Tovar belgilari –bu savdo belgilari, maxsus ramzlari, nomini ro`yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish bo`yicha paydo bo`lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun`iy monpoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda korxonalarning turli yo`llar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi.
Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi bo`lib, uning a`zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi.
Trest – ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib foyda qo`shilgan kapital hajmiga qarab taqsimlanadi.
Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi .)
Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo`lgan, ko`p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalarning ) majmuini o`z ichga oluvch birlashma.