Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari


Davlat moliyaviy nazorati organlari



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə7/8
tarix26.11.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#135847
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy nazorat

Davlat moliyaviy nazorati organlari



Davlat moliyaviy nazorati barcha darajadagi qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Budjet jarayonining brcha basqichlarida Parlament moliyaviy nazorati tegishli qo‘mitalar va komissiyalar vakolatiga kiradi. Oliy Majlis tomonidan tashkil etilgan va unga bo‘ysunuvchi, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi davlat moliyaviy nazorat organi O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi hisoblanadi. Uning faoliyati mulkchilik shaklidan, idoraviy va ijtimoiy mansubligidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, davlat budjeti mablag‘lariga tayanadigan , davlat mulkini boshqaradigan yoki soliq, bojxona yoki boshqa imtiyozlarga ega bo‘lgan jamoat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. O‘zR Hisob palatasi xodimlari tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarini tayyorlaydilar va ularni tekshirilgan tashkilotlar rahbarlariga qonun buzilishlarini bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish uchun yuboradilar. Agarda, davlat mablag‘lariga hiyonat aniqlansa, ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi. Qonun buzarliklar aniqlanganda majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar beriladi. Bir necha martalik qonun buzarliklar sodir etilganida, Oliy Majlis bilan kelishilgan holda, tashkilotning barcha turdagi hisob-kitoblarini to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Bunda Hisob palatasiga qonun buzarlarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qo‘llash huquqi berilmagan.
Ijroya hokimiyati yo‘nalishi bo‘yicha davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi muhim organ O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi hisoblanadi. Uning zimmasiga budjetni shakllanishi va bajarilishi, davlat mablag‘larini sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilgan. Moliyaviy nazoratni amlga oshirshdagi muhim rol uning huzuridagi o‘zining hududiy organlariga ega bo‘lgan Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga (NTBB) topshirilgan. Uning asosiy vazifasi – budjet mablag‘laridan, davlat mulkidan, davlat tomoindan taqdim etiladigan soliq va budjet imtiyozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek budjet ssudalarini maqsadli sarflash va o‘z vaqtida qaytarish ustidan nazorat olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish Bosh boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • respublika va mahalliy budjetlarning qat’iy bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash;

  • tijorat banklarini moliya organlari, budjet muassasalarining birinchi navbatdagi sarf-xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash hamda budjet muassasalari xodimlariga ish xaqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalarni to‘lash muddatlariga va to‘liqligiga rioya qilish, shuningdek budjet muassasalariga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun naqd pul berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish;

  • belgilangan shtat-smeta intizomiga va budjet mablag‘larini xo‘jalik ehtiyojlariga sarflash limitlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarning budjet jarayoniga asossiz aralashish hollarining oldini olish kabi bir qator vazifalar ham nazorat-taftish organlari zimmasiga yuklatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish Bosh boshqarmasiga amaldagi qonunchilikka asosan, budjet intizomini buzganlik uchun mansabdor shaxslarni jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilgan.
Davlat moliyaviy nazorati sohasida amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish Moliya vazirligining G‘aznachiligiga yuklatilgan. G‘aznachilik tizimi amaldagi qonunchilikka rioya etilish qismiga tegishli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining va budjetdan tashqari fondlarining kassa ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni olib boruvchi Bosh boshqarma hamda o‘zlarining hududlarida davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarga tushumlar va ularni ishlatilishini nazorat qiluvchi hududiy organlardan tashkil topgan. G‘aznachilik Moliya vazirligiga qilingan ishlar bo‘yicha har kuni axborot berib boradi.
Ikkita mustaqil davlat xizmatlarining funksiyalari va harakatlarida bir-birin takrorlashga yo‘l qo‘yilmasligi uchun Moliya vazirligi G‘aznachilik dastlabki moliyaviy nazoratni, NTBB so‘nggi moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
Amaliyotda funksiyalarning bunday taqsimlanishi quyidagicha ko‘rinish olgan: budjet mablag‘laridan foydalanishning qonuniyligi va mablag‘larni banklardagi hisob raqamlardan o‘tishi ustidan nazoratni G‘aznachilik amalga oshiradi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan budjet mablag‘larini sarflanishining asoslanganligi va maqsadlili ustidan nazoratni esa NTBB amalga oshiradi.
Soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat davlat soliq xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Bosh Nazorat-taftish boshqarmasi tashkil etilgan.
Bosh boshqarma O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘grisida" 2000-yil 13 martdagi 87-son qarori bilan tashkil etilgan tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Bosh boshqarma Qoraqalpogiston Respublikasi, Viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida o‘z faoliyatida bevosita unga bo‘ysunadigan nazorat-taftish bo‘linmalariga ega bo‘ladi.
Quyidagilar Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan hujjatlar asosida tekshirish (taftish)larni hamda Huqumat qarorlari bilan nazorat, soliq organlariga yuklangan masalalar bo‘yicha nazorat tartibidagi tekshirishlarni belgilangan tartibda tashkil etish va o‘tkazish;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlardan undiriladigan soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarishda, undirishda qonuniylikka rioya qilinishi, to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi va budjetga o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • soliqqa doir huquq buzishlarni aniqlash, ularning oldini olish, ularga barham berish;

  • soliq majburiyatlarini bajarishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatish;

  • Davlat soliq qo‘mitasining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni kompleks tekshirishlarning istiqboli rejalarini tayyorlash, tekshirishlar o‘tkaziladigan obyektlarni aniqlash va ularni amalga oshirish;

  • hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlarni o‘tkazish jarayoni hamda tartibi ustidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, ularni o‘tkazishda (barcha darajadagi soliq organlariga) amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;

  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan tekshirishlar materiallari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilinishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi ustidan nazorat o‘rnatish;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar yakunlari bo‘yicha budjet oldidagi majburiyatlarning bajarilishi (qo‘shimcha hisoblangan summalar, moliyaviy sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va shu kabilarning undirilishi) ustidan nazorat o‘rnatish;

  • hujjatlar asosida va nazorat tartibidagi tekshirishlar natijasida aniqlangan soliq qonunchiligi buzilishlari va boshqa holatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish va tahlil qilish;

  • fuqarolarning soliq qonunchiligi buzilishlari holatlari to‘g‘risidagi xatlari, shikoyatlari va arizalarini ko‘rib chiqish.

Davlat bojxona xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi talablariga muvofiq tovarlarni O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali harakatlanishi ustidan davlat nazorati sohasida vakolatlarga ega.
Sanab o‘tilgan organlardan tashqari davlat moliyaviy nazoratini boshqa qator davlat organlari: O‘zR Markaziy banki, Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi va boshqalar ham amalga oshiradilar.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin