kо‘zda tutilgan Rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalarning foydalanilgan-ligini inobatga olgan holda byudjet mablag’larini taqdim etish. Byudjetdan Moliyalashtirishning kо‘rsatkichlar bajarilishiga bog’liqligi Moliyaviy organlarga korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi;
byudjet assignovaniyalarining qaytariluvchan emasligi. Byudjet assignovaniyalari sub’yektlarga ularni majburiy ravishda byudjetga qaytarish shartisiz (qaytarmaslik sharti bilan) taqdim etiladi;
byudjet assignovaniyalarining tekinligi. Byudjetdan assignovaniyalar sub’yektlarga foiz kо‘rinishida qandaydir daromadlarni davlatga tо‘lamasdan yoki assignovaniyalarni tо‘lashning boshqa kо‘rinishlarisiz ajratiladi.
Umumiy prinsiplar bilan birgalikda byudjetdan Moliyalashtirish amaliyotida xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga byudjet assignovaniyalarini ajratish;
byudjet assignovaniyalarining о‘lchamini aniqlashda “qoldiq” yondoShuvidan foydalanish;
byudjetdan Moliyalashtirishni Rejalashtirilayotgan xarajatlarni kredit myetodi orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
korxonalarning Moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va boshqalar.
Byudjet assignovaniyalari amaliyotida byudjetdan Moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi ikki usulini alohida ajratib kо‘rsatish mumkin:
“nyetto-byudjet” tizimi bо‘yicha Moliyalashtirish. Pul mablag’larini taqdim etishning bu usuli Shu bilan xarakterlanadiki, unga kо‘ra byudjet assignovaniyalari tasdiqlangan byudjetda kо‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;
“brutto-byudjet” tizimi bо‘yicha Moliyalashtirish. Bu usul tо‘liq byudjetdan Moliyalashtirishda bо‘lgan korxona va tashkilotlar uchun qо‘llaniladi. Byudjet assignovaniyalari bu holda byudjet tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi.
Pul mablag’larini taqdim etishning Yuqorida kyeltirilgan usullari byudjetdan Moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida amalga oshiriladi:
byudjet tashkilotini saqlash uchun assignovaniyalar;
davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlarining shartnomalari bо‘yicha Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni tо‘lash uchun mablag’lar;
aholiga transfyertlar;
jismoniy va Yuridik shaxslarga subvyensiya va subsidiyalar;
quyi byudjetlarga va davlat nobyudjet fondlariga dotasiya, subvyensiya va subsidiyalar;
harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan Yuridik shaxslar ustav kapitaliga investisiyalar;
baholardagi farqni qoplash.
Amaliyotda byudjetdan Moliyalashtirish, Yuridik nuqtai-nazardan, quyidagi ikki kо‘rinishda amalga oshiriladi:
xarajatlarni respublika byudjetidan Moliyalashtirish;
xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan Moliyalashtirish.
О‘zbekiston Respublikasi “Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi qonunining 22-moddasiga kо‘ra respublika byudjetidan xarajatlarni Moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yо‘nalishlarda amalga oshiriladi:
fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bо‘ysunadigan tashkilotlar bо‘yicha);
ijtimoiy ta’minot;
mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga kyeltirish hamda ularni saqlash;
davlat markazlashtirilgan investisiyalarini amalga oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, О‘zbekiston Respublikasining chyet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bо‘ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
yer tuzish, myeliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qishloq xо‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
gidromyetyeorologiya, dо‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
О‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mо‘ljallangan xarajatlar Moliyalashtiriladi (Yuqoridagi qonunning 23-moddasi):
fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkyent shahri byudjetlaridan Moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari bо‘yicha);
ijtimoiy ta’minot;
aholini ijtimoiy himoya qilish;
Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkyent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Byudjetdan mablag’larni taqdim etishning myetodlari byudjetdan Moliyalashtirishning muhim elementi bо‘lib hisoblanadi. Ularning yordamida Moliya organlari byudjetda kо‘zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul mablag’laridan foydalanishda Yuqoriroq natijalarga erishish uchun mablag’larni qayta о‘zgartirib taqdim etishni amalga oshiradi, Moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib topayotgan proporsiyalarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy-kommunal xо‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda byudjet mablag’lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish bо‘yicha xarajatlarga (kapital quyilmalarga), oddiy takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotasiyalar va transfyertlar), opyerasion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini Moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar, idoralar va korxonalar bо‘yicha Rejalashtiriladi hamda bir vaqtning о‘zida ma’lum maqsadlarga mо‘ljallanganligi bо‘yicha kо‘zda tutiladi. Bunda byudjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga, ya’ni sanoat, enyergyetika, qishloq xо‘jaligi va transportga yо‘naltiriladi.
Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai-nazaridan kapital quyilmalarni Moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda eng muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mо‘ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirishga uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital quyilmalarni Moliyalashtirish deyiladi. Byudjet resurslarining cheklanganligi uchun ular investisiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bо‘yicha amalga oshirilayotgan investisiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini Moliyalashtirishning muhim yо‘nalishi Yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotasiyalar va subvyensiyalar berishdir. Bu kо‘rinishdagi byudjet mablag’lari davlat, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalar(i)ning turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana Shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-enyergyetika sanoati, agro-sanoat komplyeksi, uy-joy-kommunal xо‘jaligi, shahar transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yо‘naltiriladi.
Byudjetning sosial ehtiyojlarga mо‘ljallangan xarajatlari davlat tomonidan sosial funksiyaning bajarilishi bilan bog’liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
maorif;
madaniyat, san’at va kinyematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
sosial siyosat.
Sosial ehtiyojlar xarajatlari smetali Rejalashtirish prinsiplari asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkryet tadbirlar va xarajatlarning turlari bо‘yicha Moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan о‘zaro bog’liq bо‘lgan sosial soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta va Moliya organlarida tuzilgan assignovaniyalar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. Hisob-kitoblar asosida xizmat kо‘rsatiladigan kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining kо‘rsatkichlari (masalan, о‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda ularning yil davomida faoliyat kо‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu kо‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari bо‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob birligiga tо‘g’ri kyeluvchi pulli xarajat byudjet tashkilotining faoliyat kо‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bо‘yicha о‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: |