Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə23/112
tarix12.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130067
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org

Kxf = T : A
bu yerda: Kxf – xо‘jalik faolligi koyeffitsiyenti;

T – tushum;

A – barcha aktivlarning о‘rtacha qiymati.
Bu kо‘rsatkich bir sо‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga tо‘g‘ri keluvchi tushumni xarakterlaydi. Uning о‘sishi XYUS boshqa barcha moliyaviy kо‘rsatkichlarining oshirishi (kо‘payishi)ga asos bо‘lib xizmat qiladi.

Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi ham muhim ahamiyatga yega. Uzluksiz ravishda doiraviy ayla-nadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYUS faoliyatida faol rol о‘ynaydi. Shuning uchun ham, aylanma aktivlarga joylashtirilgan tez aylanayotgan kapitalning barcha foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish qobiliyatining oshganligini aks yettiradi. Buni formula yordamida quyidagicha kо‘rsatish mumkin:



K = (A : K),
Bu yerda: K – kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi;

A – aylanma aktivlar;

K – barcha foydalanilayotgan kapitallar.
XYUSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida har bir tadbirdan ma’lum bir samaraning olinishi kо‘zda tutilmog‘i lozim. Quyida о‘tkazilishi lozim bо‘lgan yeng muhim tadbirlar va XYUS (XYUS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan olinadigan foy-dali jihatlar о‘z aksini topgan (navbatdagi betga qarang):


Tadbirlar


Foydali jihatlar

XYUSning bozordagi hola-tini, uning moliya-xо‘jalik faoliyatini va boshqaruv sa-maradorligini tahlil qi-lish


XYUS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi muammolari va ularni hal yetishning oqilona yо‘llarini qidirib topish, mo-liyaviy holatni mustahkamlash uchun rezerv-lardan foydalanish


XYUS taraqqiyotining mo-liyaviy strategiyasini ishlab chiqish


Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy fao-liyatning yeng yuqori samaradorligiga yeri-shish imkonini beradigan taraqqiyotning о‘rta va uzoq muddatli mо‘ljallarini asoslash


Kadrlarni tayyorlash va qay-ta tayyorlash


XYUS xodimlari malakasining hozirgi za-mon va istiqbol talablariga muvofiq ke-lishi. Bu narsa XYUS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti barqarorligi-ning asosiy omili hisoblanadi


XYUS aktivlarini bozor ba-holashi


XYUS ustav kapitalini oshirish imkoniyat-larini amalga oshirish. Bu narsa kreditor-larning yehtimoliy talablarini qondirish-ning minimal kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan kontr-agentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni, fir-ma qiymatining oshishini ta’minlaydi


Mol-mulkni inventarizatsiya qilish va XYUS mulkiy komp-leksini restrukturizatsiya qi-lishni amalga oshirish


Noishlab chiqarish xarajatlarini qisqar-tirish, XYUS mol-mulkidan oqilona foyda-lanish, ulardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshi-rish


Yerga yegalik huquqini amalga oshirish


Barcha mulkiy kompleksga yegalik huquqini tо‘-laqonli amalga oshirish hisobidan XYUSning investitsion jozibadorligini oshirish. Bu narsa faoliyatning huquqiy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlaydi


XYUS ustavini qayta kо‘rib chiqish va menejment bilan shartnomani aniqlash


Rahbarlar suiiste’molliklari imkoniyat-larini cheklash, ishtirokchi (ta’sischi)lar oldidagi ularning javobgarliklari va XYUS faoliyatining natijalaridan ular-ning manfaatdorligini kuchaytirish, shu asosda boshqaruv qarorlarining sifatini oshirish


Moliyaviy hisobotning xal-qaro andozalaridan foyda-lanishga о‘tish


XYUS faoliyatining “oydinlik” dara-jasini oshirish va investitsion jozi-badorlikning yanada yuqoriroq daraja-sini ta’minlash


Byudjetlar tizimidan foy-dalanish asosida XYUSning asoslangan biznes-rejasini ishlab chiqish. Qarz mablag‘-larini jalb qilishning jo-riy va istiqboldagi reja-larini tuzish


XYUS xо‘jalik-moliya faoliyatida aniq asoslangan mо‘ljallarning mavjudligi. Bu narsa XYUS joriy va istiqboldagi rivoj-lanishining yeng muhim muammolarini yechishga moliyaviy resurslar va kuchlarning konsentratsiya qilinishiga imkon beradi.


Taraqqiyot bashoratlarini bozor muhitining asosiy parametrlari bilan bog‘liq-likda ishlab chiqish


Kelajakka ishonchni shakllantiradi. Bu narsa yesa, о‘z navbatida, iqtisodiy о‘sishni rag‘batlantiradi va uning barqaror rivoj-lanishini ta’minlaydi, faoliyatning barcha sohalarida rezervlarni qidirib topish va ularni amalga oshirishga yordam beradi.


Harakat (amal)dagi XYUSda investitsion-biznes loyiha-ni ishlab chiqish


Ishlab chiqarish siklining alohida joy-larida taraqqiyotning asosiy proporsiyala-rini asoslash va quvvatlardagi nomuvofiq-likka barham berish. XYUSning umumiy ishlab chiqarish imkoniyatlarini ancha oshi-rishga yordam beradi


Aktivlarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasini tako-millashtirish


Yuqori talabga yega bо‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga muvofiqligini ta’min-lash maqsadida XYUSning ishlab chiqarish apparati samaradorligini oshirish. Aktiv-larni ularning “ballast” qismidan toza-lash va keraksiz aktivlarni sotish



XYUSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bо‘linma-lari kapitalni shakllantirish va undan foydalanish samaradorli-gini oshirish, XYUS faoliyatida kapitallashtirishning oqilona darajasiga yerishish borasidagi yagona asoslangan konsepsiyaga bо‘ysunishi va о‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak. Bu isloh qilish jarayonida ancha yuqori bо‘lgan integral samaraga yerishishga imkon beradi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin