K = ( P : M) 1,
Bu yerda: K – tо‘lovga qobillik koyeffitsiyenti;
P– XYUSning barcha pul mablag‘lari;
M – uzish muddati kelgan tо‘lovlar bо‘yicha
majburiyatlar.
Koyeffitsiyentning darajasi birga teng yoki undan katta bо‘l-mog‘i lozim. Ana shu shart bajarilsa, XYUS tо‘lovga qobil hisobla-nadi. Agar muddati о‘tgan kreditorlik qarzlarining umumiy miq-dori va tо‘lovlarning kechikishi belgilangan meyordan oshsa, kre-ditorlarning arizasiga muvofiq tegishli sud bu yerdan kelib chi-quvchi barcha oqibatlarni inobatga olgan holda XYUSni bankrot deb ye’lon qilish jarayonini boshlashi mumkin. Shu munosabat bilan quyidagilarga alohida ye’tibor qaratmoq lozim:
bozorga faol kirish bilan bog‘liq holda XYUS moliyaviy barqarorligining о‘sishiga;
bankrotlikning mavjud belgilariga о‘z vaqtida barham berishga (moliyaviy mustahkamlik zaxirasini nazorat qilish);
investitsiyalarning qoplanish muddatlarini qisqartirishga;
ishlab chiqarish va tovarlar realizatsiyasi xarajatlarini qisqartirish yevaziga foydaning о‘sishiga.
Bunda XYUS foydasining о‘sishiga ta’sir qiluvchi barcha omillardan faol foydalanmoq lozim. Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori о‘zgarishining hisob-kitobi quyidagi tarzda amalga oshirilishi kerak:
– sotilayotgan mahsulot birligiga qilingan xarajatlar о‘zgari-shining foydaga ta’siri. Buni quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
F = (T- T) x Rh,
Bu yerda: F– tannarx omilining ta’siri ostida foydaning
о‘zgarishi (+,-);
T,T– mos ravishda о‘tgan (bazis) va hisobot
yillaridagi mahsulot tannarxi;
Rh – tegishli yildagi realizatsiya hajmi.
– baholar о‘zgarishining foyda miqdoriga ta’siri. Bu ta’-sirni quyidagicha aniqlasa bо‘ladi:
F= (B- B)x Rh,
Bu yerda: F – baho omilining ta’siri ostida foydaning
о‘zgarishi;
Dostları ilə paylaş: |