2012 yil 17 dekabrda xususiy bank va boshqa xususiy moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasining “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi O’RQ-339-Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari xususiy bank va moliya institutlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashdan, bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratishdan, bank xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kengaytirishdan hamda mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 6 noyabrdagi “Sug’urta faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 298-sonli Qarori bilan:
Sug’urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish tartibi to’g’risidagi Nizom;
Sug’urtalovchilarning sug’urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog’ozlariga joylashtirishni kelishihs tartibi to’g’risidagi Nizom;
Sug’urtalovchining moliyaviy ahvolini sog’lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish tartibi to’g’risidagi Nizom;
Sug’urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalshtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro’yxatini kelishish tartibi to’g’risidagi Nizomlar tasdiqlandi.
4. Sug‘urta faoliyatini yuritishda sug‘urtalovchilarning xizmati kattadir. Chunki sug‘urta ishi ularning asosiy faoliyatidir. Shuning uchun sug‘urtalovchi atamasiga quyidagicha tarif beramiz:
Sug‘urtalovchi – sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar. Тadbirkorlik faoliyatining muhim bo‘g‘ini. O‘zbekiston Respublikasining "Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga ko‘ra, sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi unsurlardan biri uning ustav kapitalidir.
Sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug’urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag’batlantirish, shuningdek, sug’urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 21 maydagi “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-872-sonli Qarori bilan 2010 yilning 1 yanvaridan boshlab quyidagi sohalarda faoliyatni amalga oshiradigan sug’urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari belgilandi:umumiy sug’urta sohasida - 750 ming yevroga ekvivalent summada; hayotni sug’urta qilish sohasida - 1000 ming yevroga ekvivalent summada; majburiy sug’urta bo’yicha - 1500 ming yevroga ekvivalent summada; faqat qayta sug’urta qilish bo’yicha - 4000 ming yevroga ekvivalent summada.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida" 2010 yil 26 noyabrdagi pq-1438-sonli qaroriga muvofiq hamda sug’urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug’urtachilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek sug’urta xizmatlaridan foydalanuvchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 31 maydagi "Sug’urtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-1544-sonli Qarorie’lon qilindi va mazkur Qarorda sug’urta faoliyati turlariga qarab, sug’urtachilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini 2012-2014 yillar mobaynida bosqichma-bosqich, tabaqalashtirilgan tarzda oshirib borishi belgilab qo’yildi.