“Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar”
MODULINING
NAZARIY VA AMALIY MAShG’ULOT
MATERIALLARI
1-mavzu. Tarix fanini o‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar
Reja:
1. Dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim tizimi.
2. Jahonning rivojlangan maktablarida tarix fanining o‘qitilishi.
3. O‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi
ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar.
Tayanch so’zlar: ta’lim tizimi, dunyo maktablari, reyting, metodika, ilg‘or
xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar, modulli-
kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), PISA
1. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini
tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki,
jamiyatda
yuz
berayotgan
inqilobiy
o‘zgarishlarni insonning o‘zini
o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-
o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi.
Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda
rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash
zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning
ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj
kuchaydi.
Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan
hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya
sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib
berish, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta`limda
tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish
kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol
ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli
ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan
mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina
bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga
aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha
diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti
R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti
F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi.
F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan
ko‘p sonli ilmiy muassalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning ikki mingdan
ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta`lim tarbiya nazariyasi muammolari bilan
yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari
shug‘ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta`lim markazlari, masalan, AQSH
da xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada
ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan
nimasi bilan ajralib turadi?
Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab
davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va
imkoniyatlarga ega;
Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va
ularga baho qo’yilmaydi;
Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har
bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni
o’rgatadi;
Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi.
Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb
hisoblamaydi;
Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va
qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi;
Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo –
imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat
bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi;
Fin maktablarida eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi,
deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi.
Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan
foydalanishni o’rganadi;
O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat
o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi;
Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim
maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud;
Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik,
ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish
ta’qiqlangan;
Ma’lumki, Finlandiya Yevropa shimolida joylashgan kichik mamlakat. Katta
tabiiy boyliklar, savdo imtiyozlari yoki boshqa sezilarli daromad manbaalariga ega
emas. 20 asr boshlarida Finlandiya Yevropaning eng qashshoq mamlakatlaridan
biri bo’lgan. O’sha yillarda minglab finlar AQSh, Angliya, Germaniya va
Fransiyaga borib oddiy ishchi sifatida (mehnat migranti) ishlagan. O’sha vaqtlarda
amerikada uy xizmatchisini "finka” deb atashgan.
Bugungi kunda esa, Finlandiya dunyoning nufuzli tahliliy markazlar fikriga
ko’ra, "Dunyoning eng yaxshi mamlakati”, "Erkaklar va ayollar huquqlari teng
mamlakat”, "Dunyoning eng stabil mamlakati”, "Dunyoning eng xavfsiz
mamlakati”, "Dunyoning eng qulay mamlakati” degan nomlariga sazovor bo’lgan
Mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, barcha sohalarda rivojlangan
davlatlar bilan raqobatlasha olishi oʻz navbatida mehnat bozoridagi kadrlarga
bogʻliq.
Mamlakat
iqtisodiyotini
rivojlantiradigan
kadrlar esa taʼlim
muassasalarida oʻqib-ulgʻayadi. Demak, sifatli taʼlim tizimi sifatli kadrlarni, sifatli
kadrlar esa rivojlangan, boy jamiyatni quradi.
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz oʻz taraqqiyotining yangi davriga
qadam qoʻygan bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritish, taʼlimni isloh
qilish ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Jumladan, soʻnggi ikki yil ichida
oʻqituvchilarning oylik maoshi 1,5 barobarga oshirildi, jamiyatda oʻqituvchilar
nufuzini oshirishga qaratilgan qator choralar koʻrildi, mamlakatimizning barcha
hududlarida Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar
tashkil etilib, mazkur taʼlim muassasalariga eng malakali mutaxassislar jalb etildi.
Shuningdek, mavjud maktablarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda,
barcha hududlarda zamonaviy maktablar barpo etilmoqda.
Barcha sohadagi islohotlarni amalga oshirishdan avval, albatta, xalqaro
tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish va natijalarni kuzatib borish muhim ahamiyat
kasb etadi. Mamlakatlarda olib borilayotgan taʼlim siyosatining qay darajada
samara berayotganligi xalqaro reytinglarda oʻz aksini topadi.
ICILS, ICCS, TEDS, TIMSS, PIRLS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash
dasturlari orqali turli yoʻnalishlar boʻyicha reytinglar aniqlanadi va eʼlon qilinadi.
Bu dasturlar orasida eng nufuzlisi PISA baholash dasturi boʻlib, undagi
ishtirokchi-davlatlar soni 85 tani tashkil etadi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2021-yilda oʻtkaziladigan PISA
xalqaro tadqiqotida bizning oʻquvchilar ham ishtirok etishi, xalqaro arenalarda
Oʻzbekiston ham oʻzini munosib tarzda namoyon etishi uchun qator ishlar amalga
oshirilmoqda.
Prezidentimizning Farmoniga muvofiq mamlakatimizning 2030-yilga kelib
PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash
dasturining reytingi boʻyicha jahonning 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishga
erishishi ustuvor vazifa etib belgilanganligi ham mazkur tadqiqotda muvaffaqiyatli
ishtirok
etib
borish
masalasiga
hukumat
darajasida
yuksak
eʼtibor
qaratilayotganligidan dalolatdir.
Mazkur tadqiqotning jozibasi nimada? U dunyo taʼlim tizimiga qanday taʼsir
etmoqda? Mazkur savollarga javobni PISA tadqiqotining koʻp yillik tahlillariga
asosan xalqaro ekspertlar, tadqiqotchilar mulohazalariga hamda PISA dasturining
asoschisi va koordinatori, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Taʼlim
departamenti rahbari janob Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi taʼlim.
XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” (“Worldwide Education.
How to build a 21st-century school system?”) nomli noyob kitobidan olish
mumkin.
PISAning boshlanishi. 1990-yillarning oxirida aynan taʼlim siyosatini ishlab
chiqish uchun tadqiqotlarda aniq ilmiy yondashuvni qoʻllash gʻoyasi Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan oʻquvchilarning taʼlimdagi
yutuqlarini baholash boʻyicha xalqaro dastur – PISA tadqiqotining yaratilishiga
olib keldi.
PISAning maqsadi – taʼlim tashkilotlari va taʼlim siyosatini belgilaydigan
shaxslarga sinf, maktab va butun mamlakat chegarasidan tashqariga nazar solishga
yordam berishdir. U ishonchli maʼlumotlarni toʻplaydi va ularni oʻquvchilar
haqidagi keng qamrovlimaʼlumotlar bilan birlashtiradi.
Bugun PISA tadqiqotlari – bu nafaqat mamlakatlarni qiyoslash, balki PISA
tadqiqotida ixtiyoriy qatnashayotgan minglab taʼlim tashkilotlarini ham
taqqoslashdir. Bu ularga oʻz natijalarini butun dunyo maktablari bilan qiyoslash
imkonini beradi.
PISA tadqiqotlarida yuqori natijani koʻrsatish uchun oʻquvchilar fanlar
chegarasidan chiqib fikrlashlari va yangi vaziyatlarda oʻz bilimlarini ijodiy qoʻllay
olishlari lozim.
PISA tadqiqoti taʼlim sohasidagi islohotlarning oʻziga tortuvchi kuchi boʻla
olishini isbotladi. Har uch yilda oʻtkaziladigan bu baholash taʼlim siyosatini
belgilovchi shaxslarga murakkab islohotlarga oid qarorlarni tahliliy manba bilan
mustahkamlab, qabul qilishga yordam beradi. Bugun PISA tadqiqoti vositasida
jahon iqtisodiyotining 80 foizini tashkil etadigan 90 dan ortiq mamlakat bahs-
munozara olib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |