Moʻminova Zilola mavzu: Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari xavfsizligiga bo’ladigan tahdidlar tahlili Reja



Yüklə 124,51 Kb.
səhifə6/6
tarix01.12.2022
ölçüsü124,51 Kb.
#120244
1   2   3   4   5   6
Mo minova Zilola mavzu Axborot kommunikatsiya texnalogiyalari x

Sertifikatsiya – foydalanuvchi ishonadigan taraf tomonidan qandaydir faktni tasdiqlash jarayoni. Ko‘pincha sertifikatsiya ochiq kalitning muayyan foydalanuvchiga yoki shirkatga tegishli ekanligini tasdiqlashda ishlatiladi, chunki ochiq kalitlar infrastrukturasidan faqat sertifikatsiya tizimining mavjudligida samarali foydalanish mumkin. Sertifikatlar foydalanuvchilar so‘rovi bo‘yicha maxsus vakolatli tashkilot – sertifikatsiya markazi tomonidan, ma’lum shartlar bajarilganida beriladi.
Imzo xujjat qabul qiluvchiga ushbu xujjatning aynan uzatuvchi tomonidan imzolanganligini isbotlashga imkon beradi. Bunda imzoni boshqa xujjatga o‘tkazish va uzatuvchi o‘zining imzosidan voz kechishi mumkin emas. Xujjatning har qanday o‘zgarishi imzoning buzilishiga sabab bo‘ladi va har qanday foydalanuvchi mustaqil tarzda imzoning haqiqiyligini tekshirishi mumkin.
Voz kechmaslik axborot almashish sxemasining xususiyati hisoblanadi. Unga binoan xabar qabul qiluvchining uchinchi tarafning xabar uzatuvchining kimligini tekshirishga jalb qilishi qobiliyatiga ega ekanligining isboti mavjud. Boshqacha aytganda, xabarni uzatuvchi mualliflikdan voz kechish imkoniyatiga ega emas.
Sanasini yozish ko‘pincha imzo bilan birgalikda ishlatiladi va xujjat imzolangan onni qaydlaydi. Bu bitta xujjat bir necha foydalanuvchilar tomonidan imzolanganda, birinchilikni isbot qilishda foydali hisoblanadi, chunki har bir foydalanuvchi xujjat muallifligiga da’vo qiladi. Undan tashqari sanasini yozish muddatli sertifikatlarda keng qo‘llaniladi.
Olganligiga tilxat berish qabul qiluvchidan uzatuvchiga uzatiladi va uzatuvchi tomonidan uzatilgan axborot qabul qiluvchiga tilxatda ko‘rsatilgan ondan kechikmasdan yetkazganligini isbotlashda ishlatilishi mumkin.
Bekor qilish – sertifikatlar, vakolatlar va imzolar ta’sir kuchini bekor qilish. Agar axborot almashishda ishtirok etuvchi yoki unga tegishli kalitlar va sertifikatlar obro‘sizlansa, ushbu foydalanuvchini resurslardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va mos sertifikatlarga ishonmaslik zarur, chunki bu sertifikatlardan niyati buzuq foydalanishi mumkin. Bekor qilish muolajasi sertifikatsiya markaziga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.
Anonimlik kamdan kam uchraydi. Xukumatlar va shirkatlar uchun foydalanuvchining axborot muhitida qandaydir harakatlarining anonim bo‘lib qolishligi foyda bermaydi. SHu sababli anonimlikni ta’minlovchi loyihalar kamdan kam uchraydi va, odatda, uzoq yashamaydi. Zero kommunikatsiya vositalari ko‘pincha u yoki bu xabarning uzatilishi marshrutini va, demak, uzatuvchini aniqlashga imkon beradi.
Yuqorida keltirilgan vazifalar mavjud axborot dunyosi ehtiyojiga asosan tavsiflangan. Vaqt o‘tishi bilan ba’zi vazifalar o‘z dolzarbligini yo‘qotishi va, aksincha, yechimini kutuvchi yangi vazifalar paydo bo‘lishi mumkin.
Sivilizatsiya rivojining zamonaviy bosqichida axborot nafaqat jamiyat va davlat institutlari faoliyatida, balki har bir shaxs hayotida xal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
Shaxsning axborot muhitidagi manfaatlari inson va fuqaroning axborotdan foydalanishdagi konstitutsiyaviy xuquqlarining amalga oshirilishini, qonun taqiqlamagan faoliyatni, fizik, ma’naviy va intellektual rivojini hamda shaxsiy xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Jamiyatning axborot muhitidagi manfaatlari ushbu muhitda shaxs manfaatlarini ta’minlashni, demokratiyani mustahkamlashni, xuquqiy ijtimoiy davlatni yaratishni, jamiyat inoqligiga erishish va uni madadlashni, mamlakatning ma’naviy yangilanishini ko‘zda tutadi.
Davlatning axborot muhitidagi manfaatlari inson va fuqaroning axborot olishidagi konstitutsiyaviy xuquq va erkinligini ta’minlashni, olingan axborotdan konstitutsiyaviy tuzumning mustaxkamligini, davlat suvereniteti va xududiy yaxlitligini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni hamda qonuniylikni va xuquqiy tartibni, teng xuquqli va o‘zaro foydali xalqaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida foydalanishdagi shart-sharoitlarni yaratish uchun axborot infrastrukturasining garmonik rivojini ko‘zda tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sobirova D.T. Yangi axborot texnologiyalar ta‘lim samaradorligini oshirish omili. 2. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. - Toshkent - 2013 3. Usmonov.A.R. “Zamonaviy axborot texologiyalari asoslari ”.T.2007. 4. S.G‘ulomov va boshqalar. Darslik. “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Toshkent. “Sharq”, 2011.
Yüklə 124,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin