Byudjetni ijro etish:
Barcha turdagi byudjet daromadlari mazkur qonunda kuzda tutilgan muddatlarda va tartibda Shuningdyek soliq kodyekslari, О‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik aktivlarda kо‘zda tutilgan tarzda shakllanadi.
Byudjetga daromadlarni о‘z vaqtida kelib tushishi uchun soliq va bojxona organlari ma’suldirlar.
Soliq va boshqa majburiy tо‘lovlarni byudjetga о‘tkazish muddati qonunlar bilan belgilanadi. YUridik shaxslardan tо‘lanmagan soliqni sо‘zsiz undirib olish soliq organlari zimmasiga Yuklatiladi.
Joriy yilning 31 dyekabrigacha byudjetga о‘tkazilmagan daromadlar kyeyingi yilda о‘tkaziladi.
Byudjet jarayoni hokimiyati organlarining byudjetni tuzish, kо‘rib chiqish, bajarish bilan bog’liq qonun bilan tartibga solib turiladigan faoliyatdir. Byudjetni tuzish va amalda bajarish ijro etuvchi hokimiyat tomonidan, uni tasdiqlash esa qonun chiqaruvchi organ tomonidan bajariladi.
2.Byudjet jarayoni bosqichlari.
Davlat byudjet loyihasini tayyorlash.
SHaharlar va tumanlar hokimiyatlari (uning tarkibiga kiruvchilar) kyeyingi Moliya yili uchun kо‘rsatiladigan hududlar buyicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan byudjet loyihalarini kelishilgan muddatlarda (ammo yigirma byeshinchi iYundan kyechikmasdan) Yuqori turuvchi Moliya organlariga taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari va boshqarmalari, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining bо‘lim va boshqarmalari, Shuningdyek, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining byudjetidan mablag’ oluvchilar Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, Toshkyent shahri va viloyatlar hokimiyatlari Moliya bо‘limlariga kyelgusi Moliya yili uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan muddatlarda (ammo birinchi iYundan kyechiktirmasdan) о‘zlarining arizalarini topshiradilar. Shundan sо‘ng, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimiyati va Toshkyent shahri hokimiyati о‘z hududlari buyicha byudjet loyihalarini О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda (ammo birinchi iYuldan kyechiktirmasdan) taqdim etadilar. Vazirliklar va Respublika byudjetidan Moliyalashtiriladigan byudjet mablag’ini oluvchilar xuddi Yuqoridagi kо‘rinishda о‘z arizalarini taqdim etadilar. Moliya vazirligi kerakli ma’lumotlarni va hujjatlarni talab qiladi va kyelgusi Moliya yili uchun joriy yilning birinchi oktyabrigacha davlat byudjetining loyihasini tuzadi.
Dostları ilə paylaş: |