TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “ MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI” FAKULTETI BR-63 GURUh “BIZNESSDA BUXGALTERIYA” FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: FAOLIYATNI BAHOLASH
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Baholash faoliyati baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymatini aniqlashga qaratilgan faoliyatidir.
3
Baholovchi tashkilot
Baholovchi
tashkilot baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxsdir.
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste’molchisi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4
Baholovchi
Baholovchi belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan o‘tkazish bilan bog‘liq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotni hamda baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxsdir.
o‘z a’zolari tomonidan mazkur Qonun talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;