Aql – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning
voqyelikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati.
Baholash – ta’lim oluvchilar tomonidan o’quvmateriallari o’zlashtirilganligini, bilim, ko’nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baho berish ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi.
Baholash – ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quvmaqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir.
Bilim – borliqning, bilish jarayonining amalda tasdiqlangan natijasi. Obyektiv reallikning inson ongida adekvat (o’xshashlik) aks etishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). Kundalik bilim, sog’lom fikr va amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi.
Bilish– obyektiv borliqni ongda aks ettirishning oliy darajasidagi shakli, haqiqiy bilimlar hosil qilish jarayoni.
Bilish faoliyati – idrok qilish hissi, nazariy fikrlash va amaliy faoliyat birligi.
Bilish jarayoni – qabul qilish, eshitish, his qilish, tushunish, anglash, umumlashtirish, mustahkamlash, qo’llash jarayoni.
Binar dars – ikki ta’lim beruvchi shaxs (mas: pedagog-professor va yordamchi assistent, nazariyachi va amaliyotchi) tomonidan olib boriladigan dars.
Blum taksonomiyasi– (taksonomiya – borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Blum tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratadi: bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, sintez, baholash.
Boshqarish – jarayonni reja asosida tashkil etish, amalga oshirish, qaror qabul qilish, nazorat qilish, tartibga solish, tahlil qilish va yakun yasashga qaratilgan faoliyat, ta’lim oluvchilarning o’quvfaoliyatini faollashtirish maqsadlariga erishish dasturini ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan pedagogik faoliyat.
Vazifa– maqsadni amalga oshirish shakllari va bosqichlarining aniqlashtirilishi.
Vosita – o’quvjarayonini olib borishda yordam beruvchi, bunga o’qituvchinutqi, muloqoti, uning mahorati, darsliklar, qo’llanmalar, didaktik tarqatma materiallar, sinf jihozi, AKT va boshqalar kiradi. Guruhiy ta’lim– o’qituvchi bir necha o’quvchilar guruhi bilan ishlaydigan ta’lim shakli. Guruhlar o’quvchilar soniga qarab kichik (3-6 o’quvchi), o’rta (7-15 o’quvchi), katta (15 dan ortiq o’quvchi) guruhlarga bo’linadi. Shuningdek, har bir guruhdagi ta’lim oluvchilarning yoshiga, ta’lim yo’nalishiga, ta’lim topshiriqlari va shu kabilarga qarab ham guruhlarga ajratiladi. Bu shaklni qo’llash jarayonida yakka va juft bo’lib ishlash, frontal shakllari ham amalga oshiriladi.