Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja


Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə89/112
tarix12.10.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#130067
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va -fayllar.org

4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar
Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi natijasida davlat qarzi vujudga kyeladi. Jismoniy va Yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’yektlari oldida vujudga kyelgan hukumatning qarziy majburiyatlariga davlat qarzi deyiladi. О‘zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi tо‘g’risida”gi qonunida davlat qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kyelgan О‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi”dir dyeb, ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlat qarzlari ikkiga bо‘linadi:
  1. davlat ichki qarzlari;


  2. davlat tashqi qarzlari.


Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish natijasida vujudga kyelgan О‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kyelgan О‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi tuShuniladi. Bu qarzlar qarziy instrumyentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va qarzning valYutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi.


Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish jarayonida (natijasida) vujudga kyeladi. Davlat tomonidan ichki mablag’larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (ryezidyent-Yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida О‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi ryezidyentlarning о‘z kreditlarini (qarzlarini) tо‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi.
Shunga о‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish jarayonida (natijasida) vujudga kyeladi. Davlat tomonidan xorijdan mablag’ jalb qilish aktivlarni xorij manbalaridan (xorijiy davlatlardan, noryezidyent Yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida О‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi ryezidyentlarning о‘z kreditlarini (qarzlarini) tо‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
О‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi kyelgusi Moliya yili uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda davlat ichki va tashqi qarzlarining eng Yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag’ jalb qilishga hamda davlat qarzining kо‘payishiga olib kyeladigan boshqa harakatlar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq ravishda davlat tomonidan ichki va tashqi mablag’larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkin:
  1. iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlarini, Shu jumladan davlat investisiya dasturlarini Moliyalashtirish;


  2. Davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari о‘rtasida tuShumlar vaqtga kо‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni (farqni) tо‘g’rilash;


  3. mavjud qarzlarni qayta Moliyalashtirish;


  4. byudjet defisitini Moliyalashtirish;


  5. tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag’larga bо‘lgan ehtiyojlarni qoplash.


Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag’larini jalb qilishda qarziy majburiyatlarning bir nyecha turlaridan foydalanish mumkin. Ularning eng asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar kiradi:


  1. qisqa muddatli (bir yilgacha bо‘lgan davrga chiqariladigan), о‘rta muddatli (bir yildan byesh yilgacha bо‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (byesh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog’ozlari;


  2. kreditlar (qisqa, о‘rta va uzoq muddatli);


  3. О‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;


  4. byudjet daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi vaqtinchalik farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;


  5. qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.


Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin bо‘lishiga qaramasdan Shu davlatning ryezidyentlari hisoblangan Yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bо‘yicha asosiy kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valYutada muomalaga chiqariladi. Ichki qarziy mablag’larni jalb qilish uchun milliy fond bozorida talabga ega bо‘lgan qimmatli qog’ozlar emitasiya qilinadi. Investorlarni qо‘shimcha rag’batlantirish uchun esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi.


Davlatning tashqi qarzlari boshqa mamlakatlarning valYutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bо‘lgan mamlakat investorlarining о‘ziga xos bо‘lgan manfaatlari (qiziqishlari) hisobga olinadi.
Amaliyotda qarziy mablag’larni jalb qilish, asosan, ikki yо‘l bilan amalga oshiriladi:
  1. qarziy qimmatli qog’ozlarni joylashtirish;


  2. ixtisoslashtirilgan Moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.


Qarziy qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish va ularni joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tyegishli qonuni orqali tartibga solib turiladi. Ana Shu qonunga muvofiq faqat mamlakat hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar davlat qimmatli qog’ozlari dyeb e’tirof etiladi.


Davlat qimmatli qog’ozlari bilan opyerasiyalar fond bozorining tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog’ozlar bozorida amalga oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:
  1. byudjet defisitini Moliyalashtirish maqsadida Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bо‘sh turgan mablag’larini qarzga olish;


  2. Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati о‘tkazishni ta’minlash;


  3. tijorat banklari va Moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga solishni amalga oshirish.


Qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kyelgan va mamlakatning ichki qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari Shu mamlakatning milliy valYutasida ifodalanishi va Shu valYutada tо‘lanishi kerak. Xuddi Shunga о‘xshash qimmatli qog’ozlar emissiyasi natijasida vujudga kyelgan va mamlakatning tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy valYutada ifodalanishi va Shu valYutada tо‘lanmog’i lozim.


Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag’larni jalb qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud. Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi qarzlari kitobini Yurgizadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin