2.Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish
XYUS ning barcha Moliyaviy resurslari о‘z mablag’lari hiso-bidan, Moliya va kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq muddatli, qisqa muddatli kreditlashtirish va kreditorlik qarzlaridan iborat bо‘lgan qarziy mablag’lar kо‘ri-nishidagi resurslardan tashkil topadi.
XYUSning о‘z mablag’lari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
mahsulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum;
Moliyaviy opyerasiyalardan kyeladigan daromadlar;
investision faoliyatdan olingan daromadlar;
boshqa daromadlar.
Shuningdyek, о‘z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushi-shi amortizasiya ajratmalari, chiqib kyetgan mol-mulkni sotish, maqsadli tuShumlar, qurilishda ichki resurslarni mobilizasiya qilish, XYUS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aksiya, obli-gasiya va boshqa qimmatli qog’ozlarning yemissiyasi va sotilishi natijasida va Shuningdyek, kreditlar hisobidan shakllanadi.
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tuShumlarga sug’urta qoplamalari, xoldinglar, assosiasiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan Moliyaviy resurslar kiradi.
Investision faoliyatdan resurslar XYUS ga qimmatli qog’oz-lar, boshqa XYUS larga hissali ishtirok yetishdan va h.k.lardan olinadigan dividyendlar va foizlar kо‘rinishida kelib tushadi.
YUqoridagi barcha manbalar hisobidan XYUS ning xarajatla-ri amalga oshiriladi.
XYUSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan о‘zaro aloqalari choraklarga bо‘lingan tarzda tyegishli yil uchun tuziladigan Moliyaviy Rejada о‘z aksini topadi. Moliyaviy Reja XYUS Moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks yettiruvchi asosiy hujjat bо‘lib xizmat qiladi.
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmun-mohiyati bir xil tarzda ifodalanilmaydi. Odatda, foyda deganda XYUS, firma, korporasiyalar va boshqa xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar ishlab chiqarish-xо‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholov-chi kо‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va realiza-siya qilish bilan bog’liq bо‘lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi tuShuniladi.
Amaliy faoliyatda yesa “foyda”ning barcha tuShunchalarini quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
realizasiya qilinadigan tovar (xizmat) lar sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifa-tida о‘lchanadigan foyda;
sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi о‘lchamla-rining farqi sifatida о‘lchanadigan faoliyatning ayrim davriga tyegishli bо‘lgan foyda (uning kapitallashtirilganligi);
foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tuShunish.
Foydaning ma’no-mazmunini aniqlashga bо‘lgan yondaShuvning turlicha yekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim yetaladigan hisobot ma’lumotlarining standart pakyetlariga qarab turib, uning miqdori tо‘g’risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji yо‘q.
Faoliyatning Moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYUS lar, kо‘p hollarda, foydaning quyidagi kо‘rinishlariga (tuShuncha-lariga) tayanadi:
asos foyda;
balans foyda;
sof foyda yoki sof daromad.
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tuShuniladi. Bu kо‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, no-myenklatura pozisiyalari bо‘yicha miqdor va tannarx aniq ma’lum bо‘lmagan paytda keng assortimyentli buYumlar tayyorlovchi XYUS-lar, birlashmalar bо‘yicha Rejalashtirilayotgan yil uchun foyda analitik myetodda aniqlanayotganda qо‘llaniladi.
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyat-ning barcha turlari bо‘yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat.
Sof foyda yoki sof daromad opyerasion davr mobaynida olin-gan tuShumdan barcha chyegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan sо‘ng vujudga kelishi mumkin. Ma’lum bir miqdorda sof foy-daning (nyetto-foydaning) olinishiga yerishilsagina tadbirkorlik jarayonini amalga oshirish о‘zining mazmuniga yega bо‘ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi kо‘rinishlarda aks yettirilishi mumkin:
yalpi foyda;
opyerasion foyda;
sof foyda.
XYUS lar faoliyatining umumiy Moliyaviy natijalari foyda va zararlar tо‘g’risidagi hisobotda о‘z aksini topadi. Bu hisobot Moliyaviy tahlil uchun zarur bо‘lgan quyidagi muhim ma’lumotlar-ni о‘zida mujassam yetadi:
mahsulotni realizasiya qilishdan olingan tuShum summasi;
soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi;
foydadan olinadigan soliq summasi;
XYUS ning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-nyetto) summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim kо‘rsatkichlar Yuqoridagi hisobotda mavjud bо‘lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indika-torlar qо‘shimcha tarzda hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari, bu jarayonda XYUS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish imkoniyatiga yega bо‘lish juda muhim. Shuningdyek, tahlil uchun qulay shaklda har qanday ma’lumotni opyerativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli man-balarini hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va zararlar tо‘g’risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan faoliyatning odatdagi kо‘rinishi bо‘yicha daro-madlar va xarajatlar, ikkinchidan yesa, boshqa daromadlar va xara-jatlar sifatida guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi kо‘rinishi bо‘yicha daromadlar va xara-jatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: yeng avvalo, sotilgan tovar-lar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qо‘shilgan qiymat solig’i, aksizlar va Shularga о‘xshash majburiy tо‘lovlar chyegirilgan) olin-gan tuShum va ularning tannarxi о‘rtasidagi farqdan iborat bо‘lgan yalpi foyda aniqlanadi.
YAlpi foydadan tijoriy va boshqaruv xarajatlari chyegirilsa, sotuvdan olingan foyda paydo bо‘ladiki, u faoliyatning odatdagi kо‘rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan sо‘ng boshqa daromad-lar va xarajatlarni hisobga olgan holda soliqqa tortilguncha foy-da hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va xarajatlar quyida-gilardan iborat bо‘ladi:
olinishi lozim bо‘lgan foizlar;
tо‘lanishi lozim bо‘lgan foizlar;
boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ishtirok yetishdan olingan daromadlar;
boshqa opyerasion daromadlar;
realizasiyadan tashqaridagi daromadlar;
realizasiyadan tashqaridagi xarajatlar.
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYUS faoliyatining samaradorligini kо‘rsatishdan iborat. Buxgaltyeriya hisobi XYUS ning daromadlari va xarajat-lari, Shuningdyek, uning sof Moliyaviy natijasi – sof foyda – tо‘g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. YUqorida ta’kidlanga-nidyek, soliqqa tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanga-nidan sо‘ng uning miqdori soliq qonunchiligiga muvofiq korryek-tirovka qilishi va foyda hisobidan qoplanadigan soliqlarning summasi chyegirilmog’i lozim.
YAlpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga qadar bо‘lgan foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha kо‘rsatish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |