Modulining


Taʼlim vaqti qancha koʻp boʻlsa, natijalar ham shuncha yuqori boʻladi



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix10.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#113755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
3.1. Tarix fanini о‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar

Taʼlim vaqti qancha koʻp boʻlsa, natijalar ham shuncha yuqori boʻladi  

Maktab  tizimlari  oʻquvchilar  oʻqishga  sarflaydigan  vaqt  miqdori  boʻyicha  bir 

biridan  tubdan  farq  qiladi.  Har  bir  davlatda,  odatda,  fanni  oʻzlashtirishga 

sarflanadigan  aksariyat  vaqt  fanga  oid  eng  yaxshi  natijalarga  bogʻliq.  PISA 

tadqiqotida dars soatlari koʻp boʻlgan mamlakatlar oʻquvchilarining natijalari dars 

soatlari kam boʻlgan oʻquvchilarning natijalaridan yomonroq. Qanaqasiga bunday 

boʻlishi mumkin?  

Buning sababi oddiy. Taʼlim natijalari doim taʼlim imkoniyatlarining soni va 

sifatining oqibati boʻladi. Agar dars sifatining barqarorligi saqlansa, oʻquv soatini 

qoʻshish yaxshi natija beradi. Ammo mamlakatlar taʼlim sifatini oshirganida, ular, 

odatda, oʻqishga ajratilgan vaqtni koʻpaytirmasdan yaxshi natijalarga erishadilar.  



Masalan,  Yaponiya  va  Janubiy  Koreyada  tabiiy  fanlardan  oʻquvchilarning  ballar 

miqdori  bir  xil  boʻladi,  ammo  Yaponiyada  oʻquvchilar  hamma  fanlar  boʻyicha 

oʻqishga  haftasiga  41  soat  vaqt  sarflaydilar  (28  soat  maktabda  va  14  soat 

maktabdan tashqari), Janubiy Koreyada esa oʻquvchilar haftasiga 50 soat (30 soat 

maktabda  va  20  soat  maktabdan  tashqari)  sarflaydilar.  Tunis  va  Pekin,  Shanxay, 

Szyansu  va  Guandunda  –Xitoyning  2015-yildan  boshlab  PISA  tadqiqotida 

qatnashgan  toʻrt  munitsipalitetida  –  oʻquvchilar  haftada  30  soatni  maktabdagi  va 

27  soatni  maktabdan  keyingi  mashgʻulotlarga  sarflaydilar.  Ammo  oʻrta  hisobda 

Xitoy shaharlari va viloyatlarida tabiiy fanlar boʻyicha natijalar 531 ballni, Tunisda 

esa u 367 ballni tashkil etadi.  

Koʻp  ota-onalar  ularning  bolalari  mustahkam  akademik  bilim  va 

koʻnikmalarni  egallashi  mumkin  boʻlgan,  ularning  ijtimoiy  va  emotsional 

kompetensiyalarini  rivojlantiradigan  teatr  toʻgaragiga  qatnashish,  musiqa  yoki 

sport  bilan  shugʻullanish  kabi  sinfdan  tashqari  tadbirlarga  yetarlicha  vaqtlari 

boʻladigan  maktablarda  oʻqishini  xohlagan  boʻlardi.  Bu  har  doim  muvozanat 

masalasi  boʻlgan.  Germaniya,  Finlyandiya,  Shveysariya,  Yaponiya,  Estoniya, 

Shvetsiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Chexiya va Makao (Xitoy) 

– bu mamlakatlar oʻqish vaqtining davomiyligi va oʻzlashtirish oʻrtasidagi toʻgʻri 

muvozanatni topishning uddasidan chiqishdi.  

Maktab  taʼlimini keng  miqyosda oʻzgartirish uchun  bizga  mumkin  boʻlgan 

narsani  mutlaqo  boshqacha,  muqobil  tarzda  his  etishgina  emas,  balki  dono 

strategiyalar,  samarador  institutlar  zarur  boʻladi.  Chunki  jamiyatdagi  oʻzgarishlar 

tezligi  bizning  hozirgi  taʼlim  tizimimizga  xos  boʻlgan  oʻzgarishlarga  javob  bera 

olish xususiyatining strukturaviy imkoniyatlaridan sezilarli darajada oʻtib ketdi.  

PISA  dasturiga  oʻxshash  xalqaro  tadqiqotlar  mamlakatlarning  boshqa  maktab 

tizimlari bilan qiyoslagandagi natijalarini aks ettiradigan oʻziga xos oynadir. Ular 

yana  taʼlim  natijalarini  yaxshilashga  xalaqit  berishi  mumkin  boʻlgan  koʻplab 

omillarni  ilmiy  asosda  aniqlash  va  bartaraf  etishga  imkon  yaratib,  taʼlim  tizimini 

muvaffaqiyatli isloh qilishga xizmat qiladi. 

  O‘zbekiston  maktablari  milliy  reytingi.  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi 

ta'lim  sifatini  nazorat  qilish  davlat  inspeksiyasi  tomonidan  respublika  maktablar 

milliy reytingi ishlab chiqilgan. 2019 yilgi reytingning birinchi pog‘onasini Buxoro 

viloyati  G‘ijduvon  tumanidagi  27-maktab  band  etgan.  Xorazm  viloyati  Gurlan 

tumanidagi 1-maktab ikkinchi, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 30-maktab 

uchinchi  o‘rindan  joy  olgan.  Reyting  tuzishda  9-sinf  o‘quvchilarining  bilim 

darajasi,  oliy  va  birinchi  toifadagi  o‘qituvchilar  ko‘rsatkichi  va  so‘rovnomalar 

natijalari asosidagi to‘plangan ballar hisobga olingan.  

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentning  2018  yil  5  sentyabrdagi  «Xalq 

ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 



to‘g‘risida»ga farmoni  asosida  2019  yil  1  yanvardan  boshlab  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Ta'lim  sifatini  nazorat  qilish  davlat 

inspeksiyasi  tomonidan  tumanlar  va  shaharlar  kesimida  tanlash  asosida 

umumta'lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reytingini tuzish vazifasi 

yuklatilgan.  Ushbu  farmon  ijrosi  yuzasidan  umumta'lim  muassasalari  faoliyati 

samaradorligi  bo‘yicha  milliy  reyting  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Mazkur  reyting 

kelgusida  xalqaro  maydonda,  O‘zbekiston  Respublikasining  PISA-2021  xalqaro 

baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin