Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja


Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə14/112
tarix12.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130067
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org

2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish
Zamonaviy iqtisodiy dunyo - bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana Shu qoida о‘ziga xos aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham inkor etilmasligi kerak. Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning “absolYut monarxiya”si mavjud emas va Shubhasiz, hyech qachon bо‘lmaydi ham. Shunday bо‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’yektiv bо‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Xuddi Shuningdyek, bozor institutlari “nomyenklatura”sining kengayishi, ular о‘rtasidagi aloqalarning murakkablaShuvi, yangi tizimlarning (evolYusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bо‘lmaydi. Sosial-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:
  1. hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy ryejimni (tartibni) о‘rnatish va qо‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qо‘llab-quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak);


  2. barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) о‘zgarishlarni rag’batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valYutaning kursini qо‘llab-quvvatlashi lozim);


  3. resurslarning sosial yо‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bо‘ladigan, Lekin u bilan xususiy syektor Shug’ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pyensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksasiya qilingan) daromadlarning indyeksasiyasini amalga oshirishi zarur).


Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka – mamlakat milliy boyligining katta qismiga – ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buYumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalari, muzyeylar, qо‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va h.k.) mavjud bо‘lib, о‘zining mо‘ljallanganligiga kо‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “tо‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kyelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va aksincha, u kо‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar komplyeksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat Moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bо‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qо‘shilib kyetishi, о‘z о‘lchami bо‘yicha turlicha bо‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, ryezyerv, valYuta, sug’urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - mamlakat ichida va xorijda Shu yilning о‘zida yaratilgan qо‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha qismini о‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xо‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, sosial sohani ta’minlash, zaruriy ryezyervlarni yaratish, milliy xavsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi.


Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YAIMning о‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potyensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir kо‘rsatish zamonaviy davlat Moliyasi miqdoriy xarakteristikasining о‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, Shuningdyek о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar Moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tyegishli raqamlar YAIMga nisbatan 11-17% atrofida tyebranadi va aynan Shu raqamlarning о‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralaShuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tyendyensiyalari tо‘g’risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz Yuqoriga о‘sib boruvchi tо‘g’ri chiziq sifatida qaralmaydi. CHunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib о‘tishi”ning о‘ziga xos bо‘lgan iqtisodiy chyegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tyegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yо‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yо‘naltirmoqda.
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kyelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallyel ravishda davlatning Moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tyegishli iqtisodiy “chyegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli sosial-iqtisodiy jarayonlarda Moliyaning rolini (Moliyaviy tartibga solishning rolini) tо‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat xarajatlari davlat Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq kо‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi Moliya tizimi faoliyatining natijalarini о‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida о‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yо‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat Moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir nyecha belgilar bо‘yicha klassifikasiya qilish mumkin.
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bо‘lsa, u holda davlat pul mablag’lari oqimlarining boshqa nye’matlarga о‘ziga xos tarzda transformasiyalaShuvi sodir bо‘ladi va Shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformasion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin:
  1. davlat istye’moli (davlat syektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun tо‘lovlar, ishlab chiqarishni dotasiyalashtirish; davlat qarziga xizmat kо‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va Shu yerda kо‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);


  2. davlat investisiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining о‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralari va ryezyerlarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari).


Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformasion xarajatlar nodavlat syektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita о‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning о‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.


Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pyensiyalarni (yosh bо‘yicha, nogironlik, boquvchisini yо‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yо‘qotganda, ishsizlik bо‘yicha) tо‘lashga yо‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag’larni berishning о‘ziga xos - transfyert – tarzda berilishi sodir bо‘lib, bunda mablag’lar soliq tо‘lovchilardan Shu tо‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchraShuvchan xizmatlarning taqdim etilishi, bu yerda, sodir bо‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar istye’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfyert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari о‘rtasida taqsimlanishini о‘zgartiradi (korryektirovka qiladi).
Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat istye’moli va transfyertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investisiyalari) bо‘linadiki, bunday bо‘linish takror ishlab chiqarish paramyetrlari dinamikasiga Moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdyek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investisiyalar) xizmat qilishi mezoni bо‘yicha ham klassifikasiya qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni istye’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan о‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (sosial, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning о‘zi tizimlashtirilgan kо‘rinishda yо‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning sosial funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikasiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pyensiya va nafaqalar olishga tyegishli sharoitlarni yaratadi. Sosial munosabatlarning barqarorligini qо‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir kо‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
  1. sosial subsidiya oluvchilar aholining moddiy nye’matlar istye’moli qismiga nisbatan barqaror tо‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;


  2. sosial-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda kо‘p syegmyentlarida talab va taklif о‘rtasidagi muvozanatga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi;


  3. maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sosial ta’minot ob’yektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotasiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish matyeriallariga bо‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bо‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bо‘lgan pryedmyetlar uchun talabni oshiradi.


Bundan tashqari, davlatning sosial-madaniy tadbirlar xarajatlari bu о‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investisiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qо‘llab-quvvatlashning stratyegik chorasi ekanligi ham yaqqol kо‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bо‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’Yunkturasini keskin о‘zgaradi. YUqorida sanab о‘tilgan xarajatlar hajmining о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) investisiyalarning о‘lchamiga, jami talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.


Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yо‘naltirilishida ijobiy tarkibiy qism (element) bо‘lib hisoblanishi mumkin. Tyeskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining Yuqoriligida, Shuningdyek, davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning о‘sishiga olib kyeladiki, ular oxir oqibatda, qutilib bо‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) kuchlar(i)ni vujudga kyeltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda kо‘p, masalan, о‘tgan asrning 70-80-yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya, 1998 yilning avgustida Rossiyada sodir bо‘lgan Moliyaviy tanazzul va boshqalar).
Umumdavlat pul fondi mablag’larining sarf etilishi, Shubhasiz, davlatning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizasiya qilinishini (tо‘planishini) taqoza etadi. Qо‘shilgan qiymatni Moliyaviy qayta taqsimlashning dastlabki bosqichida davlat daromadlari – YAIM va MDning bir qismini qaytarilmaslik sharti bilan davlatning ixtiyoriga olish bо‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi.
Davlat daromadlarining hajmi va tarkibi bilan manipulyasiya qilish vositasida umumishlab chiqarish kо‘rsatkichlarining tartibga solish imkoniyati quyidagi ob’yektiv shart-sharoitlar bilan izohlanadi (tuShuntiriladi). Jismoniy va Yuridik shaxslar ega bо‘lgan va о‘zlarining joriy xarajatlari hamda investisiyalarini tо‘lash uchun foydalaniladigan resurslar bir qismining davlatlashtirilishi (davlat ixtiyoriga о‘tkazilishi) Yuqoridagi ijtimoiy tizim sub’yektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi (pasaytiradi) va jami istye’molning tarkibiy tuzilmasini о‘zgartiradi. YUqoridagi tartibda davlatlashtirish sosial tabaqalanishning darajasini о‘zgartirishga (korryektirovka qilishga) va ishlab chiqarish samaradorligining yetarli darajada asoslanmagan past yoki Yuqori chyegaralarini cheklab turishga imkon beradi. Bu narsaga, birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, Shuningdyek zararga ishlayotgan yoki past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi. Ikkinchidan, ustama daromadlarning bir qismini qarama-qarshi yо‘nalishda yо‘naltirish (byegonalashtirish) vositada (masalan, mehnatni rag’batlantirish yoki myeros sifatida о‘tadigan mol-mulk, yoki mahsulotlar bahosi sog’lom faoliyat uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlardan Yuqori bо‘lgan daromadlarning shakllanishiga olib kyelsa) qо‘lga kiritish mumkin.
Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini quyidagilarga ta’sir etishi mumkin dyeb, ajratib kо‘rsatsa bо‘ladi:
  1. baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar);


  2. ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan, istye’mol fondidan olinadigan soliqlar, sosial xarakterdagi nobyudjet fondlarga ajratmalar);


  3. jamg’armalar hajmiga (investision imtiyozlar);


  4. bandlilik va shaxsiy istye’molga (mehnat haqi fondidan olinadigan soliqlar, aholi bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar).


YUqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari kо‘rinishlari va ularni undirish mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir tovarlar va xizmatlarga bо‘lgan talabni maqsadli yо‘nalishda tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlarning kо‘pchiligida markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy darajasining global pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kyelsa, tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor kon’Yunkturasini “muzlatish”ning ishonchli vositasidir.


Soliqlarning har bir konkryet turi sosial-iqtisodiy jarayonlarni tartibga kyeltirishning tabaqalashtirilgan yо‘nalishiga ega. Masalan, sosial-madaniy soha xо‘jalik hisobidagi muassasalarining soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga kо‘pgina soliq imtiyozlarining taqdim etilishi jamiyatning madaniy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga, uning axloqiy sog’lig’ining mustahkamlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa tortishda sosial yо‘naltirilganlikning kuchaytirilishi ( soliq bazasi va soliq stavkalarining kо‘p bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun kamaytirilishi), о‘zining mohiyati jihatidan Shu maqsadlar uchun davlat xarajatlarining kо‘paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumining sosial barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Korporasiyalar taqsimlanmagan foydasi va aksiya egalariga tо‘lanadigan dividyentlarni soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda yondoshish, ularning foydasidagi nisbatni о‘zgatiradi. Ularning birinchi qismiga tyegishli bо‘lgan stavkalarning kamaytirilishi va bir vaqtning о‘zida ikkinchi qismining Yuqoriroq stakalarda soliqqa tortilishi о‘z-о‘zini Moliyalashtirishning imkoniyatlarini oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda esa hatto, kompaniya haqiqiy egalari tarkibining о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar korporasiya taqsimlanmagan foydasiga nisbatan soliqlar oshirilsa va dividyentlarga nisbatan ular kamaytirilsa, tyeskari vaziyatning vujudga kelishi kuzatiladi. Mehnatga mо‘ljallangan xarajatlarning Yuqori darajada soliqqa tortilishi ishlab chiqarish kapital sig’imining oshirilishini foydali qilib qо‘ysa, korxona mol-mulkiga nisbatan soliqlarning о‘sishi esa xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni kapital texnikaviy tuzilishining pasaytirilishi tomon yetaklaydi.
Davlat boji bitimlarning sodir bо‘lishidan manfaatdor bо‘lgan u yoki bu shaxslar uchun Yuridik xizmatlarning mumkinligini tartibga solishga imkon beradi. Bojxona bojlari esa milliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Ular oshgan paytda tovarlar qimmatlashadi va tashqi savdo aylanmasi qisqaradi. Va aksincha, ularning pasaytirilishi va bekor qilinishi tashqi savdoning kengayishiga, baholar о‘sishining syekinlaShuviga, ichki va dunyo bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib kyeladi.
Davlat foydasiga mablag’larni olish (undirish) va soliq tо‘lovchilar xulq-atvorining motivasiyasi о‘rtasidagi sababiy-oqibat aloqalarini (bog’liqlikni) tahlil qila turib, shartli- doimiy (qat’iylashtirilgan) va shartli-о‘zgaruvchan soliqlar tо‘g’risida tо‘xtalib о‘tmaslikning sira iloji yо‘q. Birinchi guruhga kiruvchi soliqlarning (korxonaning mol-mulkidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan Shug’ullanadigan shaxslardan olinadigan qat’iy soliq va boshqalar) iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy xarajatlari bilan bir xildir, ya’ni ularning miqdori ishlab chiqarish va sotuvning darajasiga bog’liq emas. YUridik shaxslar zimmasiga Yuklangan jami soliq Yukidagi ularning salmog’i faoliyat hajmining о‘sishiga proporsional ravishda pasayadi. Bu, bir tomondan, zararga ishlayotgan ishlab chiqarishlarning vayron bо‘lishini tyezlatsa, ikkinchi tomondan, hayotuvchan syektorga qо‘shimcha erkinlik va afzallik ato etadi, ishbilarmonlik faolligi va kapitallarning kam samarali qо‘llanilayotgan sohalardan Yuqori samarali qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan sohalarga oqib о‘tishini rag’batlantiruvchi omilga aylanadi. Bundan tashqari, qat’iy soliqlarning undirilishi konkryet ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy faoliyatining natijalariga bog’liq bо‘lmaganligi uchun Davlat byudjeti daromadlari ma’lum bir qismining tо‘ldirilishini kafolatlaydi.
SHakllangan kapital strukturasiga nisbatan pul mablag’larini shartli-о‘zgaruvchan tartibda umumdavlat fondiga olinishi konsyervativ bо‘lsa-da, biroq bu narsa soliq tо‘lovchilarning ish faolligi bilan tо‘g’ridan-tо‘g’ri bog’langandir. Takror ishlab chiqarish sub’yektlarining faoliyati qancha samarali bо‘lsa, ulardan olinishi (undirilishi) lozim bо‘lgan shartli-о‘zgaruvchan soliqlarning (masalan, foydadan olinadigan soliqning miqdori) о‘lchami Shuncha Yuqori bо‘ladi. Agar bu soliqlarni undirish mexanizmi tadbirkorlik tashabbusining dyeyarli bil xil yoki proporsional darajadagi Yuklamasini ta’minlashga imkon bersa (boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, davlat oldida soliq tо‘lovchilar majburiyatlarining nisbiy tyengligiga erishilsa), u holda bu narsa, shak-Shubhasiz, sosial qarama-qarshiliklarni va bosimni Yumshatadi. Shunday qilib, Yuqorida bayon qilinganlardan kо‘rinib turibdiki, davlat daromadlari va davlat xarajatlari Moliya mazmunini namoyon etuvchilar sifatida iqtisodiyotda va sosial sohada sodir bо‘layotgan jarayonlarga juda kuchli ta’sir о‘tkazib, ularning dinamikasi va yо‘nalishini keskin о‘zgartirib Yuborishi mumkin.
Shu yerning о‘zida byudjet yordamida tartibga solish (makro- va mikrokо‘rsatkichlarga faqat markaziy byudjet daromadlari va xarajatlarining komplyeks siyosatini о‘zgartirish orqali) Moliyaviy tartibga solishning barcha sohasini qamrab olaolmaydi. CHunki taqsimlash va qayta taqsimlashda Moliya tizimi har bir fondining ta’siri tartibga soluvchi bо‘lishi kerak. Xususan, hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda nobyudjet va maxsus fondlar birgalikda markaziy byudjetlar hajmining 1/3 qismidan ½ qismigachasini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, bu yerda yana ikkita muhim yо‘nalishlar ham mavjud. Bular byudjet defisitining tarkibiy tuzilmasini shakllantirish va byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishdir.
Dyemak, takror ishlab chiqarish paramyetrlarini о‘zgartirish (korryektirovka qilish) maqsadida Moliyaviy munosabatlarning barcha aspyektlaridan (yо‘nalishlaridan) foydalanish bо‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan faoliyatga sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kyelgan hamda iqtisodiyot va sosial soha sog’lom faoliyat kо‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) hisoblanadi. Moliyaviy tartibga solishning sub’yekti davlat tuzilmalari bо‘lsa, uning ob’yekti ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va xarajatlaridir.
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan jamg’armalarni taqsimlashning prorporsiyalarini о‘rnatish Moliyaviy tartibga solish jarayonida yechiladigan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini kо‘zda tutadi va samarali ishlayotgan bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qо‘shish muammolarining Moliyaviy aspyektini (yо‘nalishini) aks ettiradi.
Bozor hо‘jaligining Moliyaviy ryegulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) quyidagilar kiradi:
  1. byudjetga soliqli va nosoliqli tо‘lovlar;


  2. Moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar;


  3. byudjet tashkilotlarining ekspluatasion xarajatlari;


  4. umumiy va maqsadli subsidiyalar, Shu jumladan, davlat buYurtmalarini tо‘lashga mо‘ljallanganlari;


  5. nobyudjet fondlarning daromadlari va xarajatlari;


  6. davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari.


Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishga tartibga solishning quyidagi kо‘rinishlari (shakllari) xos:


  1. tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita);


  2. egri (bilvosita);


  3. aralash.


Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) tartibga solish shakli quyidagilar orqali namoyon bо‘ladi:


  1. tо‘g’ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida;


  2. taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni Moliyalashtirish jarayonida;


  3. byudjet va markazlashtirilgan nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar stavkalarini oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qо‘llash yо‘li bilan;


  4. davlat xarajatlarining normativlari о‘lchamini о‘zgartirish orqali;


  5. Moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, pyenyalarni undirish natijasida.


Bularning barchasi, о‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’yektlari daromadlarining darajasini va bozor kon’Yunkturasini tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) о‘zgartiradi.


Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
  1. davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish;


  2. davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish.


Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:


  1. mahalliy soliqlar;


  2. byudjetga nosoliqli tо‘lovlar tizimi;


  3. faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli Moliyalashtirish;


  4. davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan nobyudjet fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari.


Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining konkryet turlari, ularni jalb (mobilizasiya) qilish va taqdim etish myetodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda Moliyaviy tartibga solishning usullarini о‘zida mujassam etadi. Mablag’larni undirish (olish) va Moliyalashtirishni taqdim etishning konkryet prinsiplari bunday ta’sirning xarakterini aniqlab beradi. Va nihoyat, Moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari Moliyaviy tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat Moliyasi markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir kо‘rsatadi. Bu narsa, о‘z navbatida, mablag’larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi.


Oxir oqibatda Moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa shakllari (foizning darajasi, bojxona bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining bahosi, valYuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik faoliyati va boshqalarga ta’sir kо‘rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar dinamikasida ijobiy о‘zgarishlar bо‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda bu narsaning sodir bо‘lishi ancha murakkab bо‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va murakkab matyematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday komplyeks tadqitqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib kyeladi. Bu yerda “baxtli bilyet”ning tasodifan tanlanishi (topilishi) mutlaqo mumkin emas. Shuningdyek, “myetod” sifatida Moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chyetda qoldirmaslik kerak. YAIMning hajmi va о‘sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy jihatdan yо‘l quyilishi mumkin bо‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” ryegulyatorlarning ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta о‘ylangan umumiy iqtisodiy stratyegiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni,bu о‘rinda, ana Shunday ob’yektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin