Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja


-mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə66/112
tarix12.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130067
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org

16-mavzu: Davlat byudjeti xarajatlari



  1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.


  2. Byudjetdan Moliyalashtirish: ta’rifi, prinsiplari, usullari, shakllari va myetodlari.


  3. Byudjet normalari (mye’yorlari), xarajatlar smetasi va byudjet krediti.


  4. Byudjet xarajatlarini sarflash masalalari va vazifalari.



1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, tarkibi, tuzilmasi va klassifikasiyasi.
Davlatning о‘z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kyelgan chiqimlar byudjet xarajatlari deyiladi. Bu chiqimlar davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yо‘nalishlar bо‘yicha foydalanish jarayonida vujudga kyeladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Byudjet xarajatlari umumiy Moliyaviy kategoriya bо‘lgan byudjetning kо‘rinishlaridan biri bо‘lib, unga tyegishli bо‘lgan umumiy xususiyatlarga egadir, ya’ni ular taqsimlash xarakteriga ega, ifodalanishning pul shakli xos, pul fondlarining amal qilishi bilan bog’langan va davlat tomonidan tashkil qilinadi. Shu bilan birgalikda byudjet xarajatlari bir butunning о‘ziga xos qismi bо‘lganligi uchun ular davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’laridan foydalanish va tyegishli fondlarni shakllantirish bilan bog’liqdir. Bu taqsimlash munosabatlarining moddiy-buYumlashgan shakli turli sohalarga yо‘naltirilayotgan byudjet mablag’larining harakatidan iborat.
Byudjet xarajatlarining iqtisodiy mohiyati uning turli-tuman kо‘rinishlari (turlari) orqali namoyon bо‘ladi. Xarajatlarning har bir turi esa о‘zining miqdoriy va sifat xarakteristikasiga ega. Bunda ularning sifat xarakteristikasi voqyelikning iqtisodiy tabiatini ifodalab, byudjet xarajatlarining mо‘ljallanganligini, miqdoriy xarakteristika esa ularning о‘lchamini (miqdorini, hajmini) aniqlashga imkon beradi.
Byudjet xarajatlari chiqimlarning konkryet turlari orqali namoyon bо‘ladi. Byudjet xarajatlari konkryet turlarining xilma-xilligi esa, о‘z navbatida, quyidagi omillarning mavjudligi bilan belgilanadi: davlatning iqtisodiy tabiati va funksiyalari; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi; byudjetning milliy iqtisodiyot bilan bog’langanligi; iqtisodiy munosabatlarning rivojlanganlik darajasi; byudjet mablag’larining namoyon bо‘lish shakllari va h.k. Bu omillarning qо‘shilishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida har qanday davlat byudjet xarajatlarining u yoki bu tizimini vujudga kyeltiradi.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga kо‘ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikasiya qilishning bir nyecha belgilari mavjud. Ular о‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bо‘linishi, ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va Yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga kо‘ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, о‘zining iqtisodiy mazmuniga kо‘ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bо‘linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir kо‘rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovasion va investision faoliyatga yо‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investision dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan tashkil etilayotgan Yuridik shaxslarga investisiyalar uchun mо‘ljallangan xarajatlar;
b) Yuridik shaxslarga investision maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bо‘lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va Shu bilan bog’liq bо‘lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tyegishli bо‘lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib kyeladigan xarajatlar;
d) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yо‘naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotasiya, subsidiya va subvyensiya shaklida kо‘rsatiladigan davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin:
  1. davlat istye’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, milliy xо‘jalikning davlat darmoqlarini saqlash, fuqarolik va harbiy xarakterdagi tovarlar va xizmatlarni sotib olish, davlat muassasalarining joriy xarajatlari);


  2. hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;


  3. transfyert tо‘lovlari;


  4. davlat qarzlari bо‘yicha foizlarni tо‘lash;


  5. boshqa xarajatlar.


Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar byudjetida aks etgan chiqimlarga, asosan, mos kyeladi.


Takror ishlab chiqarishdagi roliga kо‘ra byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyotga (xо‘jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlariga bо‘linadi. Bu xarajatlarga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bо‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zahiralarini yaratish xarajatlari kiradi. Byudjetning ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bо‘lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar istye’mol fondlarini shakllantirish bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mо‘ljallangan. Bu yerda byudjet xarajatlari ijtimoiy istye’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) shakllantirishni tо‘liq, shaxsiy ist’mol fondlarini esa qisman (nomarkazlashtirilgan Moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, byudjet mablag’larining katta qismi shaxsiy istye’mol fondlarining ijtimoiy istye’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi о‘rtasidagi farqlarni qoplash, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tyegishli bо‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi.
Funksional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yо‘naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bо‘linishi mumkin:
  1. davlat boshqaruvi va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish;


  2. sud hokimiyati;


  3. xalqaro faoliyat;


  4. milliy mudofaa;


  5. huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash;


  6. fundamyental tadqiqotlar va ilmiy-texnika taraqqiyotini ta’minlash;


  7. sanoat, enyergyetika va qurilish;


  8. qishloq xо‘jaligi va baliqchilik;


  9. atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, gidromyetyeorologiya, xaritaShunoslik va gyeodyeziya;


  10. transport, yо‘l xо‘jaligi, aloqa va informatika;


  11. uy-joy-kommunal xо‘jaligi;


  12. maorif;

  13. sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;

  14. madaniyat, san’at va kinyematografiya;


  15. ommaviy axborot vositalari;


  16. davlat qarziga xizmat qilish;


  17. boshqa darajadagi byudjetlarga Moliyaviy yordam;


  18. maqsadli byudjet fondlari;


  19. davlat zahiralari va ryezyervlarini tо‘ldirish;


  20. ijtimoiy siyosat;


  21. boshqa xarajatlar.


Byudjet xarajatlarining Yuqoridagi tartibda klassifikasiya qilinishi ijtimoiy hayotning turli jabhalarida davlatning rolini kо‘rsatadi.


Byudjet xarajatlarining tarmoq belgisi bо‘yicha guruhlarga ajratishning asosiga milliy iqtisodiyot (xо‘jalik)ning umume’tirof etilgan tarmoqlarga bо‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda byudjet xarajatlari sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga bо‘linishi mumkin. Byudjet xarajatlari milliy iqtisodiyot (xо‘jalik) tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam Moliyaviy asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bо‘linishi Moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham imkon beradi, milliy xо‘jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yо‘nalishda о‘zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning hajmi byudjet mablag’larining katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashga yо‘naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning о‘zida iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq xо‘jaligi, elyektroenyergyetika va boshqalar) katta masshtablarda byudjetdan Moliyalashtirilishi ham ta’minlanayapti.
Idoraviy belgiga kо‘ra byudjet xarajatlarining klassifikasiya qilinishi byudjet assignovaniyalarini oluvchi vazirlik, boshqa davlat muassasasi yoki Yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi. Byudjet xarajatlarining ana Shunday klassifikasiya qilinishi natijasida boshqaruv tizimining о‘zgarishi bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar tuzilmasidagi о‘zgarishlar о‘z vaqtida kо‘rsatiladi.
Ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha byudjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni о‘zida aks ettiradi. Ana Shunga muvofiq ravishda byudjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
  1. ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qо‘llab-quvvatlash xarajatlari;


  2. milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;


  3. harbiy (mudofaa) xarajatlar(i);


  4. boshqaruv xarajatlari;


  5. rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari.


Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash xarajatlari о‘z tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini о‘zida aks ettirib, bu guruhdagi byudjetning xarajatlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni Moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bо‘lgan talabini (ehtiyojini) qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yо‘l ochib beradi.


Ta’lim va sog’liqni saqlashning tekinligi hamon ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni tanlov asosida olish kafolatlanganligicha qolmoqdi. Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bо‘yicha berilishi lozim bо‘lgan nafaqalarning miqdorini kо‘paytirish, maktab yoshigacha bо‘lgan bolalar, maktab о‘quvchilari, studyentlarning ovqatlanish xarajatlarini kompyensasiya qilish, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bо‘yicha choralar kо‘rilmoqda.
Milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning hamon xо‘jalik Yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta masshtablarda yangi sanoat korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjetning bu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xarajatlar va markazlashtirilgan investisiyalarni Moliyalashtirish xara-jatlari alohida о‘rinni egallaydi.
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga byudjetning ma’lum maqsadlarga yо‘naltirilgan ta’sirchanligi kuchaymoqda. Byudjet xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun ham jahonning kо‘pgina mamlakatlaridagi (masalan, Gyermaniya, YAponiya, Janubiy Koryeya, Tayvan va boshqa mamlakatlarda) “iqtisodiy mо‘jiza” aynan davlatning Moliyaviy qо‘llab-quvvatlashi natijasida sodir bо‘ldi.
Byudjetning milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) yо‘naltirilgan xarajatlari tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va sosial infrastruktura, qishloq xо‘jaligini va iqtisodiyotning davlat tarmoqlarini qо‘llab-quvvatlash, milliy xо‘jalikning ayrim tarmoqlari va mamlakat mintaqalarida bandlilikni ta’minlash, eksportni rag’batlantirish xarajatlaridan iborat.
Kyeyingi yillarda davlat kapital quyilmalarining hajmi keskin oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga berilayotgan subsidiyalar miqdori kupaymoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli bank kreditlari kо‘rinishida tanlanma yordam kо‘rsatilayapti.
Byudjetdan katta miqdordagi mablag’lar iqtisodiyotning qishloq xо‘jaligi tarmog’iga taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qо‘llab-quvvatlanishi lozim bо‘lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xо‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki kо‘rinishda taqdim etilmoqda:
1) qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qо‘llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xо‘jaligi mashinalari, minyeral о‘g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish – uchun.
Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga byudjetdan yordamning kо‘rsatilishi ham jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi.
Byudjet xarajatlari orqali iqtisodiyotga davlatning aralaShuvi iqtisodiy о‘sishning nisbatan Yuqori sur’atlarda о‘sishini rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning siklik tyebranishini ham Yumshatadi (syekinlashtiradi).
Byudjetning harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) ham davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning о‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi kerakligi bilan bog’liqdir. Byudjet mablag’lari hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari Moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) tо‘g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bо‘linadi. Tо‘g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar stratyegik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bо‘lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizasiyalaShuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlar(i)ga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pyensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bо‘yicha о‘tadigan xarajatlarning (masalan, yо‘l va stratyegik ob’yektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga oshirilishi, uning xо‘jalik-tashkilotchilik funksiyasi byudjetdan boshqaruv xarajatlari dyeb nomlangan alohida xarajatlarning qilinishini taqoza etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, fuqarolarning о‘z-о‘zini boshqaruv organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining Moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish rivojlangan mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki siyosiy jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam kо‘rsatish uning kо‘rinishlaridandir.
Byudjetning barcha xarajatlari Yuqoridagi byeshta guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy-nazar ular о‘zlarining ma’lum konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha ham bir nyecha qismlarga bо‘linadi. Bu qismlar byudjet xarajatlarining konkryet turlaridan tarkib topadi. Kapital quyilmalar, dotasiyalar, subvyensiyalar, subsidiyalar, byudjet ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy ryemont, kansyelyariya va xо‘jalik xarajatlarini byudjet xarajatlarining konkryet turlari sifatida kо‘rsatish mumkin. Byudjet xarajatlarining ma’lum konkryet maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha turkumlanishi byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan Moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Iqtisodiy nuqtai-nazardan turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda byudjetning xarajatlarini tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida byudjet xarajatlarini Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uYushmalar, assosiasiyalar, birlashmalar, konsyernlar, kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Byudjet xarajatlarining Yuqori tashkilotlar bо‘yicha guruhlanishi byudjet mablag’larini konkryet oluvchilarni kо‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bо‘lib, ajratilgan byudjet assignovaniyalaridan о‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan javobgardirlar.

Byudjet xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bо‘linishi ular markazlaShuvining turli darajalarini о‘zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va Yuridik nuqtai-nazardan byudjet xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:


  1. Davlat byudjeti xarajatlari;


  2. Respublika byudjeti xarajatlari;


  3. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning xarajatlari.


“Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq Davlat byudjeti xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshirilali:


  1. byudjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;


  2. joriy byudjet transfyertlari;


  3. kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);


  4. kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan transfyertlar;


  5. ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari;


  6. davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet ssudalari;


  7. qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.


О‘z navbatida, Respublika byudjeti xarajatlarining tarkibi quyidagilardan iborat (Yuqoridagi qonunning 16-moddasi):


  1. respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’i oluvchilarning joriy xarajatlari;


  2. joriy byudjet transfyertlari;


  3. kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chyet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);


  4. kapital xarajatlarni qoplash uchun Yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfyertlari;


  5. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga byudjet dotasiyalari, byudjet subvyensiyalari va byudjet ssudalari;


  6. ryezidyent-Yuridik shaxslarga va chyet el davlatlariga beriladigan byudjet ssudalari;


  7. davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan byudjet dotasiyalari va byudjet ssudalari;


  8. qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.


Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi (tyegishli qonunning 19-moddasi):


  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining joriy xarajatlari;


  2. joriy byudjet transfyertlari;


  3. kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham Shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish);


  4. qonun hujatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetning xarajatlari uning daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday о‘zaro bog’liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va ularning bir-biriga о‘zaro ta’sir kо‘rsatishi orqali ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, byudjet xarajatlarining hajmi byudjet daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. О‘z navbatida, byudjet daromadlarining hajmi esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu yerda byudjet xarajatlarining Shunday hajmini va milliy xо‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda byudjet mablag’laridan foydalanishning Shunday muddatlarini о‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga erishi orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning о‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tyezlashtirish va milliy xо‘jalikdagi proporsiyalarni optimallashtirish orqali byudjetning xarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.


Byudjet xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi ularni milliy xо‘jalikning samaradorligi nuqtai-nazaridan baholashni juda dolzarb muammoga aylantirib qо‘yadi. Bunda milliy xо‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tyegishli bо‘lgan daromadlarning qо‘shimcha ravishda о‘sganligiga e’tibor berish bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning о‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chyetda qolmasligi kerak. Albatta, milliy xо‘jalikning yakuniy natijasi byudjet xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, byudjet mablag’laridan tо‘g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda byudjet xarajatlarining ilmiy asoslangan holda Rejalashtirilishiga, byudjet assignovaniyalaridan foydalanish ustidan Moliyaviy nazoratning butun tizimiga alohida e’tibor berish lozim.
Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning muhim instrumyentlaridan biri ham byudjetning xarajatlaridir. Bu yerda, odatda, Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xо‘jalikdagi oqilona proporsiyalarni ta’minlash maqsadida byudjet mablag’larini tarmoqlar va hududlar kyesimida taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va myetodlari majmui tuShuniladi. Milliy xо‘jalikni Moliyaviy tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta о‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan uning murakkab bо‘lgan organizmi turli qismlarida Moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi. Byudjet resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag’larini taqsimlashda vujudga kyelgan proporsiyalarni о‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tyezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag’batlantirmasdan milliy xо‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin. Byudjet mablag’larining katta qismidan muhim ishlab chiqarish-hududiy komplyekslarni rivojlantirishga sarflash syekin-astalik bilan chuqur sifat о‘zgarishlarining sodir bо‘lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining о‘zgarishiga olib kyeladi.
Mamlakat milliy xо‘jaligini Moliyaviy jihatdan tartibga solish byudjet daromadlarini Rejalashtirish va byudjetdan Moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining о‘zidayoq byudjet xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli kyesimlarda) va vyertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi uchun tyegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan Moliyalashtirish jarayonida esa davlat о‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bо‘ladi. Mablag’larni konkryet taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish, byudjet assignovaniyalarini berish va ularning samarali foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirib, Moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuvni diqqat bilan amalga oshiradilar va kerak bо‘lgan hollarda taqsimlanayotgan byudjet mablag’larining proporsiyalarini о‘zgartiradilar.
Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkryet turlari va yо‘nalishlari bо‘yicha biriktirilishi prinsipi bо‘lmaganligi uchun bu yerda byudjet resurslari bilan keng manyovr qilish va Shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tuShuvchi pul mablag’lari har qanday zaruriy yо‘nalishda foydalanilishi mumkin.
Byudjet xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xо‘jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va istye’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin