Investitsiyalarni oshirgandagina taʼlimda yutuqlarga erishish mumkin
Oʻz fuqarolarining samarali hayot faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun
mamlakatlar taʼlimga mablagʻ sarflashlari zarur. Ammo taʼlimga bevosita
investitsiya kiritishni oshirish taʼlimning avtomatik ravishda yaxshilanishiga olib
kelmaydi.
Bugungi kunda 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bitta oʻquvchiga 50 000
AQSH dollaridan kamroq pul sarflayotgan mamlakatlar uchun PISA bir
oʻquvchiga sarflangan xarajatlar va taʼlim natijalari darajasi oʻrtasidagi mustahkam
oʻzaro aloqani koʻrsatadi. Ammo ushbu xarajatlar darajasidan oshib oʻtgan
mamlakatlarda, shuningdek koʻpchilik Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotiga aʼzo mamlakatlarda, bir oʻquvchiga sarflangan xarajatlar bilan
oʻquvchilarning oʻrtacha oʻzlashtirishi oʻrtasida oʻzaro aloqa yoʻq.
6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bir oʻquvchiga 47 000 AQSH dollari
sarflayotgan Vengriyada 15 yoshli oʻquvchilarning natijalari bir nafar oʻquvchiga
187 000 AQSH dollaridan ortiq mablagʻ sarflayotgan Lyuksemburgda
oʻquvchilarning natijalari qanday boʻlsa, xuddi oʻshanday darajada turibdi.
Boshqacha aytganda, muvaffaqiyat sarflangan mablagʻ miqdori bilan emas, bu
mablagʻ qanday sarflangani bilan oʻlchanadi.
Dostları ilə paylaş: |