3. Investisiyalar: manbalari, baholash va samaradorligi
Iqtisodiy va Moliyaviy vaziyatni sog’lomlashtirish uchun jam-g’armalarning ichki kapital qо‘yilmalar va xorijiy investisiya-larni jalb qilish sifatida real investisiyalarga aylantiri-lishini (transformasiyalanishini) hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash muhim hisoblanadi. Xalqaro amaliyot-ni о‘rganish Shundan dalolat beradiki, investision loyihalarni Moliyaviy tahlil qilish sohasida ularni realizasiya qilishning maqsadga muvofiqligini asoslash, yekspyertizalarni о‘tkazishning roli о‘sib bormoqda. Bu muammoni hal yetish xalqaro andozalari-ning mujassamlashgan shakllari YUNIDO myetodikasida о‘z aksini topgan. Biroq har bir mamlakat iqtisodiyotining о‘ziga xos xusu-siyatlari bu myetodikada mavjud bо‘lgan an’anaviy yondaShuvlardan tо‘g’ridan-tо‘g’ri nusxa olishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham, ularni har bir mamlakatning xо‘jalik sharoitlariga moslashti-rish kerak. Bunda joylashtiriladigan mablag’larning qoplanishi va avanslashtirilgan kapitalga investor tomonidan talab qilina-digan daromad normasini olish bо‘yicha investision takliflarni sifat jihatdan yekspyertiza qilish muhim. Ana Shu yо‘nalishda investision loyihalarni texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash, qarz oluvchining Moliyaviy ahvoli va uning raqobatbardoshligi, Shuningdyek, vakolatli bankning kafolatini xarakterlaydigan tyegishli yekspyert xulosalariga baho berishning ahamiyati ortadi.
Xorijiy bank bilan kredit bitimini tuzishda, yeng avvalo, tо‘lovlarning о‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash kerak. Odatda, XYUS kredit bо‘yicha quyidagi tо‘lovlarni amalga oshiradi:
bitim summasining 15% idan kam bо‘lmagan avans tо‘lov-larining boshlang’ich badali (о‘zlashtirish boshlangunga qadar) – kredit bitimi tuzilgandan kyeyin bir oy ichida;
sug’urta badali – sug’urta riskini baholashga nisbatan 3%dan kam bо‘lmagan miqdorda;
xizmat kо‘rsatuvchi banklarga komission tо‘lovlar – kredit-ning о‘zlashtirilmagan qoldig’iga komissiya, kreditni tashkil qilish uchun haq, xorijiy sug’urta agentliklarida qayd yetilganli-gi uchun haq.
Xorijiy firmalar bilan hamkorlikdagi investision loyi-halarni о‘zlashtirish davrida birinchi bosqichda foiz va mamlakat banklari tomonidan opyerasion xarajatlar bо‘yicha tо‘lovlar amal-ga oshiriladi. Qaytarishda yesa (tо‘liq о‘zlashtirilganidan sо‘ng) qarzning asosiy summasi (xorijiy bankning grafigiga muvofiq ravishda) о‘tkaziladi va foizlar bо‘yicha tо‘lovlar tо‘lanadi. Taqdim yetilgan takliflarni realizasiya qilish mexanizmi, bir tomondan, xorijiy investision kreditlarni oluvchilarning tarkibini optimallashtirishga xizmat qiladi. Ikkinchi tomondan yesa ular-dan maqsadli foydalanish ustidan ta’sirchan nazoratni bо‘lishini ta’minlaydi. Investisiyalashtirishning natija-liligini oshi-rish uchun investision loyihalarni, jumladan, xorijiy kredit liniyalariga qо‘shish uchun ham, tanlab olish tartibi tartibga kyel-tirilmog’i lozim. XYUS va tashkilotlarning arizalarini ularning asoslanganligi bо‘yicha xulosalar uchun tarmoq, korporativ va mintaqaviy darajalarda qayta ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
Tanlovning joriy yetilishi bitimning yeng yaxshi shartlarini – mamlakat XYUS larining iqtisodiy manfaatlariga tо‘liq javob beradigan mahsulotni tanlash – qо‘lga kiritishga imkon beradi. Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobidan Moliyalashtirish uchun innovasion loyihalarni tan-lashda asosiy mezonlarning quyidagi tizimidan foydalanish maq-sadga muvofiq:
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va qarz oluvchi-ning boshlang’ich badalni tо‘lash bо‘yicha Moliyaviy imkoniyati;
texnik va texnologik ahvoli;
tijoriy samaradorligi va valYutaviy qoplanuvchanligi;
huquqiy ta’minlanganligi va yekologik xavfsizligi.
Hukumat kafolati ostida jalb qilinadigan xorijiy kredit-lar bо‘yicha Moliyalashtirishga qabul qilinadigan loyihalar man-faatdor vazirliklar va idoralar, mintaqaviy ma’muriy organlar, XYUS lar, tashkilotlar va banklarning roziligi bо‘yicha shakllana-digan ustuvor investision loyihalar rо‘yxatiga kiritilgan bо‘l-mog’i darkor.
Investision loyihani texnik-iqtisodiy, iqtisodiy, huqu-qiy va tashkiliy jihatdan asoslashda ob’yektiv Moliyaviy tahlil muhim ahamiyatga yega. Loyihani ishlab chiqarish jarayoni g’oyaning paydo bо‘lgan vaqtidan XYUS ishga tushirilgunga va quvvatlar о‘zlashtirilgunga qadar uch bosqichdan iborat bо‘ladi:
tayyorgarlik kо‘rish bosqichi;
investision bosqich;
opyerasion bosqich.
YUqoridagi bosqichlarning har biri bir nyecha quyi bosqich-lardan iborat bо‘lib, ularda turli-tuman tadqiqot, konsultasion, texnik va sanoat ishlari amalga oshiriladi, loyiha siklining har bir bosqichi yesa о‘zaro bir-biri bilan bog’langan.
Loyiha siklining bosqichlari bо‘yicha kapital xarajatlarni taxminiy taqsimlanishi dastlabki (tayyorgarlik kо‘rish) va invyes-tision bosqichlarni о‘z ichiga oladi. Loyihalarni Moliyalashti-rishning ikki asosiy manbalari mavjud:
о‘z kapitali;
kredit.
О‘z korporativ kapitalini shakllantirish aksiyalarga (im-tiyozli va oddiy) ochiq yozilish yо‘li bilan amalga oshirilishi mum-kin. Qarz mablag’lari yesa qisqa, о‘rta va uzoq muddatli bank krye-ditlari shaklida, Shuningdyek, turli qarz majburiyatlarini yemis-siya qilish yо‘li bilan jalb qilinadi. Moliyalashtirishning bun-day tiplari о‘rtasidagi prinsipial farq qarzdorning kreditorlar oldidagi birinchi darajali javobgarligidadir.
О‘z va qarz mablag’lari о‘rtasida ma’lum bir balansga rioya yetmoq zarur. Kreditor nuqtai nazaridan qarz kapitalining Yuqori salmog’i qarz oluvchining risklilik darajasini oshiradi, chunki unda xarajatlarning umumiy tarkibiy tuzilmasida foiz tо‘lov-larining salmog’i ortadi va dyemak, foyda pasayadi.
Qarz hisobiga Moliyalashtirishning kо‘rinishlaridan biri lizingdir. Agar Moliyalashtirish shartlari xorijda mahalliy shartlardan keskin farq qiladigan bо‘lsa, lizing asbob-uskuna-larni sotib olishning ustuvor myetodi hisoblanadi.
Moliyalashtirish shakllarining turli-tumanligi о‘zgarib turishi mumkin. Biroq ular tuShumlar va asosiy xarajatlarning ta’minlanganligi uchun yetarli bо‘lishi kerak. Kо‘p hollarda loyi-hani ishlab chiquvchilar investorlar va kreditorlarga uning jozibadorligini ta’minlash maqsadida loyihaning qiymatini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan Moliyaviy yekspyertning vazifasi loyiha yoki kompaniyaning kapitalga bо‘lgan haqiqiy yehtiyojini aniqlashdan iborat. Shuning uchun ham, Moliya-viy tahlilda investision qо‘yilmalarni iqtisodiy baholashning kо‘p sonli myetodlari ishlab chiqilganki, ularning har biri, о‘z navbatida, afzalliklarga va kamchiliklarga ham yega. Bu kо‘rsat-kichlar tizimi о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
NVP – kapital qо‘yilmalarning sof kyeltirilgan qiymati;
IRR – ichki foyda normasi;
qoplanish muddati.
Kapital qо‘yilmalarning sof kyeltirilgan qiymati (NVP) klassik variantda (kо‘plab modifikasiyalar mavjud bо‘lganda) dis-kontlashtirilgan sof pul xarajatlari va tuShumlarning yig’in-disi sifatida hisoblanadi. Ijobiy NVP investision loyihadan qaytim diskontlashtirishning ma’lum bir stavkasidan Yuqori yekanligini kо‘rsatadi. NVP ning kamchiligi diskontlashtirish stavkasini hisoblashning shartliligi bilan belgilanadi. Invyes-torga boshqa loyihadan kо‘ra Shu loyihaga mablag’larni joylash-tirishi foydali hisoblanadi. Bunda NVP ning о‘lchami diskont-lashtirish stavkasining uncha katta bо‘lmagan о‘zgarishiga ta’sirchan bо‘ladi. NVP ning hisoblanishi ma’lum darajada ishlab chiqa-rishni innovasion yangilash investision loyihasining mumkinli-gini baholashda mо‘ljal bо‘lib xizmat qiladi.
Ichki foyda normasi (IRR) loyiha NVP si nolga tyeng bо‘lgan-dagi diskontlashtirish stavkasidan iborat. Har ikkala kо‘rsatkich ham bir nyecha kо‘p yildan sо‘ng katta daromad kyeltiruvchi ishlab chiqarish innovasion loyihasi uchun bir xil ahamiyatga yega bо‘lishi mumkin. Investor va kreditor uchun kutilayotgan daromadlarning muddatlar bо‘yicha taqsimlanishi muhim, Shuning uchun ham, agar daromadlar riskining vaqt bо‘yicha uzoqlashishiga muvofiq ravish-da tyez о‘sishi inobatga olinadigan bо‘lsa, bu omil yanada juda mu-him hisoblanadi.
Qoplanish muddati kо‘rsatkichi ishlab chiqarishni yangilash innovasion loyihasidan olingan daromadlar birlamchi kapital qо‘yilmalardan oshgandagi yillar soniga qarab aniqlanadi. Hisob-lashning ma’lum soddaligiga qaramasdan, bu kо‘rsatkich invyes-tision loyihaning riskliligini puxta baholaydi hamda NVP va IRR bilan birgalikda kapital qо‘yilmalarning optimal maqsadga muvofiqligini baholashga imkon beradi.
Joriy va istiqboldagi tahlil ishlab chiqarishni yangilash innovasion loyihalarini amalga oshirishning boshqa yо‘nalish-lari va paramyetrlariga nisbatan о‘tkazilishi mumkin. Bunda asosiy ye’tibor Yuqori rentabellik va kuchsiz prognozlash xos bо‘l-gan quyidagi omillarga, ya’ni risklar, valYuta kurslari, kreditlar bо‘yicha suzuvchan stavka, tayyor mahsulot va xom ashyoning bahosi kabilarga qaratiladi. Bu omillarning har biri uchun bо‘lishi mum-kin bо‘lgan tyebranishlarning intyervali aniqlanadi va asosiy paramyetrlarning о‘zgarishi mumkin bо‘lgan imkoniyatlari baholanadi. Undan sо‘ng investision loyihaning barcha risklari-ni hisobga olgan holda uning yetarli darajada foydaliligi saqlanib qolgandagi kritik paramyetrlarning yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan chyegaralariga baho beriladi.
Dostları ilə paylaş: |