Modulining


«Sinkveyn»,  «BBB»,  «Beshinchisi  ortiqcha»,  «6x6x6»,  «Bahs-munozara»



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/26
tarix10.01.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#113755
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
3.1. Tarix fanini о‘qitishda ilg‘or horijiy tajribalar

«Sinkveyn»,  «BBB»,  «Beshinchisi  ortiqcha»,  «6x6x6»,  «Bahs-munozara», 

«Rolli  o‘yin»,  FSMU,  «Kichik  guruhlarda  ishlash», «Yumaloqlangan 

qor», «Zigzag», «Oxirgi  so‘zni  men  aytay» kabi  zamonaviy  texnologiyalar 

qo‘llanmoqda.  

Dars  mashg‘ulotlarida  o‘yin-topshiriqlarni  takrorlash  yoki  mustahkamlash 

darslarida  foydalanilsa  ijobiy  natija  beradi.  O‘yin-topshiriqning  qaysi  bir  turini 

tanlash  darsning  turiga,  sinf  o‘quvchilarining  o‘yin-topshiriqlarni  bajarishga 

o‘rgatilganlik  darajasi,  ularning  bilim  saviyasi,  mustaqil  ijodiy  ishlash 

imkoniyatlari,  o‘rganilganlarni  xotirada  tez  tiklay  olishi,  ijodkorlikning  qay 

darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak. 

Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni 

og‘zaki  hamda  yozma  shaklda  savodli  bayon  eta  olishga  o‘rgatish  masalasiga 




e'tibor  qaratilgan  bo‘lib,  mustaqil  fikrlaydigan,  nutq  madaniyati  rivojlangan 

savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, 

madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.  

Bilim  va  ilmning  shakllanishi  esa  bevosita  taʼlim  tizimiga  borib  taqaladi. 

Taʼlim  tizimi  samaradorligini  oʻqituvchi  saviyasi,  talaba  ehtiyoji,  oʻquv 

adabiyotlari  mazmuni  hamda  mustaqil  taʼlimni  shakllantirishga  qaratilgan 

infratuzilma  bevosita  taʼminlab  beradi.  Demak,  ilgʻor  kadrlarni  tayyorlash,  ularni 

mehnat  bozori  talablariga  muvofiq  raqobatdoshligini  oshirish,  ijodiy  fikrlaydigan 

mutaxassislarni  yetishtirish  oʻquv  dargohlarida  yoʻlga  qoʻyilgan  taʼlim  berish 

jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.  

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2019-yilning  8-oktyabrida  “Oʻzbekiston 

Respublikasi  oliy  taʼlim  tizimini  2030-yilgacha  rivojlantirish  konsepsiyasini 

tasdiqlash  toʻgʻrisida”gi  Farmoni  imzolandi.  Ushbu  muhim  dasturilamal  hujjatda 

“respublikadagi  kamida  10  ta  oliy  taʼlim  muassasasini  xalqaro  eʼtirof  etilgan 

tashkilotlar  (Quacquarelli  Symonds  World  University  Rankings,  Times  Nigher 

Education  yoki  Academic  Ranking of  World  Universities)  reytingining birinchi 1 

000  ta  oʻrindagi  oliy  taʼlim  muassasalari  roʻyxatiga  kiritish  va  oliy  taʼlim  -

muassasalarida  oʻquv  jarayonini  bosqichma-bosqich  kredit-modul  tizimiga 

oʻtkazish” belgilab berildi. 

Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim  muassasasi 

(OTM)ning  85  foizi,  jumladan, 2020/2021  oʻquv  yilining  oʻzida  33  ta oliy  taʼlim 

dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. 

Xoʻsh,  bundan  koʻzlangan  maqsad  nima?  Bugun  va  kelajak  uchun  mazkur 

mexanizm  qay  darajada  foyda  keltiradi?  U  yangi  Oʻzbekistonning  strategik 

maqsadlariga qanchalik mos? 

quyida ana shu savollarga batafsil javob izlashga harakat qilamiz. 




Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin