Tartibsiz (stixiyali) raqobat - bozor kuchlarining ta`sirida, tabiiy ravishda ro`y beradi.
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma`lum me`yorlar doirasida sodir bo`ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Raqobat usullari:
Narx
yordamida
Narxsiz
Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining narxini raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib olish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omillardan foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |