Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 136 Kb.
səhifə3/8
tarix16.12.2022
ölçüsü136 Kb.
#121229
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat

Ko’rsatkichlar


2000


2001


2002


2003


2004


2005


2006


2007

Daromadlar - jami


28,5

26,0

25,2

24,2

22,5

22,7

22,1

20,9

Shu jumladan:


















To’g’ri soliqlar


7,5

7,4

6,8

6,4

6,0

6,5

6,3

5,4

Egri soliqlar


16,0

13,5

13,8

14,0

13,8

10,5

10,1

10,7

Mulk solig’i va rеsurs to’lovlari


2,8

2,4

1,9

2,3

2,6

2,9

3,0

3,2

Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq


0,3

0,3

0,5

0,4

0,4

0,5

0,6

0,5

Boshqa daromadlar


1,9

2,4

2,2

1,1

0,9

2,3

2,1

1,1

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari.


Davlat mol-mulk va shaxsiy sug’urtasi umumdavlat moliyasining kеyingi bo’g’ini hisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo’lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to’lovlari hisobiga shakllanadi. Fond mablag’lari mol-mulk sug’urtasiga va shaxsiy sug’urtaga pul to’lashni ko’zda tutadi.

Shaxsiy sug’urta aholining pul jamg’armalarini tashkil qilishning shakllaridan biri bo’lib ham xizmat qiladi.


21.2-jadval

O’zbеkiston rеspublikasi davlat budjеtining

xarajatlar tarkibi (YaIMga nisbatan %da)


Ko’rsatkichlar


2000


2001


2002


2003


2004


2005


2006


2007

Xarajatlar - jami


29,5

27,0

25,8

24,6

22,9

22,2

21,1

20,2

Shu jumladan:


















Ijtimoiy sohaga


10,4

10,2

9,8

9,3

9,1

9,5

9,2

9,4

Ijtimoiy himoyaga


2,3

2,1

2,0

2,1

1,8

1,8

1,5

1,3

Iqtisodiyot uchun xarajatlar


3,0

2,3

2,3

3,0

3,1

3,0

2,7

2,4

Markazlashtirilgan invеstitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari


6,0

5,0

4,7

3,3

2,7

2,4

2,0

1,7

Davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlariga xarajatlar


0,6

0,6

0,5

0,5

0,6

0,5

0,5

0,6

Boshqa xarajatlar


7,2

6,8

6,5

6,4

5,6

5,0

5,2

4,8

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari.


Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta (ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va budjеtdan tashqari moliya fondlari (pеnsiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak bеrish fondi va boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.



    • O‘zbekistonning bank va moliya tizimi . Davlat byudjeti va uni shakllantirish. Soliq tizimi.

Bozorga o‘tish sharoitida moliya va bank tizimining roli tubdan o‘zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og‘irlik markazi xuddi ana shu asosiy tizimlarga ko‘chdi. Aynan ana shu strukturalar fiskal (xazinani to‘ldirish) va monetar(pul) siyosatni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi kerak. Iqtisodiyotning umumiy holati ana shu siyosatni amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi. Davlat byudjeti, bu davlatning ma’lum muddatga mo‘ljallanib tuzilgan va qonun bilan tasdiqlangan daromadlari va harajatlari hisobidir. Byudjetni shakllantirishda soliq asosiy rolni o‘ynaydi. Soliqlar majburiy to‘lov shaklida firmalar, tashkilotlar va aholi davlatga to‘laydigan puldir.


Shu tufayli keyingi yillarda respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankining vazifalari hamda tarkibiy tuzilishi ancha o‘zgartirildi. Moliya vazirligi zmmmasiga respublika byudjetini vujudga keltirish bilan bir qatorda , hozirgi vaqtda davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari va qoidalarini ishlab chiqish, muvofiqlashtririlgan moliyaviy siyosat olib borish va valyuta ishlarini boshqarish vazifasi yuklatildi.
Mavzuni o‘rganish natijasida Siz quyidagi malakaga ega bo‘lasiz:
- Bank va moliya tizimini haqidagi bilimga ega bo'lasiz;
- Davlat byudjeti haqida tushunchaga ega bolasiz;
- Byudjet tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyatini bilib olasiz;
- Byudjetni shakllantirishda soliqlarni orni va soliqlarni turlari haqidagi bilimga ega bolasiz.

=> Mavzuni o‘rganishni boshlashdan avval quyidagi savollar javobini o‘ylab ko‘ring.
      • Iqtisodiyotda moliya va bankning ahamiyati nimadan iborat?


      • Davlat byudjeti qanday shakllanadi?



  • O‘zbekistonning bank va moliya tizimi. Davlat byudjeti va uni shakllantirish. Soliq tizimi

  • O‘zbekistonning bank va moliya tizimi.
  • Bozorga o‘tish sharoitida moliya va bank tizimining roli tubdan o‘zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og‘irlik markazi xuddi ana shu asosiy tizimlarga ko‘chdi. Aynan ana shu strukturalar fiskal (xazinani to‘ldirish) va monetar(pul) siyosatni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi kerak. Iqtisodiyotning umumiy holati ana shu siyosatni amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi.



  • Shu tufayli keyingi yillarda respublika Moliya vazirligi va Markaziy bankining vazifalari hamda tarkibiy tuzilishi ancha o‘zgartirildi. Moliya vazirligi zmmmasiga respublika byudjetini vujudga keltirish bilan bir qatorda , hozirgi vaqtda davlat soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari va qoidalarini ishlab chiqish, muvofiqlashtririlgan moliyaviy siyosat olib borish va valyuta ishlarini boshqarish vazifasi yuklatildi.

  • Bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadadida bank tizimini musahkamlashga qaratilgan bir qancha qarorlar qabul qilindi. O‘zbekistondagi bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, akstiyadorlik kommerstiya (tijorat) banklari va xususiy banklardan iborat. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini Respublika Markaziy banki boshqaradi [1. 124- modda]. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 25-26 apreldagi 5- sessiyasida ”Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mustaqil va erkin bank tizimining qaror topishiga yordam berdi [13]. Respublikada ikki bosqichdagi bank tizimi amalda shakllana boshlandi. Markaziy bank zimmasiga federal rezerv tizimiga xos bo‘lgan vazifalar yuklatildi [14]. Chunonchi Markaziy bank davlatning mutlaq mulki ekanligi belgilandi. (1- modda). Shuningdek: Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob berishi (5- modda); Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqilligi (6- modda); Markaziy bank o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqarishi (7- modda); Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi ekanligi (8- modda); Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan bosh boshqarmalar tuzishi (8- modda) kabi vakolatlari, majburiyatlari, vazifalari belgilandi. Markaziy bankni banklarning banki deb atashadi va u bank tizimining o‘zagini tashkil etadi. Markaziy bank quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  • 1. Pul emissiyasi markazi vazifasini o‘taydi, ya’ni muomalaga qog‘oz va tanga pullarni chiqaradi, pul muomalasini nazorat qiladi.

  • 2. Davlat xazinasini, valyuta boyligini saqlaydi, davlatning xazinaboni hisoblanadi.

  • 3. Kredit zahirasini o‘z qo‘lida tutib turadi, bu zaxirani kredit talabiga qarab, banklar o‘rtasida taqsimlaydi.

  • 4. Davlatning monetar (pul) siyosatini amalga oshiradi, bank ishi, umuman kredit munosabatlariga oid qoida-tartiblarni belgilab, ularning bajarilishini ta’minlaydi.

  • Davlat shu bilan bir qatorda tijorat banklarining rivojlanishiga ham yordam berdi. Bank tizimining quyi bo‘g‘inlari mustaqil ish olib borishi uchun yangi tuzilmalar tashkil etildi. Agrosanoat banki va Sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan akstiyadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tuzildi.

  • “O‘zjamg‘armabank”, keyinchalik 2006 yilda “Mikrokreditbank” tashkil etildi. Xozirgi kunda mamlakatmiz hududida uning 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki faoiyat ko‘rsatmoqda. Mazkur bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bankning kichik korxonalar barpo etish va ularni rivojlantirishga, fuqarolarning davlat mulkini xususiylashtirib olishiga, uy-joy binolari qurish, ularni ta’mirlashga va aholining boshqa ehtiyojlarini qondirishga qarz berish imkoniyati ancha kengaydi.

  • Ayni mahalda yangi tijorat va xususiy banklar tarmog‘i vujudga keldi. Ular mulkchilik shakllaridan qati nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga xizmat ko‘rsatishi, davlatga qarashli bo‘lmagan yangi korxonalar xamda fermer xo‘jaliklariga moliyaviy yordam berishi kerak. Ularning ixtiyoridagi kapital ikki manbadan shakllanadi: a) mijozlarning bankka qo‘ygan puli; b) bankning o‘z kapitali.

  • Ixtisoslashtirilgan akstiyadorlik-tijorat banklari – “O‘zsanoatqurilishbank”, “Asakabank”, “Paxtabank”, “G‘allabank” va boshqa banklar tuzildi. Bu banklar tadbirkorlik ishlariga xizmat qiladi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan boyitish manfaatlarini ko‘zlab investistiyalar uchun mablag‘ beradi.

    Moliya. Iqtisodni rivojlantirish pul mablag‘larini talab qiladi. Pul resurslarini (fondlarini) hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi.

  • Iqtisodiy faoliyat mikro va makro darajalarda yuz beradi, shunga monand ravishda mikro- va makromoliya mavjud. Mikromoliya deganda firmalar, har xil tashkilotlar va uy xo‘jaliklari (xonadonlar) darajasidagi moliyani tushunish kerak. Makromoliya munosabatlari umumjamiyat miqyosidagi pul munosabatlari bo‘lib, davlat moliyasi tarzida namoyon bo‘ladi. Davlat moliyasi davlat qo‘lida moliya resurslarining to‘planishi, taqsimlanishi va umumjamiyat ehtiyojlarini qondirish yo‘lida ishlatilishidir. Davlat moliyasi davlat pul daromadlari va harajatlarining yaxlitligi bo‘lib, markazlashgan tarzda uyushtiriladi, davlat byudjeti va byudjetdan tashqari pul fondlari shaklini oladi. Davlat daromadi milliy mahsulot va milliy boylikning pul shaklida davlatga tekkan va uning mulkiga aylangan qimidir. Davlat daromadi quyidagi asosiy shakllarga ega: soliqlar, soliqdan tashqari to‘lovlar, davlat korxonalaridan tushgan pul, davlainga tekkan dividend, davlat zpayomlarini va mulkini sotishdan kelgan pul tushumi.

  • Moliya pul munosabatlari bo‘lsa-da u ishlab chiqarishga bog‘liq. Pul mablag‘larini topish, uning taqsimlanishi va qaysi maqsadlarda hamda qanday usullar bilan ishlatilishi moliya tizimini tashkil etadi. Moliyaning mazmuni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi.

    Taqsimlash vazifasi. Har yili yaratiladigan milliy mahsulot va jamg‘arilgan milliy boylik pul shaklida taqsimlanadi, (Milliy boylik – jamiyat ixtiyoridagi jamg‘arilgan moddiy, madaniy ne’matlar, pul va pulga tenglashtirilgan mablag‘lar yig‘indisi). Turli moliya fondlariga aylantiriladi. Taqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi. Birlamchi taqsimlash mikroiqtisodiy darajada, ya’ni firma ichida pul mablag‘i taqsimlanganda amortizastiya fondi, ish haqi fondi, sostial sug‘urta ajratmalari, foyda, mukofotlash fondlari, investistiya fondlari vujudga keladi. Ikkilamchi taqsimlash firma va tashkilotlar bilan davlat o‘rtasida yuz beradi. Bunda davlat soliqlar va soliqdan tashqari majburiy to‘lovlar , har xil zayomlar vositasida korxona mablag‘ining bir qismini o‘z ixtiyoriga olib, uni qayta taqsimlaydi.

    Rag‘batlantirish vazifasi. Moliya vositasida iqtisodiy faollik qo‘llab-quvvatlanadi. Buning uchun soliqlardan siylov beriladi. Davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak berish ham ular ishini rag‘batlantiradi.

    Iqtisodiy axborot vazifasi. Moliyada iqtisodiy faoliyatning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy ko‘rsatkichlar shaklini oladi. Bu foyda miqdori, rentabellik, korxonaning likvidligi, uning pul mablag‘lari va qarzining miqdori hisoblanadi.Shularga qarab firmaning moliyaviy holatiga baho beriladi.

    Ijtimoiy vazifasi. Moliya resurslarni ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltiradi. Mazkur vazifani bajarish ikki yo‘nalishga ega:

  • - aholining bepul va imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sohalar (xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport ishlari) ni moliyalash;

  • - ahrolining nochor, yordamga muhtoj qatlamlariga pul bilan ko‘mak berish. Bu ishlar davlat, firmalar, xayriya tashkilotlari va ayrim kishilar tomonidan bajariladi.

  • Moliya o‘z vazifalarini moliyaviy vositalar, chunonchi, soliqlar, har xil to‘lovlar, subsidiyalar, pul fondlari vositasida bajaradi. Jamiki moliya vositalari moliya mexanizmi deb yuritiladi.



  • Kredit. Pul bor joyda qarz olish va qarz berrish yuzaga keladi, bu ishni banklar bajaradi. Kredit pulni ma’lum shartlarga rioya etgan holda qarzga berish va uni qvrzga olib ishlatishni bildiradi. Bozor iqtisodiyotida kredit pul shaklida beriladi va u bank kreditidan iborat. Ammo tovar krediti ham qo‘llaniladi. Uning ikki ko‘rinishi mavjud: birinchisi iste’mol krediti. Bunda tovarlar kreditga, ya’ni nasiyaga beriladi. Tovar kreditining ikkinchi alohida turi lizing hisoblanadi. Lizing shartnomalari bo‘yicha qimmat turadigan mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olinadi va ularni ishlatib, qarz to‘lanadi. Masalan, “O‘zbekistn havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Germaniyaning “Lyufi Xanza” aviakompaniyasidan bir necha samolyotni lizingga olib foydalanmoqda. Lizing mashina-inshootlarni uzoq muddatga, xayring o‘rta muddatga, renting qisqa muddatga ijaraga olish va qarzni uzishdir.

  • Kreditning o‘ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillarda ifoda etiladi.




Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin