Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Yüklə 136 Kb.
səhifə5/8
tarix16.12.2022
ölçüsü136 Kb.
#121229
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat

Soliq stavkasi – obyektning har bir birligi uchun daqvlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yordir. Soliq stavkasi ikki xil usulda: qatiy stavkalarda (so‘mlarda) va nisbiy stavkalarda – foizlarda ifodalanadi.

Soliq yuki – to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imlar yig‘indisini byudjetga to‘lashidir. Soliq yuki foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma to‘langan soliq va yig‘imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i ham soliq yukini ifodalaydi.
Undiriladigan soliq miqdorining me’yori bor, shu sababli uni cheksiz oshirib bo‘lmaydi.
Soliqlarning o‘zi to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘linadi. To‘g‘ri soliq deganda soliq subyektining o‘zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydigan soliq tushuniladi. Soliq obyektining egasi emas, balki iste’molchilar to‘laydigan soliqlar egri soliqlar deyiladi. Masalan, akstizlar, akstiz yig‘imi degan soliq mavjud. Bu soliq tamaki, spirtli ichimliklar, benzin, zeb-ziynat buyumlar narxi ustiga qo‘yiladi. Bu soliqni ularni ishlab chiqaruvchi korxona emas, balki iste’molchilar to‘laydi, chunki u narxga kiradi.
Soliqlar soliqqa tortish usuliga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


1. Proporstional soliqlar. Proporstional soliq stavkasida ob’ekt qanday bo‘lishidan qati nazar, bir xil ulushdagi (proporstiyada) soliq to‘lanadi.

2. Progressiv soliqlar. Progressiv soliq stavkasida esa daromad, ob’ekt ko‘payishi bilan soliq stavkasi ham oshib boradi.

3. Regressiv soliqlar. Regressiv soliq miqdori soliq ob’ekti hajmiga nisbatan teskari mutanosiblikda bo‘lgan soliqlardir. Regressiv soliq stavkasida daromad (yoki boshqa ob’ekti) oshib borishi bilan soliq stavkasi kamayib, daromad yoki ko‘plab mahsulot ishlab chiqarishni talab qiladi.

O‘zbekiston soliqqa tortish tizimi. O‘zbekiston Soliq Kodeksining 3- bobi 23- moddasiga binoan soliq tizimi quyidagi tarkibga ega:


Yüklə 136 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin