boradi va boshqa mamlakatlarga qaraganda bir oʻquv 

yilida mashgʻulotlarga kam vaqt sarflaydi. Ammo oʻn besh yoshida bu oʻquvchilar 

oʻzlarining  ijtimoiy-iqtisodiy  statuslariga  qaramay  dunyodagi  eng  yuqori 

koʻrsatkichlardan  biriga  erishadilar.  Va  amalda  bu  mamlakatlar  maktablar 

oʻrtasidagi oʻzlashtirishda hech qanday tafovutlarsiz aʼlo darajadagi taʼlim sifati va 

barcha maktablar taʼlim tizimidagi taʼlim imkoniyatlari tengligini rivojlantirishning 

uddasidan chiqmoqdalar.  

PISA  ilk  raundlari  davomida  yuqori  samaradorlikka  ega  va  tez 

takomillashayotgan taʼlim tizimlarining koʻpchiligi Sharqiy Osiyoda ekani maʼlum 

boʻldi.  Bu  natijalar  Gʻarbda  hammaga  rasm  boʻlib  qolgan,  koʻpincha  bu  Osiyo 

mamlakatlaridagi muvaffaqiyatni oʻquvchilarga yuqori bosim oʻtkazishga va oʻquv 

materialini  yuzaki,  tushunmasdan  yodlab  olishga  qaratilganiga  yoʻyadigan  fikrga 

qarshi chiqdi.  

PISA  reytingida  gʻalabaga  erishish  uchun  yod  olish  kamlik  qiladi.  2012-

yilda muammolarni hal qilish boʻyicha ijodiy koʻnikmalarni baholash uchun PISA 

oʻzining  dastlabki  testlarini  taqdim  etdi.  Koʻp  kuzatuvchilar,  ular  reyting 

jadvallarini  ostin-ustun  qilib  yuboradi  yoki,  hech  boʻlmasa,  Sharqiy  Osiyoning 

ancha-muncha  past  natijalarini  namoyish  etadi,  deb  bashorat  qilishdi.  Ammo 

birinchi  oʻringa  bir  avlod  yetishib  chiqqan  davrdayoq  rivojlanayotgan 

mamlakatdan  zamonaviy  industrial  davlatga  aylangan  Singapur  chiqdi.  Garchi 

bizning  tasavvurimizda  Singapurdagi  fuqarolik  jamiyati  hozirgacha  fuqarolarning 

siyosiy  jarayonlarga  aralashuvi  cheklanganligi  bilan  ajralib  tursada,  Singapurdagi 

taʼlim Gʻarbda deyarli sezilmagan tinch revolyutsiyani boshidan kechirdi. Hozirgi 

paytda  mamlakat  oʻz  taʼlim  muassasalarining  sifati  boʻyicha  ham,  innovatsion 

taʼlim strategiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etishda pedagoglarning ishtirok etish 

darajasi boʻyicha ham peshqadamlik qiladi.  

Yaponiya  PISA  boʻyicha  eng  yaxshi  natijalarni  koʻrsatgan  mamlakatlardan 

biri boʻldi, biroq tadqiqotda oʻquvchilar odatda oʻquv fanining mazmunini asliday 

aytib  berish  talab  qilinadigan  masalalarni  juda  yaxshi  uddalashlariga  qaramay, 

tadqiqot  oʻz  bilimini  yangi  sharoitlarda  qoʻllashni  talab  etadigan  ochiq  turdagi 

topshiriqlarni ancha yomon bajarishlarini koʻrsatdi.  

Yaponiya  taʼlim  sifatini  baholash  milliy  tizimiga  PISA  topshiriqlariga 

oʻxshash  ochiq  javobli  topshiriqlar  kiritildi.  Bu  kiritilgan  yangilik  oʻquv 

jarayonining  oʻzgarishida  ijobiy  aks  etdi.  2006-yildan  2009-yilgacha  Yaponiyada 



Iqtisodiy  hamkorlik  va  taraqqiyot  tashkilotiga  aʼzo  mamlakatlar  ichida  ochiq 

topshiriqlardan iborat boʻlim natijalarida eng tezkor yaxshilanish yuz berdi.  

Amerika  Qoʻshma  Shtatlarda,  aksincha,  PISAning  birinchi  tadqiqotlariga 

nisbatan  kam  eʼtibor  qaratildi.  Ammo  bu  vaziyat  2006-yilda  oʻtkazilgan  tadqiqot 

natijalari  eʼlon  qilinganidan  soʻng  oʻzgardi.  Amerikalik  taʼlim  rahnamolari  oʻz 

hamkasblari  –  eng  samarali  jahon  taʼlim  tizimi  vakillari  bilan  hamkorlik  qilish 

uchun sayohat qila boshladilar.  

Faqat  2009-yildagina  2009-yildan  2015-yilgacha  Taʼlim  vazirligini 

boshqargan  Arne  Dunkan  uning  natijalariga  astoydil  eʼtibor  qaratdi.  Vazirning 

Race  to  the  Top  (“Choʻqqi  tomon  poyga”)  deb  nomlangan  tashabbusi  Amerika 

shtatlari  oʻrtasidagi  raqobatni  kuchaytirishga  emas,  shtatlar  rahbarlarini  eng 

samarali jahon taʼlim tizimlarini oʻrganishga undashga qaratilgan edi.  

Germaniyada  hatto  PISA  dasturiga  bagʻishlangan  juda  mashhur 

telekoʻrsatuv  ham  paydo  boʻldi.  Bu  koʻrsatuv  professional  bahs-munozaraning 

taʼlim,  jamiyat  va  iqtisodiyot  muammolarining  ommaviy  muhokamasiga 

aylanishiga imkon yaratdi.  

2000-yildagi  tadqiqotlarning  birinchi  davrida  qatnashgandan  keyin  toʻqqiz 

yil oʻtib Braziliya oʻqish savodxonligi sohasida eng katta oʻsishni namoyish qildi. 

Meksikada ham xuddi shunday tajriba oʻtkazildi.  

1960-yillarda  AQSHda  maktabni  muvaffaqiyatli  tugatgan  yoshlar  soni  juda 

koʻp  boʻlib,  u  taʼlim  sohasida  yetakchi  mamlakat  edi.  Umumtaʼlim  maktablariga 

kiritilgan investitsiyalar mamlakat iqtisodiy rivojining garovi boʻldi. Ammo 1970-

1980-yillarda  boshqa  mamlakatlar  AQSH  dan  oʻzib  keta  boshladi.  1990-yillarga 

kelib  maktab  bitiruvchilarining  koʻrsatkichlari  boʻyicha  AQSH  birinchi  oʻrindan 

oʻn  uchinchi  oʻringa  tushib  qoldi.  Bunda  Amerika  Qoʻshma  Shtatlarning  taʼlim 

koʻrsatkichlari  shiddat  bilan  orqaga  qaytmadi,  biroq  rivojlanish  dinamikasini 

saqlab qololmadi.  

Aksincha,  1960-yillarda  Janubiy  Koreyadagi  turmush  darajasini  bugungi 

Afgʻonistonning  turmush  darajasi  bilan  qiyoslasa  boʻlar  edi,  mamlakat  juda  past 

taʼlim  darajasiga  ega  edi.  Hozir  Janubiy  Koreyada  maktabni  muvaffaqiyatli 

tugatgan  oʻsmirlarning  ulushi  eng  yuqori.  Janubiy  Koreya  oʻzini  yuqori 

texnologiyali  iqtisodiyotga  ega  mamlakatga  aylantirdi  va  bunga  taʼlim  tizimi 

mustahkam asos boʻldi.  


Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin