Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə47/112
tarix12.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130067
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org

О‘rnatilishiga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud:
  1. qat’iy baholar;


  2. joriy baholar;


  3. о‘zgaruvchan baholar;


  4. almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar.


SHartnomada qayd yetiladigan va Shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari davo-mida о‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi.



Joriy baho deyilganda Shu davrda mahsulotni yetkazib berish amalga oshirilgan baho tuShuniladi. Bunday baholar bir shartnoma doirasida о‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini о‘zida aks yettiradi.

О‘zgaruvchan baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, masalan, shartnomani ijro yetish paytida bozor bahosi о‘zgaradigan bо‘lsa (kо‘tarilsa yoki pasaysa), о‘zgartirilishi (qayta kо‘rib chiqilishi) mumkin dyeb qayd yetilgan baholardan iborat.

Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar tayyorlanish mudda-ti uzoq vaqtni talab yetuvchi buYumlarga nisbatan о‘rnatiladi. Bunday baholar shartnoma ijro yetish muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. Bunda birlamchi shartnoma bahosi mahsulot tayyor-langan muddat davomida ishlab chiqarish xarajatlarining о‘zgari-shiga qarab о‘zgartiriladi.

Vaqt omiliga kо‘ra baholarning quyidagi turlari bо‘lishi mumkin:
  1. doimiy baholar;


  2. mavsumiy baholar;


  3. bosqichli baholar.


Amal qilish muddati oldindan kelishilmagan baholarga doi-miy baholar deyiladi.


Mavsumiy xarakterga yega bо‘lgan tovarlarga nisbatan о‘rnatilgan baholar mavsumiy baholar dyeb ataladi. Bunday baholar sotishning birlamchi bahosiga nisbatan ustama yoki chyegir-mani qо‘llash yо‘li bilan aniqlanadi va ma’lum davr (mavsum) mobaynida amal qiladi.
Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgilangan holatlarda bosqichma-bosqich pasaytiriladigan tarzda aniqlanadigan mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin