2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni
shakllantirish myetodlari Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho tur-larini tizimlashtirish uchun turli belgilar bо‘yicha ularni klas-sifikasiyalashtirishdan foydalaniladi.
Baholarni quyidagi belgilarga kо‘ra klassifikasiya qilish mumkin:
bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va ra-qobat darajasining xarakteri bо‘yicha;
yetkazib berish va sotish shartlariga kо‘ra;
qо‘llanilish tartibiga muvofiq.
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bо‘yicha baholar quyi-dagicha farqlanadi:
ulgurji baholar;
chakana baholar;
sotib olish baholari;
smeta qiymati;
tariflar.
XYUS lar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xо‘-jaligi yoki boshqa XYUS larga yoki ta’minot tashkilotlariga sota-digan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy istye’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan nye’matlarga о‘rnatilgan baho chakana baho dyeb atadi.
Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan о‘z mah-sulotlarini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshi-riladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshoot-lar va b.) ning bahosi tо‘lanadi.
YUklarni tashish, elektr energiyasi, issiqlik, suv, sog’liqni saqlash xizmatlari, myehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi tariflar orqali ifodalanadi.