Molekulyar genetika, irsiy qonuniyatlar va ulardan foydalanish



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə2/4
tarix16.03.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#124148
1   2   3   4
Evalyutsiyaning genetik asoslari

Mendelning bu ta`limoti genetikaning kelgusi rivojlanishiga nazariy asos bo`ldi. Gugo de Frizning mutatsiya haqidagi ta`limoti ham genetikaning keyingi rivojiga yordam qildi. Iogannsan toza liniya va populyatsiyalarda belgilarning nasldan-naslga berilishiga doir tajribalar olib bordi. U bir oilaga oid va tashqi irsiy jihatdan bir xil bo`lib, populyatsiyalardan iborat ekanligini aniqladi.


Genetika

1930 yillarda Serebrovskiy va Dubininlar gen to`g`risidagi ta`limotni yanada rivojlantirdi. Dubinin molekulyar genetika asoschisi hisoblanadi. U gen ham bir qancha qismlardan iborat ekanligini isbotladi, ya`ni gen xromosomaning bir qismi N.K.Koltsov genlarning ximiyaviy tarkibini o`rganib molekulyar genetikani yanada rivojlantirdi.

O ‘zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishiga mashhur olimlar Yo.T.To‘raqulov, J.Q.Hamidov, J.A.Musayevlar katta hissa qo‘shdilar, jumladan Yo.X.To‘raqulov rahbarligida irsiy kasalliklar rivojlanishining biokimyoviy mexanizmlari o‘rganildi. Akademik J.H.Hamidov o‘z shogirdi A.A.Abdukarimov bilan tireoid gormonlar ta’sirining genetik mexanizmlari haqida muhim m a’lumotlar oldilar. Atoqli olimlarimiz N.M.Majidov, Sh.Sh.Shomansurovlar asab kasalliklari patogenezida irsiy omillar rolini o‘rgandilar. 1971-yilda Toshkent Tibbiyot institutida O‘rta Osiyo respublikalarida birinchi marta J.H.Hamidov va A.T.Oqilovlar rahbarligida tibbiyot genetikasi bo‘limi ochilib, irsiy kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan ishlar olib borildi.

Agar tajriba natijasida hosil bo‘lgan erkak digeterozigot pashsha (Bb Bb) ni resessiv digomozigot pashsha bilan chatishtirsak, belgilar faqat 1 : 1 nisbatda taqsimlanishini ko‘ramiz. Genlar birikkanligini ta’kidlash uchun bunday duragaylash natijalarini yozganda genlarni xromosomaga joylashtirish qabul qilingan: B — B — b b - b b - — b - b Bundan yuqoridagi digeterozigota pashshada faqat ikki xil gameta (BB va bb) hosil bo‘ladi deb xulosa chiqarish mumkin. Agar Mendel qonunlari amalga oshganda edi, 4 xil gameta (BB : Bb : bB : bb) hosil bo‘lishini kuzatgan bo‘lardik.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin